2.2 Qayta qurish yillarda millatlararo munosabatlar
Ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid to’zum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo'lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg'ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan bo'lib, buning oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo'shimcha muammolami yo’zaga keltirgan edi. Bu muammoga sovet davlati o'z vaqtida e’tibor bermadi. 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o'rtasida (R. Nishonov ta’rificha, “bir banka qulpunoy uchun” ) bo'lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o'rtasida) to'qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg'ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yo’zaga kelgan bu murakkab vaziyatni to'g'ri baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to'qnashuvlar sodir bo'ldi.
Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlariga “ko'nikmagan” mustabid to’zum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qo'qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o'qqa tutildi. Natijada, 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo'ldi (ulaming ko'pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig'i esa yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg'ona viloyatida bo'lgan millatlararo to'qnashuvlar va ulami harbiylar tomonidan o'qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo'lgan. 1009 kishi yarador bo'lgan va 650 xonadonga o't qo'yilib, vayron qilingan21.
Farg‘ona fojealariga taalluqli ma’lumotlarning (lekin ma’lumotlar yo‘q darajada) tahlili shuni ko‘rsatadiki, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid to’zum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bo'lgan22.
Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qo‘shilib ketgan. Chunki joylarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muamrnolariga e’tibor berilrnagan, mahalliy yoshlar o'rtasida ishsizlik ko‘payib, aholining turmush darajasi pasayib borgan, aholi uy-joylar bilan la’minlanmagan, uy qurish uchun uchastkalar ajratilmagan, paxta yakkahokimligi, ekologiya, muammolari hal qilinmagan, poraxo‘rlik, ko‘zbo‘yamachi!ik, qonunbo’zarlik avj olgan.
Mudhish voqealardan keyin berilgan rasmiy bayonotlarga ko‘ra, respublikada vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikdan ommaviy tartibsizliklami, miliatlar o‘rtasida nifoq va to‘qnashuv!ami keltirib chiqarishga uringan ekstremistik kuchlar turgan. Bu ataylab uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik edi. Farg'onadagi mudhish voqea Sumgayit, Boku, TogMi Qorabog‘, 0 ‘sh-0‘zgan va boshqa mintaqalarda xuddi shunday tarzda uyushtirilgan ig‘vogarlik bilan bir qatorda turar edi. Farg'ona voqeaiaridan keyin 0 ‘zbekistonning I.Karimov boshliq siyosiy rahbariyati bu masalada prinsipial mavqeini egalladi. Respublika ziyolilari va siyosiy kuchlari ana shu tahlikali kunlarda siyosiy va ma’naviy jihatdan yuksak mavqeda turdi. Fojeaning asl sabablarini ochib tashlash, o‘z xalqining shon-shuhrati va qadr-qimmatini himoya qilish yo'lidagi o‘zlarining mashaqqatli urinishlarida ular respublikaning eng keskin muammolarini birinchi bor oshkora ravishda muhokamaga qo‘ya boshladilar.
Respublikada keng munozaraga sabab bo'lgan muammolardan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi bo'ldi. Ma’Iumki, shaxsga sig‘inish, turg‘unlik yillarida o‘zbek tilining mavqei qo‘llanish doirasi juda ham torayib ketdi. 0‘zbek tili davlat idoralarida ham, majlislar, yigUlishlarda ham deyarii ishlatilmay qo‘yildi.
80-yillarning o‘rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real obyektiv haqiqatga aylanib qoldi. Milliy ongni o‘sishi, o‘zbek tili masalasini kun tartibiga qo‘yildi. R. Nishonov boshchiligidagi respublika rahbariyati bu harakat o'rtaga tashlagan muammoni hal qilishga emas, aksincha bu harakatni “jamiyatga qarshi” deb, uni barham toptirishga, qonunchilik, oshkoralik va ommaviy talablarga rioya qilish oqimiga burib yuborishga urindi.
Demokratik taraqqiyparvar kuchlar qo'ygan masalani LKarimov boshchiligidagi yangi rahbariyat o‘z vaqtida anglab yetdi va uni hal etishga kirishdi23.
Xulosa
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomidagi: “biz, Birlashgan millatlar xalqlari, kelajak avlodlarni urush halokatlaridan holos qilish istagi bilan to’lgan, yana bir bor insonning asosiy huquqlariga, shaniga va inson qadr-qimmatiga nisbatan ishonchni tasdiqlab va shiu maqsadlarda bag’rikenglikni namoyon qilib va o’zaro tinch va yaxshi qo’shnilar singari ahil yashash” haqida bayon etilgan fikrlarni yodda tutib, 1945 yil 16- noyabrda qabul qilingan YUNESKO nizomining muqaddimasida takidlanganidek, “tinchlik insoniyatning intelektual va ma’naviy birdamligiga tsyanishi lozim” ligini eslatib, inson huquqlari Butunjahon Deklaratsiyasida “har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega” (18-modda), “e’tiqodlar erkinligi va ularni erkin ifoda qilish” (19 modda) va ta’lim “barcha xalqlar irqiy va diniy guruhlar o’rtasida bir birini tushunish, o’zaro xayrihohlik va do’slikka xizmat qilishi kerak”ligini (26 modda) eslatib,
Muayyan xalqaro hujjatlar jumladan:
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktni ,
Iqtisodiy, ijtimoiy va ma’daniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktni
Irqiy kamsitishning barcha turlari barham berish to’g’risidagi xalqaro konvensiyani
Genotsid jinoyatlarning oldini olish va unga nisbatan jazolar to’g’risidagi konvensiyani,
Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyani
Qochoqlar maqomi to’grisidagi 1951 yil konvensiyani va qochoqlarning maqomiga taaluqli 1967 yilgi protocol, shuningdek shu sohaning mintaqaviy huquqiy hujjatlarni,
Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha turlariga barham berish to’g’risidagi konvensiyani,
Zo’rlash va boshqa shavqatsiz, g’ayrinsoniy va qadr-qimmatni tahqirlaydigan muomala va qiynoq turlariga qarshi konvensiyani
Din va e’riqodlarga asoslangan har qanday murosasizlik va kamsitishlarga barham berish to’g’risidagi deklaratsiyani
MIllati, elati, dini yoki tili nuqtai nazaridan kam sonli bo’lgan guruhga mansub shaxslarning huquqlari to’grisidagi deklaratsiyani
Xalqari terrorchilikka chek qo’yish chora tadbirlari to’g’risidagi deklaratsiyani
Vena deklaratsiyasi va inson huquqlari bo’yicha butunjahon konfrensiyasiyaning harakat dasturini,
Ijtimoiy taraqqiyot manfat;lari yo’lida Kopengagenda bo’lib o’tgan oliy darajadagi Butun jahon konfrensiyasining deklaratsiyasi va harakat dasturini
Irq va irqchilik bid’adlari to’g’risidagi YUNESKO deklaratsiyasi
Talim sohasida kamsitishlarga qarshi kurash to’g’risidagi YUNESKO konvensiyasi va tavsiyanomasini nazarda tutib
Irqchilik va irqiy kamsitishga qarshi kurash harakatlarining 3 sohasi bo’yicha ta’lim 10 yilligi va dunyo tub xalqlarining xalqaro 10 yilligi maqsadlarini yodda saqla
Birlashgan Millatlat Tashkilotining Bag’rikenglikka bag’ishlangan yili doirasida YUNESKO bosh konfrensiyasining 27 C/5.14 rezolutsiyasiga muvofiq o’tkazilgan mintaqiy konfrensiyalar tavsiyalarini inobatga oldi.
Jamiyatda bag’rikenglik ideallarini qaror toptirish maqsadida barcha zaruratlarni bajarish uchun tayyor turib , bag’rikenglik nafaqat o’ta muhum tamoyil, balki tinchlik va barcha xalqlarning ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyotning zaruriy sharti ekanligidan kelib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |