Ikkinchi mutaxassislik 191-mig‘ Kuryazova Madina. Ta’limda axborot texnologiyalari 5-seminar mashg‘uloti



Download 39,3 Kb.
bet1/5
Sana20.07.2022
Hajmi39,3 Kb.
#826939
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu


Ikkinchi mutaxassislik 191-MIG‘
Kuryazova Madina.
Ta’limda axborot texnologiyalari 5-seminar mashg‘uloti.

  1. Islohotlarning tub mohiyati nimada?

Islohot – avvalo odamlar ongidagi o‘zgarishdir. Dunyoda eng qiyin ish insonni tarbiyalash, uning ong-u tafakkurini shakllantirish, degan gap bor. Masalaning yana bir jihati borki, biz ko‘pincha yon-atrofimizda yuz berayotgan yangiliklarni sezmaymiz, ularga beparvo qaraymiz. Mo‘‘jizalarni chetdan kutishga o‘rganib qolganmiz. Holbuki, ularni chetdan izlash shart emas, ular shundoq ko‘z o‘ngimizda yuz bermoqda: yangi-yangi maktab, litsey va kollejlar, ulardagi zamonaviy jihozlar, eng muhimi, ko‘zlarida quvonch va hayrat uchqunlari porlab turgan bolalarimizdir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy maqsadi – xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratishdan iborat. Ya'ni islohot – islohot uchun emas, inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. Jamiyatimidagi har qanday yangilanish, har qanday o'zgarish mohiyatida ana shu ezgu maqsad mujassamdir.
Bu xaqiqatni odamlar ongiga singdirish, keng aholi qatlamlarining isloxatlar mohiyatini anglab yetishiga va uning faol ishtirokchisiga aylanishiga erishish zarurdir. Buning uchun esa ularning dunyoqarashini, hayotga, mehnatga, yerga munosabatini tubdan o'zgartirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki farovon turmush asosi – erkinlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlikdir.
Istiqlol yillarida mamlakatimizga qanchadan-qancha zamonaviy texnika-texnologiya kirib kelmoqda, ishlab chiqarishning eng ilg‘or sohalari bo‘yicha yangidan-yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Misol uchun, Navoiy viloyatining bir paytlar qush uchsa qanoti kuyadigan bepoyon cho‘l hududidagi 564 gektar maydonda hozir “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Bu yerda xorijlik sheriklar bilan hamkorlikda tuzilgan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan o‘nlab turdagi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Viloyatning yana bir iqtisodiy giganti – Xalqaro intermodal logistika markazidan dunyoning o‘nlab yirik shaharlariga haftasiga o‘ttizdan ziyod reyslar amalga oshirilmoqda.
Bu yerda ishlaydiganlarning aksariyati mamlakatimizdagi kollej bitiruvchilari bo‘lgan navoiylik yoshlardir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi g‘oyat muhim hujjat bo‘ldi. Unda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, kasb tayyorgarligiga ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlarni tanlash va ular bilan ta’minlash tizimini tubdan yaxshilashga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan.
Yoshlar, qaysi sohada bo‘lmasin, zamonaviy bilimlarni egallashga, ilm cho‘qqilarini zabt etishga, eng ilg‘or texnika va texnologiyalarni jilovlashga bel bog‘lar ekan, avvalo, ana shu da’vatga tayanib ish ko‘rishi ayni muddaodir. Biz shavkatli ajdodlarimizga munosib bo‘lmog‘imiz zarur.



  1. “Islohot islohot uchun emas - inson uchun” g‘oyasining mazmunini tushuntiring.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy-demokratik davlatni qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Mazkur jarayonda insonga oliy qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish alohida ahamiyat kasb etdi. Birinchi Prezident alohida ta’kidlaganidek: “Aslida, har qanday islohotning eng muhim samarasi avvalo xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ongu tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo‘lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirayotgan islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o‘zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlarini qo‘ydik. SHuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas”.
Ma’lumki, har bir xalq erkin, farovon yashash huquqiga ega va buni aziz deb biladi. Jumladan, har bir inson ham bunday huquqqa ega. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning huquqlari, erkinlik va burchlari kafolatlari belgilab berilgan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyil va talablarga asoslangan keng huquqiy muhit vujudga keltirildi. Mustabid tuzumning tazyiq va zo‘ravonligidan jahon andozalariga mos keladigan huquqiy me’yorlar sari keskin burilish yasaldi. Ma’lumki, BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70dan ortiq, Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30dan ko‘proq inson huquqlariga taalluqli xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Hozirgi paytda inson huquqlari bo‘yicha 400ga yaqin xalqaro hujjat mavjud. Mamlakatimiz qonunlarini inson huquqlari sohasidagi mazkur me’yor va andozalarga muvofiqlashtirish, bu sohada milliy harakat dasturini ishlab chiqish, inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qo‘shilishda davom etib, ular bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning mexanizmi yaratildi.
Umuman olganda islohotlar markazida insonni oliy qadriyat sifatida baholanishi mamlakatimiz strategik vazifalariga hamohangdir. Xususan, bu boradagi barcha o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati ham inson va uning qadr-qimmati ekanligi bilan hamohangdir. Xolbuki, ushbu qadriyatlar asosida shakllangan jamiyat mohiyatiga ko‘ra, xalqaro talablarga, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi tamoyillariga mos keladi, ularni milliy darajada namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratadi. SHu bilan birga, u mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat, har bir shaxs va umuman inson xamda va turli qatlam vakillarining umumiy maqsad-muddaolarini ifodalaydi. bu esa davlatimiz siyosatining jahondagi demokratik jarayonlar, tinchlik va barqarorlik, inson huquqlari va vijdon erkinligi kabi umumbashariy qadriyatlar mazmuniga mosligini ko‘rsatadi.



  1. Inson har narsadan ulug‘ tushunchasi Milliy g‘oyada qanday o‘z ifodasini topgan.

Mustaqillik yillarida, mamlakatimiz rahbarining intervyusida ta’kidlanganidek, odamlarimizning dunyoqarashi tubdan o‘zgardi, bugungi zamondoshlarimiz o‘tgan asrning 90-yillaridagi odamlar emas. Yurtdoshlarimizning ma’naviy dunyosi yuksalib, ijtimoiy faolligi o‘sib, daxldorlik tuyg‘usi kundan-kun kuchayib bormoqda. Binobarin, yuksak ma’naviyatli shaxsni hech kim enga olmaydi, yuksak ma’naviyat qaror topgan jamiyat esa hargiz tanazzulga yuz tutmaydi.
Insonning jamiyatdagi o‘rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi. Ma’naviyat – ajdodlarni avlodlarga, tarixni bugunga, bugunni kelajakka bog‘lovchi ko‘prik. U ota-bobolarimiz to‘plagan jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ular to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi.




  1. Download 39,3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish