MIYA PO’STLOG’INING IKKINCHI SIGNAL TIZIMI FAOLIYATIGA DAHLDOR SOHALARI
Odamning tanasi simmetriyalikka ega. Uning ikki qo’li, ikki oyog’i, ikki ko’zi, ikki qulog’i bor. Bosh miyasi ikki yarim sharlardan iborat. Asrlar davomida miya yarim sharlarining anatomik va faoliy simmetriyaligi bor, deb xisoblanar edi. Chindan ham , bir yarim sharda uchraydigan egat va pushtalar ikkinchi yarim sharda ham bor. Xar qaysi yarim sharda eshitish, ko’rish va boshqa sezgi markazlari, xarakatlarni boshqaruvchi markazlar mavjud. Shunday ekan, balki xar qaysi yarim shar mustaqil bo’lib, biri ikkinchisi bilan bog’liq bo’lmagani xolda faoliyat ko’rsatar?
Xaqiqatan ham , somatik faoliyatlarni boshqarishda bunday mustaqillikni kuzatish mumkin. Masalan, chap yarim sharning motor soxasi shikastlansa, tananing shu yarim shar nazoratida bo’lgan o’ng tomonida xarakatlar buziladi va aksincha, o’ng yarim sharning shikastlanishi chap tomonda xarakatlar buzilishiga olib keladi.
Ammo, ikkinchi signal tizimi bilan bog’liq faoliyatlarni olsak, ularning yuzaga chiqishida ikkala yarim sharning ishtiroki teng emas. Bosh miyaning funksional asimmetriyaga ega ekanini yarim sharlari qadoq tanasi ma’lum sabablarga ko’ra kesib, ajratilgan odamlarda aniqlash mumkin.
Tutqanoq xurujining paydo bo’lishi miya po’stlogining bir soqasida rivojlangan qo’zg’alishning boshqa soxalarga yoyilishiga bog’liq . Bu qo’zg’alish qadoq tana orqali bir yarimshardan ikkinchi yarimsharga ham tarqaladi va xurujning zo’rayishiga olib keladi. Xurujlari tez-tez va kuchli takrorlanadigan bemorlarda yarimsharlarni ajratish uchun qadoq tana tilinadi. Miyasi tilingan bemorlarni bir qaraganda boshqalardan ajratish qiyin bo’ladi. Ularning aqli idroki, xatti-xarakatlari deyarli o’zgarmaydi. Ammo, maxsus murakkab tekshirishlar bunday operatsiya insonning o’ng iga, fikr yuritishiga chuqur tasir qilishini ko’rsatadi. Bunday bemorlarda ikkala yarimsharlar faoliyatini aloxida urganish imkoniyati tug’iladi.
Tilingan miya faoliyatini urganish chap yarimsharning asosan nutqda javobgarligini, o’ng yarimshar esa ko’rish va fa’zoni idrok qilishga bog’liq bo’lgan ko’nikmalarni boshqarib turishini ko’rsatadi. Bundan tashqari, yarimsharlarning axborotni qayta ishlash usulida farq borligi aniqlandi. Chap yarimshar axborotlarni parchalab, izchillik bilan qayta ishlasa, o’ng yarimshar uni bir vaqtning o’zida yaxlit xolda qabul qiladi.
Nutqning qaysi yarimshar bilan aloqadorligini aniqlashning maxsus usuli bor. Operatsiya stolida yotgan odamning uyqu arteriyalaridan biriga naycha kiritiladi. Narkotik modda (masalan, amital natriy) eritmasi tayyorlanadi. Bemordan ikkala qo’lini ko’tarib yuzdan boshlab orqaga sanash taklif qilinadi. Eritma uyqu arteriyasiga yuborilgandan keyin o’sha tomondagi yarimsharda narkotik xolat paydo bo’ladi. Bundan qarama-qarshi tomondagi qolning tushib ketishi va xarakatsizlanishi dalolat beradi. Bemor sanashdan ham to’xtaydi. Agar nutuqni nazorat qiluvchi yarimsharlar karaxtlangan bo’lsa , odam; bir, necha , dadiqagachcha gapirmaydi. Karaxtlangan yarimshar nutqni bevosita nazorat qilmasa, bemor faqat bir necha, laxza sanashdan to’xtaydi, kiyin sanashda davom etaveradi.
Shu usul va boshqa psixologik testlar yordamida o’naqay odamlarning ,95% ida nutqni chap yarimshar bo’ldi. , xoldan 5% hodisada bu vazifani o’ng yarimshar bajarishi aniqlandi. Chapaqay odamlarning ko’p chiligida ,ham (70% da) nutqni chap yarimshar nazorat qiladi. Qolgan 30% ning yarmida nutqni o’ng yarimsharning bir o’zi, ikkinchi yarmida ham chap, ham o’ng yarimshar, bo’ldi. ma’lum bo’ldi. Demak, odamlarning aksariyatida nutqdan foydalanish qobiliyati chap yarimsharga bog’liq . Miyaning o’ng yarimshari nutqni shakllantirish qobiliyatiga ega, emas, ammo u nutqni tushunish imkoniyatiga ega.
Oxirgi 10. yilda yarimsharlarni sinchiklab o’rganish natijasida ularning anatomik, tuzilishida ham assimetriya borligi aniqlandi. Tekshirilgan miyalarning 65% ida po’stloqning chakka soxasidagi Vernike soxasi bilan tutashgan qismi chap yarimsharda kattaroq bo’lib chiqdi.O’ng yarimsharda peshona va ensa bo’laklar chap yarimshardan kengroq. Bu anatomik assimetriyalar, chamasi, yarimsharlar faoliyatidagi tafovutlarning tuzilma asosi bo’lsa kerak.
Bosh miya yarimsharining ixtisoslanish darajasi erkaklarda ayollarga nisbatan yuqori bo’ladi. Shuning uchun chap yarimsharning shikastlanishi erkaklarda nutq va ikkinchi signal tizimiga aloqador. bo’lgan faoliyatlarda jiddiyroq o’zgarishlar keltirib chiqaradi.
1866 yilda farangistonlik shifokor Pol Broka chap yarimsharlarning peshona bo’lagi shikastlangan bemorni kuzatgan. Bu kasal gapirish qobilyatini yuqotgan, ammo hamma singari yozgan va o’qigan, gaplarni tushungan. Chap yarimsharning peshona bo’lagida po’stloqning xarakat soqasiga yaqin qismi broka soqasi (zonasi) nomini olgan. Broka soqasi yuz , til, jag’, xalqum muskullari faoliyatini Boshqaradi. Bu soqasi shikastlangan odam yaxshi gapira olmaydi, ammo tildan foydalanish qobilyatini yuqo’tmaydi. Nutqning bu tarzda buzilishi broka afaziyasi deyiladi. Afaziyaning boshqa turi ham bor. Unda kasal buyron gapiradi, gapida mano bo’lmaydi, ammo gapining bemaniligini o’zi tushunmaydi. Vernike afaziyasi, deb atalgan bu xolat chakka bolagining yuqori orqa qismi — Vernike soxasi — shikastlanganda kuzatiladi. Gapni tushunish va to’g’ri so’zlash uchun Broka. va Vernike soxalari ham da ularni bog lovchi yo’llar bekamu ko’st bo’lishi shart: Ikki nutq soxasi o’rtasidagi aloqalarning uzilishi ham afaziyaga olib keladi: kasal eshitgai va oqiganining manosini tushinishga qiynaladi, bir nechta so’zdan tuzilgan gapni to’g’ri takrorlay olmeydi.Po’stloqning tepa Soxasi shikastlanganda afaziyaning maxsus turi — amneziya rivojlanadi. Bunda bemor ayrim so’zlarni esdan chiqaradi. Amneziyaga uchragan odam nima demoqchi ekanini biladi, ammo kerakli so’zlarni topib gapira olmaydi. Ayni vaqtda akalkuliya — sanashning buzilishi ham kuzatiladi. Miyaning ensa soxasi shikastlanganda ko’z bilan ko’rib tanish jarayoni buziladi. Bu xolat ko’rish agnoziyasi deyiladi: odam narsalarni ko’radi, ularga qoqilmasdan, atrofidan aylanib o’tadi, ammo uning nimaligini bilmaydi. Eshitish agnoziyasi chakka soxalarning shikastlanishiga bog’liq . Bemor tovushni eshitadi, ammo tovushni nima paydo qilganini aniqlay olmaydi. Qo’ng’iroqni ko’rib taniydi, ammo eshitib, tanimaydi. Miyasining tepa soxasi shikastlanib, taktil agnoziyaga uchragan odam biror narsa tekkanini sezsa ham , osha narsani paypaslab, tanib bilolmaydi.
Ikkinchi signal tizimi faoliyatlari po’stloqning ma’lum soxalari shikastlanishida yuzaga chiqishini kordik. Qaysi murakkab faoliyatni (so’zlash, yozish, o’qish, sanash) olmaylik, o’nga bir-biridan ancha uzoq bo’lgan soxalarning shikastlanishi tasir qiladi. Boshqa tomondan, bir soxaning shikastlanishi bir qancha faoliyatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun ham psixik faoliyat bir butun miyaning vazifasi desak tog’ri bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |