Ikkinchi mutaxassislik 191-mig‘ Kuryazova Madina. Ta’limda axborot texnologiyalari 5-seminar mashg‘uloti


Inson huquqlari himoya qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgan?



Download 39,3 Kb.
bet5/5
Sana20.07.2022
Hajmi39,3 Kb.
#826939
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu

8. Inson huquqlari himoya qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgan?
Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” deyilgan.
Inson huquqlarini ta’minlash borasida 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining O‘zbekiston parlamenti tomonidan tasdiqlanganligi istiqlolning ilk yillarida qabul qilingan muhim xalqaro huquqiy hujjat bo‘ldi.
O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Shu tariqa, yurtimiz xalqaro huquqning to‘laqonli va teng huquqli sub’ektiga aylandi.
Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1996-yil 31-oktabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya’ni, mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o‘qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot ishlarini olib boradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo‘li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini, huquq va erkinliklarni himoya etishning ko‘p jihatli tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishdan iborat.
Shu o‘rinda, Milliy markazning xalqaro hamkorligiga ham to‘xtalib o‘tish joiz. Xususan, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori, Xalqaro mehnat tashkiloti, O‘zbekistondagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, Xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, qator xalqaro jamg‘armalarning vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan. Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, himoya qilish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.
Hozirda Markazning Axborot-huquq bo‘limi huzurida Markaziy Osiyoda yagona ixtisoslashtirilgan Inson huquqlari bo‘yicha ommaviy kutubxona faoliyat yuritadi. Mazkur kutubxona o‘zbek va xorijiy tillarda nashr etilgan kitoblar, jurnallar va boshqa adabiyotlardan iborat bo‘lib, 5 mingdan ziyod nomdagi inson huquqlariga doir kitob fondiga ega. Markaz tomonidan inson huquqlari bo‘yicha 150 dan ziyod to‘plamlar, kitoblar va boshqa adabiyotlar davlat tilida ko‘p ming adadda chop etildi.
O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o‘tkazish amalga oshirildi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda.
Istiqlol yillarida insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xayriya to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga zamin bo‘lmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining huquqiy asoslari yaratilishi va uning amalda qo‘llanishi hamda kafolatlanishini kuzatuvchi mexanizmlardan yuqorida tilga olib o‘tilgan institutlar bilan bir qatorda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi va Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligida inson huquqlari bo‘yicha bo‘linmalar va boshqarmalar samarali faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsip va normalari ustunligi konstitutsiyaviy asosda e’tirof etiladi. Bugungi kunda mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar, xususan, BMT tomonidan inson huquqlari bo‘yicha qabul qilingan 10 ta majburiy xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, o‘zining xalqaro majburiyatlarini muntazam ravishda bajarib kelmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlar ichida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining o‘rni beqiyosdir.


9. “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasining mazmunini tushuntiring?
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari tom ma’noda demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Zaminimizda qadimdan shakllangan mahalla instituti bugun aholining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan mustahkam jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqei yanada kuchaymoqda.
Ma’lumki, saylovlar – demokratiyaning bosh mezoni, huquqiy demokratik davlat va tadrijiy rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyatining muhim qismi, xalq irodasini ifoda etishning, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirokining asosiy shaklidir. Shu ma’noda, oqsoqollar va ularning maslahatchisi etib eng munosib nomzodlar saylanishini ta’minlaydigan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va ularning maslahatchilarini saylash tizimi muhim demokratik jarayondir.
Mustaqillik yillarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslari tadrijiy rivojlanmoqda. Mahalla instituti jamiyat siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining muhim qismiga aylanmoqda. Shuni alohida e’tirof etish lozimki, mahallalarning bunyodkorlik salohiyatiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarishning g‘oyat muhim birlamchi bo‘g‘ini sifatida fuqarolarning eng dolzarb muammolarini o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli hal etishdagi ta’siri va ahamiyati ortib bormoqda. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlash arafasida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga eng muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirdir.
Mahalla instituti mamlakatimizga xos milliy qadriyat va xalq ma’naviyatining sarchashmasidir. Boshqacha aytganda, o‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish kabi yumushlar mahalla hayotida yorqin namoyon bo‘ladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi jarayonida ham mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan milliy qadriyatlarimizning noyobligi, betakrorligi va afzalliklari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni paytda mahalla yuksak ma’naviyat beshigidir. Chunki, inson ma’naviyati, avvalo, oila va mahallada shakllanadi. Oila va mahalla muhitida qaror topgan milliy va ma’naviy qadriyatlar istiqlol g‘oyalariga sodiq komil insonni tarbiyalash va millat ravnaqiga xizmat qiladi. “Mahalla – ham ota, ham ona” degan hikmat ham bu hayotiy haqiqatning yorqin ifodasidir.
Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi. Mahalla boshqaruviga bunday katta e’tibor bugun mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning xalqchilligidan yana bir dalolatdir. Ayni paytda u yurtimizda amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari” degan tamoyilning amaliy ifodasi bo‘lib, ma’naviy hayotimizni yanada mustahkamlash, yosh avlodimizning ongu tafakkurini zamonaviy asosda shakllantirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordamning eng demokratik talablariga mos ravishda faoliyatini amalga oshirishi o‘tkaziladigan saylov jarayonida ham namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga ko‘ra, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi. Aytish joizki, fuqarolarning ijtimoiy faolligi ularning saylovlar jarayonida o‘z siyosiy huquqlarini bevosita yoki bilvosita amalga oshirishida yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki o‘zini o‘zi boshqarish yo‘li bilan amalga oshirilishi mustahkamlangani ushbu demokratik va xalqchil institutning kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Bu vazifani hal qilishda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Shu bilan birga, Konsepsiyada “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilindi.
Darhaqiqat, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarining roli tobora ortib borayotgan sharoitda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda qonun hujjatlari talablari asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishi ular zimmasiga yuklatilgan aniq yo‘naltirilgan vazifalarni hal qilish imkoniyatini yaratadi.
Download 39,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish