Ikkinchi imperiya davrida Fransiya (1852 1870) Reja



Download 71,51 Kb.
bet1/4
Sana30.09.2021
Hajmi71,51 Kb.
#189621
  1   2   3   4
Bog'liq
ikkinchi imperiya davrida fransiya 1


Aim.uz

Ikkinchi imperiya davrida Fransiya (1852 - 1870)

Reja:

1. Fransiyaning ikkinchi imperiya davridagi ijtimoiy-siyosiyahvoli.

  1. Bonapartizmning hukmronligi va Fransiyaning Yevropa qit`asida gegemon davlatga aylanishi.

  2. Fransiyada liberal - oppozitsion harakatning yuksalishi, inqilobiy krizisning yetilishi.

  3. Ikkinchi imperiyaning Fransiya tarixida tutgan o`rni va tarixiy ahamiyati.


Ikkinchi imperiyaning e`lon qilinishi Fransiyada yirik burjuaziyaning eng reaksion va agressiv qatlamlarining alohida hukmronlik shakli - bonopartizmning diktaturasi barpo qilinganidan darak berardi. Savdo-sanoat burjuaziyasining keng qatlamlari hukumat siyosatiga ta`sir qilishdan chetlashtirildi. Mehnatkash omma butunlay huquqsiz qilib qo`yildi.

1851 yil 2 dekabrda bo`lib o`tgan davlat to`ntarishi 1848 yil inqilobi tufayli to`la qo`lga kiritilgan deyarli barcha burjua - demokratik yutuqlarni yo`qqa chiqardi. Ishchilar ittifoqlari va kooperativlar tarqatib yuborildi, respublikachilar partiyasi tor-mor qilindi, demokratik matbuot bo`g’ib qo`yildi. Barcha reaksion hukumatlarning sodiq ittifoqchisi bo`lib kelgan katolik ruhoniylar yanada katta siyosiy ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ldi. Parlament muassasalari saqlanib qolindi, ammo har ikki palataning: Qonun chiqaruvchi korpusning va Senatning haq-huquqlari haddan tashqari cheklab qo`yildi. Ular o`z majlislari haqida rasmiy hisobotlarni e`lon qilolmas hatto o`z vakillarini saylab olish huquqidan mahrum etilgandi. 21 yoshdan kam bo`lmagan erkaklar uchun berilgan saylov huquqi bonapartizm rejimining sotsial bazasini kengaytirish maqsadida saqlab qolindi.

Napoleon III hukumati yirik burjuaziyaga va dehqonlarning boy qatlamlariga suyanib, mehnatkashlar ommasiga demogoglarcha tilyog’lamalik qildi. Ikkinchi imperiya hukmronlik qilgan o`n sakkiz yil Fransiya sanoatining tez sur`atlar bilan o`sish davri va bonapartizm rejimidan ishchilarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish, o`z foydalarini olish uchun keng foydalangan yirik burjuaziyaning misli ko`rilmagan boyish davri bo`ldi. Cho`yan ishlab chiqarish uch baravar, temir ishlab chiqarish Z,5 baravar, po`lat ishlab chiqarish esa 8 baravar ko`paydi.

O`zining o`sish sur`ati jihatidan og’ir sanoat yengil sanoatdan oldinda bordi. Fransiya sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmidagi salmog’i bo`yicha og’ir sanoat yengil sanoatdan hali orqada bormoqda edi. Sanoatda, temir yo`l qurilishida va savdoda yiriklashuv jarayoni ancha tezlashdi. Xuddi shu davrda Parijda yirik universal magazinlar ishga tushirildi. Moliya va sudxo`rlik kapitali rivojlanishi sanoat kapitalining o`sishiga nisbatan tezroq bordi. Fransuz banklarining aylanma kapitallari 5 baravardan ziyodroq ko`paydi, 1852 yilda doimiy aylanmaga ega bo`lgan kredit bosh bo`linmasi tuzildi. Uning aksiyasi 500 frankdan qilib chiqarildi. Tez orada uning narxi 2100 frankgacha ko`tarildi. 1861 yilda Parij birjasida umumiy summasi 11 milliardni tashkil etgan 118 ta turli qimmatli qog’ozlar, 1869 yilda esa 33 milliard frank miqdorida 307 ta qimmatli qog’ozlar muomalaga kiritildi. 1868 yilga kelib, 14 davlat hukumati fransuz bankirlaridan qarz olish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

Kapitalistik taraqqiyotning ta`siri ostida Parijning va boshqa fransuz shaharlarining qiyofasi ancha o`zgardi. 50-60 yillarda Parij qayta qurildi. Bu qayta qurishlar bir hovuch yirik savdogarlarga va bonapartchi amaldorlarga yer uchastkalarini olib sotish va qurilish materiallari yetkazib berish hisobiga boyish imkoniyatini berdi.

Yirik burjuaziyaning boyishi bilan birga mehnatkashlar ommasi qashshoqlashib bordi. 1858 yilda Fransiyada Z millionga yaqin qashshoq va 6 millionga yaqin yashash minumimiga ega bo`lgan kishilar bor edi. Ish haqqi juda oz bo`lib, non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxining, turar joyga to`lanadigan to`lovlarning doimiy o`sib borishi xalqning yanada qashshoqlashuviga sabab bo`layotgan edi. Ish kuni 13-16 soatgacha yetib bordi. Xotin-qizlar va bolalar ayinqsa qattiq ekspluatatsiya qilinardi. 1867 yilda Parijdagi xotin-qiz ishchilarning ish haqqi erkak ishchilar ish haqqining faqat 55 foizini tashkil etardi. O`smirlar ish haqqi esa katta yoshdagi ishchilar maoshining faqat 12 foiziga to`g’ri kelardi. Ishchilarni shafqatsizlik bilan ekspluatatsiya qilish natijasida ular orasida sil kasalligi, umurtqaning qiyshayishi, bezgak va boshqa og’ir kasalliklar keng tarqaldi. Erta vafot etish, tez qarish hollari kuchaydi. Mayda ishlab chiqarishning yashovchanligiga qaramay, Fransiyada proletariat bilan burjuaziya o`rtasida ziddiyat har qachongidan ham keskinroq tus oldi.

Mayda burjuaziyaning ilg’or qatlami va u bilan bog’lik bo`lgan ilg’or g’oyali kishilar imperiyaga nisbatan oppozitsiyada bo`lib, respublikachilarni qo`llab-quvvatlaganligi tabiiy bir holdir. Biroq ularning asosiy tayanchi ishchilar edi. 50-yillarning boshlarida ikkinchi imperiya ahvoli mustahkam edi. 1847-1848 yillardan keyin boshlangan iqtisodiy yuksalish ishchilar sinfi siyosiy faolligining vaqtincha pasayishiga olib keldi, chunki uning eng inqilobiy elementlari 1851 yil davlat to`ntarishidan keyin qamoqqa olingan, surgun qilingan va mamlakatdan haydalgan edi. Ikkinchi imperiya hukumati hammadan ham ko`proq ishchilar sinfi faolligining o`sishidan qo`rqardi. Hukumat mustaqil ishchi tashkilotlarini taqiqlab, katta imtiyozlarni faqat o`zaro yordam jamiyatlariga berdi, lekin Shunda ham bu jamiyat oldida ish tashlashlarda (norozilik namoyishlari) ishtirok etishdan voz kechish va o`z safiga faxriy a`zo" sifatida mahalliy ruhoniylarni yoki shahar merini qabul qilish shartlarini qo’ydi. Napoleon III hokimiyat tepasiga: "Imperiya - tinchlik demakdir!" degan shior bilan chiqqan bo`lsada, hukumatning tashqi siyosatida bu shiorning aksi yaqqol sezildi. Ikkinchi imperiya juda ko`plab urushlar olib bordi. Bu urushlar yangi bozorlar uchun intilayotgan bankirlar va yirik sanoatchilar manfaatlarini ko`zlab olib borildi. Bosqinchilik yurishlaridan bonapartchi harbiylar ham manfaatdor edi. Ular zaif va qoloq mamlakatlar ustidan yengil g’alabaga yerishib, yuqori lavozimga ko`tarilishi va ushbu mamlakatlarni talash payida edilar. Napoleon III hukumati bosqinchilik siyosatlari bilan bir qatorda mamlakat ichida o`z hukmronligini mustahkamlashni ham maqsad qilib qo`ygan edi.

1853-1856 yillardagi Qrim urushi oqibatlari ikkinchi imperiyaning mamlakat ichkarisidagi, shuningdek, xalqaro miqyosidagi ahvolini mustahkamladi. 1856 yil Parij bitimidan keyin Napoleon III Yevropadagi eng qudratli podsho bo`lib qolganday tuyuldi, Yevropa qit`asida gegemonlik Fransiya qo`liga o`tdi. 1857 yilda Fransiyada keskin iqtisodiy krizis boshlanib ketdi. Bu krizis Yevropadagi boshqa mamlakatlarga, shuningdek AQSHga ham yoyildi. Bu krizis sanoatning ko`pgina tarmoqlarini ham qamrab oldi, temir yo`l qurilishlari 3,5 baravardan ziyodroq qisqartirildi. Natijada krizis jamoatchilik noroziligini kuchaytirdi va faqat ishchilar orasida emas, balki burjuaziyaning ayrim qatlamlari orasida ham norozilik tug’dirdi. Qonun chiqaruvchi korpusga bo`lib o`tgan saylovlarda bonapartchilar to`ntarishdan so`ng birinchi marta beshta kam ovoz olishga majbur bo`ldilar. Hukumat bu harakatdan fransuz respublikachilarga qarshi repressiyalar boshlash uchun foydalandi. Holbuki Fransiya respublikachilarining bu ishda mutlaqo aloqasi yo’q edi. O`zlarining demokratik qarashlari bilan ma`lum bo`lgan yuzlab kishilar qamoqqa olindi va shu vaqtda e`lon qilingan "jamoat xavfsizligi haqida" gi qonun asosida mustamlakalarga surgun qilindi. Angliyada ishlab chiqarilgan bomba bilan qurollangan Orsning suiqasdi Angliya bilan Fransiya o`rtasidagi munosabatlarning keskin sur`atda yomonlashuviga olib keldi. Bu esa Fransiya bilan Rossiyaning bir-biriga yaqinlashuvini yengillashtirdi. 1859 yil Z martda yashirin ravishda Fransiya-Rossiya bitimi imzolandi. Bu bitimga muvofiq , Fransiya hukumati chor Rossiyasi hukumatining o`zi uchun juda noqulay bo`lgan 1856 yiddagi Parij traktati shartlaridan ozod bo`lishiga qaratilgan intilishlarini qo`llab-quvatlash majburiyatini oldi. Hukumat, o`z navbatida, Fransiya Avstriyaga qarshi urushga tayyorlanayotganda butunlay betaraf turishga va`da bergan edi.

1859 yilda Fransiya Sardiniya qirolligi bilan ittifoq tuzib, Avstriyaga qarshi urush olib bordi. Napoleon III bu urushni boshlab, butun yuqori Italiya, avstriyaliklar hukmronligidan ozod qilinguncha urushni to`xtatmaslik majburiyatini oldi. Ikki hal qiluvchi jangda - Madjent yonidagi (4 iyun) va Salferika yonidagi (24 iyun) janglarida avstraliyaliklar tor-mor qilindi. Shundan keyin Napoleon III birdaniga harbiy harakatlarni to`xtatdi va Avstriya imperatori bilan shoshilinch bitim tuzdi.

Napoleon III ning italyan xalqiga nisbatan bunday xiyonatkorona qadam qo`yishga, Fransiya yirik burjuaziyasining O`rta dengizda birlashgan Italiyadek yangi davlatning dunyodga kelishiga yo`l qo`ymaslikka urinishi, shuningdek, Prussiya bilan boshqa davlatlarning Avstriya tomonidan urush qilishidan qo`rqishi sabab bo`ldi. Italiyadagi xalq qo`zg’olonlari fransuz hukumatining rejalarini buzib yubordi. U Italiyada o`ziga qaram bo`lgan ikki davlatni tashkil qilib, ajratib olmoqchi bo`ldi. Bu davlatlarning biri shahzoda Napoleon uchun, ikkinchisi knyaz’ Arat uchun mo`ljallangan edi.

Sulh shartnomasi shartlariga ko`ra Lombardiya Avstriya I hukmronligidan ozod qilindi, ammo Venetsiya Avstriya qo`lida qoldi. Savoyya va Nitstsa Fransiyaga (1860) qo`shib olindi. Ikkinchi imperiya davrida Fransiya Yevropadagi urushlar bilan bir qatorda, yangi mustamlakalar orttirish maqsadida Afrika va Osiyoda ham bir necha urushlar olib bordi. 1857 yilda fransuz mustamlakachilari qattiq bosqinchilik urushi olib borib, Jazoirning janubida joylashgan Namibiyani tamomila zabt etdi. 50-yillarning o`rtalarida fransuz sarmoyasining Xitoyga kirib borishi kuchaydi. Bundan maqsad Xitoyni asoratga solish edi. 1854 yil fransuz eskadril’yasi Xitoy inqilobchilari (taypinlar) qo`lida bo`lgan Shanxayni bombardimon qildi. 1857 yilda birlashgan ingliz fransuz harbiylari Kattonni bombardimon qilib, shaharni egalladi. Xitoy hukumati 1859yil iyunida Angliya va Fransiya hukumatlari majbur etgan va teng huquqli bo`lmagan yangi shartnomaga qo`l qo’yishga majbur bo`ldi. Biroq London va Parij bu bilan qanoatlanmadi.Xitoyni yanada ko`proq yon berishga majbur qilish uchun yangi harbiy mojaro chiqarildi. 1860 yilda harbiy harakatlar yangidan boshlanib ketdi. Ingliz-Fransuz qo`shinlari Pekin ostonalarida Xitoy qo`shinlarini tor-mor keltirdi. Xitoy poytaxtini bosib olib, uni taladi. Xitoy imperatorining yozgi saroyi vahshiylarcha talandi, yondirildi. Fransuz mustamlakachilari Xitoydan 10 million frankli turli-tuman qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketdilar. 1860 yil oktyabr oyida tuzilgan Pekin shartnomasiga muvofiq chet elliklarning Xitoydagi huquqi kengaytirildi. Fransuz qo`shinlari Hindu-Xitoydan 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshlarida Saygon shahrini Koxinxinning bir qismini bosib oldi va Kambodja ustidan protektorat o`rnatdi.

60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, Fransiyaning tashqi siyosatidagi rejalari birin-ketin barbod bo`la boshladi. Imperiyaning yetilib kelayotgan ichki krizisi uning tashqi siyosat sohasidagi muvaffaqiyatsizliklari bilan yanada og’irlashdi. 1862 yilda Napoleon III hukumati yangi mustamlakachilik nayrangini boshladi. Fransiya, Angliya va Ispaniya bilan birgalikda respublikachi hukumatga qarshi qo`zg’olon ko`targan reaksionerlar va klerikallarni qo`llab-quvvatlash uchun Meksikaga qo`shin yubordi. Meksikaga ekspeditsiya fransuz bankirlarining talabi bilan uyushtirilgan edi. Boy, tabiiy resurslarga ega bolgan Meksikani Fransiyaning mustamlakasiga aylantirishni orzu qilgan ko`pgina fransuz sanoatchilari ham bu ekspeditsiyani qo`llab-quvvatladilar. 1863 yilda marshal Bazen qo`mondonligidagi fransuz qo`shinlari Meksika poytaxtini egalladi va respublika tuzumini ag’darib tashladi, Meksika taxtiga Napoleon III papa Piy IX homiyligi ostida gersog Maksimilianni o`tkazdi.

Shu davrga kelib ingliz-Fransuz munosabatlari keskin yomonlashdi. Bunga Napoleon III ning Yevropadagi bosqinchilik rejalari, shuningdek, fransuzlarning Hindi-Xitoyga kirib borishi va Misr ustidan fransuz nazoratini o`rnatishga qaratilgan urinishlari sabab bo`ldi. 1869 yilda fransuz muhandisi Lesseps loyihasi asosida qazilgan va birinchi vaqtda fransuz kapitalistlari qo`lida bo`lgan Suvaysh kanali ochildi. Bu narsa Angliyada katta norozilik tug’dirdi.

Napoleon III ning Rossiyaga qaratilgan siyosati rus-Fransuz munosabatlarining yomonlashuviga olib keldi. Ikkinchi imperiya hukumati 1856 yildagi Parij bitimi qonun-qoidalarini qattiq qo`llab-quvvatladi, Turkiya va Ruminiyani Rossiyaga qarshi g’ij-g’ijladi. Polshadagi 1863 yil qo`zg’olonini Rossiyaga qarshi qaratishga urindi.

Fransiyaning Italiya bilan munosabatlari ham unga qo`l kelmadi. Rimda 1849 yildan boshlab fransuz harbiy garnizoni qoldirilgan edi. U papaning dunyoviy hokimiyatini qo`riqlab, Italiyani birlashtirishga to`sqinlik qilib kelardi. 1864 yil sentyabrda konventsiya tuzilib, unga muvofiq qirol Viktor emmanuil Rimdagi papa hokimiyatini tashqaridan bo`ladigan har qanday hujumlardan himoya qilish majburiyatini o`z zimmasiga oldi. Napoleon III ga kelganda, u ikki yillik muddat ichida fransuz qo`shinlarini Rimdan olib chiqib ketishi kerak edi. 1866 yilning oxirida Fransiya harbiy garnizoni Rimdan olib chiqib ketildi. 1867 yilda Rimga Garibaldi otryadining yo`lini to`sish uchun Italiyaga yana fransuz qo`shinlari yuborildi. 1867 yil noyabrida Mentana yonidagi jangda garibaldichilar otryadlari fransuz qo`shinlari korpusi va papa piyoda askarlari tomonidan tor-mor qilindi. Ikkinchi Rim ekspeditsiyasi Italiya bilan Fransiya o`rtasidagi munosabatlarni keskin sur`atda yomonlashtirib qo’ydi va Fransiyaning Italiyada jandarmlik rolini o`ynaganligi fransuz jamiyati progressiv qatlamlarini qattiq g’azablantirdi. Fransiyaning yirik burjuaziyasi va Napoleon III hukumati temir rudasiga boy bo`lgan Lyuksemburg ulug’ gersogligini bosib olishga, Reyn daryosining so`l qirg’og’ida joylashgan yerlarni Fransiyaga qo`shishga intildi, Belgiyani ham qo`shib olish niyati paydo bo`ldi. Bu agressiv rejalarga Fransiyaning kuchayib ketishidan qo`rqqan Prussiya ham, Angliya ham qattiq qarshilik ko`rsatdilar. To`g’ri 1865 yilda Bismark Napoleon IIIga, agar Fransiya o`sha vaqtda Prussiya bilan Avstriya o`rtasida bo`ladigan urushda betaraf tursa, buning evaziga territoriya berish va`dasiga ishonib, 1866 yildagi Avstriya-Prussiya urushida Fransiya betaraf turdi. Fransiya hukumati urush tomom bo`lganidan keyin va`da qilingan territoriyani talab qilganida, Bismark bu talabni rad etdi.Natijada Fransiya bilan Prussiya o`rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.

1867 yilda, Napoleon III Zalutsburgda Frans-Iosif bilan uchrashganidan keyin, Prussiyaga qarshi Fransiya bilan Avstriyaning yaqinlashayotganligi namoyon bo`ldi. 1869 yili Germaniyani birlashtirishni tugallashga intilayotgan Prussiyaga qarshi Avstriya-Fransiya-Italiya ittifoqi rejasi amalga oshirilishi ko`zda tutildi. Uch davlat ittifoqidan iborat bunday reja amalga oshmadi.Fransiya diplomatiyasining Prussiya bilan Bovariya o`rtasidagi ziddiyatdan foydalanish va Shimoliy Germaniya ittifoqiga qarama-qarshi o`laroq Fransiya protektorati ostida janubiy Germaniya ittifoqini tuzishga qaratilgan o`rinish ham muvoffaqiyatsiz chiqdi.

Fransuz burjuaziyasi Prussiyaning Germaniyani birlashtirishdagi muvaffaqiyatlaridan xavotirlanib, kuzatib bordi va Napoleon III hukumatining Germaniyaning militarizatsiyalashgan Fransiyaning xavfli g’animiga aylanishiga qarshi faol kurash olib bormayotgani uchun Angliyani koyidi.

Ishchilarning bonapartizm rejasiga qarshi kurashi tobora faollashib bordi. 1867 yyl noyabrida Parij Internatsional a`zolari boshchiligidagi bir guruh ishchilar Rimdagi papa hokimiyatini himoya qilish uchun Italiyaga fransuz qo`shinlarining yuborilishiga qarshi norozilik namoyishini o`tkazdilar. Internatsionalning Parij federatsiyasi lari ustidan 1868 yilning mart va may oylarida ikki marta sud protsessi o`tkazilishi Fransiyada internatsional seksiyalarning faoliyatini to`xtatish u yoqda tursin, balki, aksincha ularning fransuz ishchilari orasidagi obro`yini yanada ko`tarib yubordi. Ko`zga ko`ringan sotsialist, muqovachi, ishchi Varlenning ana shu jarayonlarning ikkinchisida so`zlagan nutqi kuchli ta`sir ko`rsatdi. 60-yillarning oxiriga kelib Internatsionalning Parij tashkiloti rahbarligiga prudonchilar o’rniga jamoaviy sotsialistlar (ularni odatda so`l prudonchilar deb ataydilar) -Varlen, Franklin, Avrial va boshqalar keldi.

Napoleon III hukumati 1868 yil iyunida ishchilarni faol siyosiy kurashdan chalg’itish uchun ommaviy yig’ilishlar o`tkazishga ruxsat berdi. Ammo unda siyosiy masalalar muhokama qilinmasligi shart qilib qo’yildi. Bunday cheklashlarga qaramay, ommaviy ishchilar ko`plab qatnashchilarni jalb , qildi. Notiqlar orasida Varlen, Ranve, Brian, Flurais va ko`pgina inqilobchilar, kollektivchi sotsialistlar, Internatsional a`zolari bor edi. Ular burjua iqtisodchilarining kapitalistik tuzumni himoya qilib ko`rsatilgan dalillarini muvaffaqiyat bilan rad etar edilar. Bundan bezovtalangan hukumat sinfiy - proletar ozodligi ruhida so`zlagan nutqlarni politsiya va sud jazosiga tortdi. Ularning ko`plari qamoqqa olindi, jarima solindi va turmalarga tashlandi.

Fransiya ishchilari orasida inqilobiy - sotsialistik g’oyalarni tashviqot qilishda 1869 yil dekabridan chiqa boshlagan "Marsel’za" gazetasi katta rol o`ynadi. Bu gazeta sahifalarida ish tashlashlar haqida mufassal axborotlar berib borildi va ijtimoiy siyosiy masalalar yuzasidan, bo`lajak inqilob vazifalari va o`sha vaqtdayoq Kommuna deb nom olgan bo`lajak inqilobiy hukumat xarakteri haqida nazariy maqolalar bosildi. Ishlab chiqarishning ancha qisqarishiga va ishchilar ahvolining yomonlashuviga olib kelgan 1866-1867 'yillardagi iqtisodiy krizis proletariat orasida inqilobiy kayfiyatning kuchayib ketishiga sabab bo`ldi. 1867 yilda Amen’da, Marsel’da va Rubeda bo`lib o`tgan stachkalar, 1869 va 1870 yillarda Luara toshko`mir havzasida, hamda Krezo to`p zavodida bo`lib o`tgan stachkalar hukumatga qarshi jangovar xarakterga ega bo`ldi. Bu stachkalar qo`shinlar bilan shafqatsizlarcha bostirildi.

Stachkalar-ishchi tashkilotlari, kasaba uyushmalari, matlubot kooperatsiyalari o`zaro yordam kassalarini yangidan tuzishga va eskilarini mustahkamlashga olib keldi. Hukumat ishchilarni siyosiy kurashlardan chetga tortishga intilib, 1868 yilda mavjud kasaba sayuzlarini qonunlashtirdi. Biroq bu yon berish hukumat kutganidek natija bermadi. 1869 yil Parij kasaba soyuzlari "ishchilar jamiyatlarining federal byurosi"ga birlashdi. U 50-60 tashkilotni birlashtirdi va Internatsional seksiyalari bilan mustahkam aloqada bo`ldi.

Fransiyada liberal-oppozitsion harakatning yuksalishi inqilobiy krizisning yetilib kelayotganini ko`rsatuvchi alomatlardan biri edi. Burjua liberallari ishchilar sinfining inqilobiy harakatidan qo`rqardilar, lekin shu bilan birga ular bonapartizm rejimidan norozi edilar.

Napoleon III hukumatining bunday sharoitdagi yangi yon berishlari - majlis va matbuot erkinligi sohasidagi ayrim cheklashlarning bekor qilinishi, Qonun chiqaruvchi korpus va senat huquqlarining kengayishida burjua intellegentsiyasining progressiv doiralari katta rol o`ynadi. 1868 yilda keksa inqilobchi Deleklyuzning sud jarayonida so`zlagan nutqi kuchli ta`sir ko`rsatdi. Deleklyuz boshqa bir nechta demokratik arboblar bilan birgalikda Voden qabri ustidagi namoyishlarga qatnashganligi, o`nta haykal o`rnatish uchun pul yig’ishni tashkil etganligi uchun sud javobgarligiga tortilgan edi. Gambetta himoyachi sifatida nutq so`zlab, o`z so`zini bonapartchilar to`dasiga qarshi g’azabli aybnomaga aylantirib yubordi. Talantli publitsist Roshferning 1868 yilda tashkil qilgan haftalik "Fonar’" pamfleta katta dong chiqardi. U Napoleon III va bonapartizm rejimining boshqa arboblarini zaharxandalik bilan yozilgan o`tkir makolalari va fel’etonlari orqali fosh qilib turdi va ular ustidan kuldi. "Fonar’" hukumat tomonidan taqiqlab qo`yilganidan keyin, Roshfer uni Belgiyada nashr eta boshladi. U yerdan jurnal yashirin ravishda Fransiyaga keltirib turildi. 1869 yilda Qonun chiqaruvchi korpusga o`tkazilgan saylovlarda oppozitsiya ajoyib g’alabaga yerishdi. 7,8 millionga ega umumiy ovozning 3,3 milliontasini oppozitsiya oldi. Yangi saylangan deputatlar orasida Roshfer va Gambetta ham bor edilar. Gambetta o`zining Parij ishchilari tomonidan qo`llab-quvvatlaganini his qilib radikal siyosiy dasturni maydonga tashladi. Unda cherkovni davlatdan ajratish, doimiy armiyani bekor qilish, politsiya zo`ravonligini tugatishdan iborat bandlar bor edi. Biroq Gambetta bu dasturni tinch yo`l bilan amalga oshirish kerak deb hisobladi va imperiyaga qarshi kurashning inqilobiy yo`liga qarshi chiqdi. Saylovlar natijasidan qo`rqib ketgan hukumat oppozitsion harakatining kuchayib ketishini to`xtatish uchun yana bir marta urinib ko`rdi. 1870 yil 2 yanvarda printsipsiz, respublikachilardan bulmish emil’ Oliv’e boshchiligida yangi kabinet tuzildi. Biroq "liberal" kabinet deb atalgan bu kabinet ham imperator rejimining hayotiga xavf solayotgan ijtimoiy norozilikni to`xtatishga ojiz edi. 1870 yil yanvar oyining boshlarida yosh respublikachi jurnalist Viktor Nuar shahzoda Pe’p Bonapart tomonidan vahshiylarcha o`ldirildi. Viktor Nuarning dafn etish marosimi hukumatga qarshi qaratilgan juda katta namoyishga aylanib ketdi. Ish hatto qurolli qo`zg’olongacha borib yetay deb qoldi. 1870 yil fevralida, undan keyin esa may oyida Parijning ishchi bo`limlarida inqilobiy ko`tarilishlar bo`lib turdi, barrikadalar qurildi va politsiya bilan to`qnashuvlar yuz berdi.

Download 71,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish