1.2 1930 yillarda millatlararo munosabatlar
30 yillar oxiridan boshlab mustabid to’zumning milliy siyosati kommunistik partuyaning milliy masalani to’liq hal qilish, kommunistik jamiyat qurilishi jarayonida mamlakatdagi barcha millatlarning qo’shilib ketishi haqidagi asosiy qoidalar negizida yuritilina boshlandi. Urushdan keying yillarda partiyaning milliy tafovutlar va xususiyatlarni diqqat-e’tibor bilan hisobga olishga qaratilgan yo’-yuriqlari sekin –asta sovet millatlarining har tomonlama birligiga erishish, kelgusida ularning to’liq bir biriga qo’shilib ketishiga qaratilganyo’li bilan almashdi. O’sha vaqtdagi KPSS MQ birinchi kotibi N.Xrushchevning tag-zaminsiz rejalarida bo’larning hammasi 1960-1980 yillar oralig’idagi davrda amalga oshirilishi lozim edi8.
O’zbekiston Sovetlari Markaziy Ijroqumining 1934 yil fevralda bo’lib o’tgan 4-chaqirig’i turtinchi sessiyasida respublikaning baʼzi tumanlarida milliy ozchiliklar bilan ishlashdagi ahvol unchalik yaxshi emasligi ayon bo’ldi. Sessiyada
milliy ozchiliklarga xizmat kursatish masalalari yo’zasidan so’zga
chiqqan Yakubov bir qator tuman ijroqumlari va shahar Kengashlari, shu jumladan Toshkent va Buxoro shahar Kengashlari kam sonli elat va xalqlarning manfaatlarini pisand qilmayotganliklari haqida gapirdi. Ish yuritish va maorif sohasida bu xalqlarning tillaridan foydalanish borasidagi ishlar qoniqarsiz tarzda ekanligi xususida mulohazalar bildirildi. Masalan, Nurota tumanida aholining ko’pchiligi tojiklar bo’lishiga qaramay, maktablarda o’zbek tilida dars olib borilgan, o’qituvchilar o’zbek tilidagi darslikni tojik tiliga tarjima qilish yo’li bilan o’quvchilarga taʼlim berar edi.
Sessiyada, shuningdek, Yangiyo’l tumanidan ham misol keltirildi. Axolisining 90%i qozoqlar bo’lgan joylarda ham ishlar o’zbek tilida olib borilgan. Yakubov kam sonli millatlarning manfaatlari poymol qilinayotganligini ko’rsatuvchi misollarni aytib, jumladan, bunday deb taʼkidladi: "... Men o’zbek tilida dars bermaslik yo’lidan borishimiz kerak demoqchi emasman, biroq modomiki, biz milliy ozchilikning huquqini taʼminlashimiz kerak ekan, demak biz tashkilotlarning bu ishga jiddiyroq eʼtibor berishlari kerakligini taʼkidlashimiz lozim,,]. Bu fikrda, bizningcha, tub joy millatlar vakillaridan partiya-davlat kadrlarini, ishchilar sinfi va ziyolilarni shakllantirishga qaratilgan milliylashtirish
siyosatidagi ziddiyat aks etgan. Yuqorida taʼkidlanganidek, O’zbekiston SSR boshqaruv apparatining bir qism rahbarlari busiyosatni ijtimoiy turmushning barcha sohlarida o’zbeklarning ustunligini qaror toptirish yo’li deb qabul qilgan edilar.
Shuning uchun ham ular partiya-davlat boshqaruvining barcha butnlarida o’zbek tilini joriy qilish va turli lavozimlarga o’zbeklarni kutarishga harakat qilganlar. xolbuki, bu yerda istiqomat qiluvchi ko’pgina milliy ozchiliklar ham o’zlarining milliy qadriyatlarini bemalol va tusiqlarsiz rivojyaantirishga, hokimiyat va boshqaruvning oliy, o’rta va quyi xususida o’z vakillari bo’lishini talab qilishga intilishlari tabiiy hol edi. Bu hol maxalliylashtirish siyosatini tug’ri o’tkazishni, respublikada yashovchi o’zbek millatining ham, shuningdek kam sonli millatlarning ham ehtiyojlari qondirilishini taqozo qilar edi. Sobiq SSSRda deportatsiya, ayrim manbalarda qayd etilganidek, 1930-1950 yillar oraligida emas, balki ancha avvalroq odat tusiga kirgan edi. Sovet davlati qaror topa boshlagan paytdan boshlab shafqatsiz repressiya, shu jumladan deportatsiya siyosati qo’llanilib keldi. Usha paytda ro’y bergan har qanday ijtimoiy mojaro turli millat axolisining ayrim guruhlariga nisbatangina emas, butun-butun xalq ularga nisbatan ham qatʼiy choralar ko’rish bilan hal qilinar edi. XX asr 20-yillarida, yaʼni jamiyatni boshqarishning totalitar tizimi qaror topayotgan sharoitda kazaklar, uzok, Sharqda yashovchi koreyslar, aleutlar, mamlakatning shimoli-g’arbida yashovchi finlar ana shunday repressiyalarni boshidan kechirgan edilar. Tabiiyki, bu o’rinda davlat milliy ozchiliklarning manfaatlari va xohish-istaklarini eʼtiborga olmagan. Keyinchalik boshqa xalq ularga nisbatan ham ana shunday choralar ko’rildi.
30-yillarda butun dunyodagi siyosiy vaziyat o’zgardi, bu hol esa o’z navbatida ichki va tashqi sobiq SSSRning siyosatiga ta’sir qilmay qolmadi. Natijada sovet hukumati barcha sohalarda bo’lganidek, milliy munosabatlar sohasida ham odatdagidek shavqatsiz choralarni ko’ra boshladi. Xalqlar o’ziga xos elakdan o’tkazilib, ishonchli va ishonchsiz guruhlarga ajratildi. Ishonchsiz guruhlar urush bo’lgan taqdirda dushman tomonga o’tib ketishi mumkin deb faraz qilindi. O’sha paytda sobiq SSSRning ichki davlat siyosatida hamma joyda josuslarni ko’rish, shubha – gumon jamiyatning barcha a’zolarinigina emas, balki butun butun xalqlarga ham ko’chaytirib borildi.30-yillarda markaziy matbuotda, shu jumladan, partiyaning asosiy organi bo’lgan “Pravda” gazetasida josuslar haqida habarlar tez-tez bosilib turardi.
Avvaliga sobiq SSsRning chegara mintaqalari “ishonchsiz” unsurlardan “tozalandi”, so’ngra ayni shu sababga ko’ra ayni shu kampaniya chegaradan olisdagi joylarga va boshqa xalqlarga:koreyslar,nemislar, polyaklar, kurdlar, eroniylar greklarga nisbatan ham qo’llanila boshladi.
Stalin davridan boshlab so’zda xalqlarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash haqida balandparvoz gaplar gaprilardi. Amalda nihoyatda markazlashgan, qo’shma (unitar) davlat yaratilayotgan edi. Vakolatlarning markaz bilan respublikalar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishi nazarda tutuvchi federative ittifoq o’rniga o’ta markazlashgan boshqaruvga ega bo’lga unitary tizim qaror topdi. U respubliklarning konstitutsiyada yozib qo’yilgan ozginagina “mustaqilligini” va tashabbusini ham bo’g’ib tashlar edi. Milliy manfatlar deyarli hisobga olinmas edi. Ko’p hollarda, hatto oyoq osti qilinar edi. Milliy respublikalarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham rahbarlari mamlakat yuqori siyosiy rahbariyatida unchalik rol o’ynamasdilar. Uning rejalarini ishlab chiqishda qatnashmasdilar.
Boshqa respublikalarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham partiya MQ , viloyat, tuman partiya qo’mitalari ikkinchi kotibi lavozimini odatda rus bo’lgan kishilar eggalar edilar. Respublikadagi davlat mansablarining muayyan doirasi albatta bevosita Moskvadan tayinlanadigan kishilar bilan to’ldirilardi. Rus tili haqiqatda davlat tili vazifasini bajarar edi. Respublika gazetalari, jurnallarining anchagina qismi rus tilida nashr etilar, ish yuritish shu tilde olib borilar, radio va telivediniya vaqtining ko’proq qismini ham rus tilidagi eshittirishlar egallar edi.
Respublikadagi milliy o’zbek ziyolilari orasida ona tilini bilmaydiga rus tilida so’zlashuvchi qatlam vujudga kelgadi. O’zbek xalqi hayotida rus tilining tutga alohida o’rnini targ’ib qilish kuchaygan bo’lib, o’zbek xalqi ongiga tenglar ichida birinchi bo’lgan “katta og’a”ning idiallashtirgan turmush tarsi singdirilardi. Bu hol o’zbek xalqi milliy ongining umumiy oshib borishi negizida bu siyosatga nisbatan salbiy munosabatni vujudga keltirar edi.
Iqtisodiyot sohasidagi siyosatning asosiy vazifasi barcha respublikalarni iqtisodiy rishtalar bilan yagona majmuaga bog’lash, ularning markazga o’zaro bog’liqligini mustahkamlashdan iborat edi. Bundan maqsad ularni mustaqil holatda yashashi uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaslik edi. Urushdan keying yillarda mamlakatning yagona xalq xo’jalik majmui vujudga keltirildi, O’zbekiston esa uning tarkibiy qismi hisoblanar edi. Respubliklar o’rtasida qaror topgan iqtisodiy ittifoq tengsizlik negizida tashkil qilingan va rivojlangan edi.
Xalq xo’jaligini boshqarishda qattiq markazlashuv qaror toptirildi, unda ijtimoiy adolat prinsiplari bo’zular, respublikaning manfaatlari e’tiborga olinmas edi. Korxonalarni qurush, tarmoqlarni rivojlantirish masalalari Moskvada hal etilar. Bunda ko’pincha O’zbekistonning imkoniyatlari uning mehnat resurslar bu yerda mavjud bo’lgan mehnatni tashkil etish va mehnat taqsimoti shakillari hisobga olinmas edi. Buning natijasida hududiy rejalashtirishda va ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda tabiiy holda hatolarga yo’l qo’yilardi. Haddan tashqari respublikaning o’z iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi huquqsiz ahvolini anglatar edi.
O’zbekiston ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bordi:hududlarni xo’jalik jihatdan o’zlashtirishni yanada kengaytirish va chigit ekiladigan maydonni ko’paytirish; yirik energetika vax om ashyo bazalarini, yangi industrial markazlarni, ayniqsa, birlamchi sanoatni tashkil etish.
Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish O’zbekiston xo’jalik an’analarini, uning iqtisodiyotidagi o’ziga xos tomonlarini hisobga olmasdan amalga oshirildi. U birinchi navbatda mamlakat markaziy rayonlarining manfaatlarini aks ettirgan bo’lib, avval boshdanoq O’zbekistonga xomashyo yetkazib berish vazifasini yuklash ko’zga tutilgan edi.
Butunittifoq mehnat taqsimotiga ko’ra O’zbekiston markazning yengil sanoati uchun o’simlik va chorvachilik xomashyosini (paxta, ipak, qorako’l teri) ishlab chiqaruvchi edi. Bu esa respublikada avvalo xomashyoga birlamchi ishlov beradigan tarmoqlarni rivojlantirishni taqozo etardi. Ayni vaqtda yengil sanoatning tayyor mahsulotini ishlab chiqarish darajasi juda past edi. Butunittifoqdagi paxtaning qariyb 70 % i yetishtiriladigan O’zbekistonning umum ittifoqda paxtadan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushi faqat 45 % nigina tashkil etardi. Respublika 1970 yilda aholi jon boshiga paxta is’temol qilishda mamlakatda 3 o’rinni egallar edi. O’zbekistonda avvalgidek asosan yetishtirilgan xomashyoga birlamchi ishlov berish rivojlangan bo’lib , pirovard mahsulot va tayyor mahsulotni (to’qimachilik va hokozo) tayyorlash bilan bog’liq katta foyda mamlakatning markaziy sanoat viloyatlarida qolardi.9
1939 yilga nisbatan respublika aholisi umumiy sonida o’zbeklarning ulushi 1959 yilda 28%ga qisqardi va 62,2%ni tashkil qildi. Tahlil etilayotgan yigirma yil mobaynida o’zbeklarning soni 1 million kishiga ko’paydi, bunda urushning salbiy oqibatlarini ham eʼtiborga olish kerak. Shu vaqt ichida O’zbekistonning milliy tarkibida tatarlar, koreyslar, yaxudiylar, armanlar, ozarbayjonlar va boshqalarning ulushi o’sdi.
Kurib chiqilayotgan davrlarda ham shahar ham qishloq aholisining ko’p millatli tarkibi shakllanganligini taʼkidlab o’tmoq kerak. Ikkinchi jahon urushidan avvalgi yillarda shahar va qishloq aholisining milliy tarkibi ko’chib kelgan aholi hisobiga qariyib bab- baravar tarzda shakllangan bo’lsa, urushdan keyingi davrda bu aholi yevropalik millatlarga mansub shaxslar asosan shaharlarda o’rnashib oldi. Bu hol 1926, 1939 va 1959 yillardagi aholi ro’yxati maʼlumotlarida o’z aksini topdi. Keyingi davrlarda bu tamoyil yanada kuchaydi va mustahkamlandi.
O’zbekistonning qishloq joylarida o’zbeklarning mutloq, soni 1939-1959 yillar mobaynida 0,6 milliondan 1,0 million kishiga, qozoqlarning soni 0,3 milliondan 0,7 millionga, tojiklarning soni 0,3 milliondan 0,7 million kishigacha ko’paydi. Shunday tamoyil boshqa tub joy millatlarning kishilariga ham xos bo’ldi.
Biroq, O’zbekistonning qishloq, joylarida bu millatlarning ulushi bir-biridan anchagina farq qildi. Chunonchi, O’zbekistonning shahar aholisi tarkibidagi o’zbeklarning ulushi 1939-1959 yillarda 40,5%dan 37,2%ga, tojiklarning ulushi esa 3,7%dan 2,4% ga qisqardi, qozoqlarning ulushi 2,3%dan 2,6%ga qadar ko’paydi.
1939-1959 yillarda shaharlardagi yevropalik millatlar vakillarining soni ham anchagina ko’paydi. Masalan, ruslar 0,5 milliondan 0,9 million kishiga, tatarlar 0,1 milliondan 0,3 million kishiga yetdi. Yaxudiylar, ukrainlar, beloruslar va boshqa millatlarning soni ham shu tariqa o’sib bordi. Ammo, O’zbekiston shahar aholisining tarkibida mazkur millatlar aholisining ulushi 1939-1959 yillarda boshqacha tarzda o’zgardi. Masalan, O’zbekiston shahar aholisining tarkibida ruslarning ulushi 35,5%dan 33,4%ga, ukrainlarning ulushi 2,7%dan 2,5%ga tushib qoldi. Ayni vaqtda, O’zbekiston shahar aholisining tarkibida koreyslar, yahudiylar, beloruslar, 111 armanlar, ozarbayjonlar va boshqa millatlarning ulushi ham oshdi. Tatarlarning ulushi 5,3%dan 10,5%ga, beloruslarning ulushi 0,1%dan 0,3%ga, yaxudiylarning ulushi 3,1%dan 3,3%ga, koreyslarning ulushi 0,8%dan 1,6%ga qadar ko’paydi10.
O’zbekiston qishloq aholisining soni 1939-1959 yillar mobaynida avvalo, tabiiy o’sish hisobiga 4,8 milliondan 5,4 million kishiga yetdi, yaʼni yiliga o’rta hisobda atigi 0,3%ga ko’payib bordi.
1939-1959 yillarda O’zbekiston qishloq aholisining o’sishi shaxar aholisining o’sish ko’rsatkichlaridan qariyb 15 barobar kam bo’ldi, bu esa shu davrda sodir bo’lgan ko’pgina ijtimoiy- siyosiy voqealarni o’zida aks ettirar edi. Bunda yangi quriq yerlarni o’zlashtirish, industriya obʼektlarini qurish va shu kabilar bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarning ham ahamiyati katta bo’ldi. Bu obʼektlarga “ ixtiyoriy ”ravishda, haqiqatda esa ko’pincha majburiy tarzda o’n minglab ishchilarni, avvalo, qishloq joylardan ko’chirish va tashkiliy ishga olish yo’li bilan yuborildi. Bu siyosat O’zbekiston aholisi sonining strukturasiga taʼsir qilmasdan qolmas edi.
Ana shu va boshqa ko’pgina jihatlar O’zbekiston qishloq aholisining milliy tarkibi shakllanish jarayoniga jiddiy taʼsir ko’rsatdi. Qishloq joylarida o’zbeklarning mutloq soni 1939-1959 yillarda 1,2 barobar ko’payib, ularning ulushi 74,4%ni tashkil qildi. O’zbekiston qishloq aholisi tarkibida boshqa tub joy millatlarning ulushi ancha qisqard. Masalan, qozoqlarning ulushi 5,6%dan 4,9%ga, tojiklarning ulushi 5,5%dan 4,5%ga, qoraqolpoqlar ulushi 3,5%dan 2,5%ga tushib qoldi va hokazo.
Urushdan avvalgi yillarda O’zbekiston qishloq aholisi tarkibida chetdan ko’chib kelganlarning tarkibi birmuncha sezilarli darajada edi. Chunonchi, 1939 yilda O’zbekistonning qishloq aholisi tarkibida ruslarning ulushi 4,4%ni, ukrainlar ulushi 0,6%ni tashkil qilgan bo’lsa, 1959 yilgi aholi ro’yxati maʼlumotiga ko’ra ruslarning ulushi 3,3%, ukrainlarning ulushi 0,4%ga teng bo’ldi, yaʼni 1939-1959 yillar mobaynida O’zbekiston qishloq aholisi tarkibida chetdan kuchib kelganlarning, avvalo yevropalik axolining ulushi keskin qisqardi11.
Mamlakatning asosiy millati — o’zbeklarning soni va salmog’i doimiy ko’payib borishi, O’zbekiston aholisi milliy tarkibi shakllanishi keyingi bosqichlarning o’ziga xos asosiy xususiyati bo’ldi. 1959-1970 yillarda o’zbeklarning soni salkam 112 2, 7 million kishiga ko’payib, respublika aholisining umumiy tarkibida ularning ulushi 65,5%ni tashkil sildi. O’zbekiston demografiya tarixining ko’rilib chiqilayotgan bosqichida slavyan aholisi (ruslar va ukrainlar), shuningdek Markaziy Osiyoning qo’shni xalqlari soni ham o’sganligi ko’rinib turibdi. Ayni vaqtda Markaziy Osiyo tub joy aholisining salmog’i asosan avvalgi darajada qolayotgan bo’lsa, mamlakat aholisining umumiy sonida ruslar va ukrainlarning ulushi qisqara boshladi12.
Do'stlaringiz bilan baham: |