partiya hukumat tuzish huquqiga ega bo‘lardi.
1948-yilning aprel oyida o‘tkazilgan parlament
saylovida XDP mutlaq ko‘p (12,7 mln) ovoz oldi.
A. de Gasperi endi bir partiyali hukumat tuzdi.
Hukumat ichki siyosatda mamlakat iqtisodini rivojlantirishga birinchi darajali
masala sifatida qaradi. «Marshall rejasi» ga ko‘ra, 1,3 mlrd dollar miqdorida
yordam berilishiga erishdi. U asosan yirik korxonalarni modernizatsiya qilishga
va jihozlarni butunlay yangilashga sarflandi.
Ayni paytda yuksak taraqqiy etgan davlatlardan patent va litsenziyalar
sotib olindi. Qudratli davlat sektori ham vujudga keltirildi. Bu omillar
natijasida 50—60-yillarda mamlakat iqtisodi gurkirab rivojlandi. Iqtisodiy
o‘sish sur’ati (yiliga 10 foiz) jihatidan Yevropada GFRdan so‘ng ikkinchi
o‘ringa chiqdi. Shu tariqa «Italiya mo‘jizasi» degan ibora paydo bo‘ldi. U
dunyoda eng rivojlangan yetti davlatning biriga aylandi.
Eksportning o‘sishi Italiyaga qarzdan qutulish hamda milliy pul (lira)ning
barqarorligiga erishish imkonini berdi. Fuqarolarning turmush farovonligi
oshdi. Farog‘at davlati qaror topdi. Ish haqi, ijtimoiy sug‘urta tizimi,
nafaqalar hajmi bo‘yicha Italiya dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi.
Tashqi siyosatda Italiya birinchi navbatda G‘arb davlatlari integratsiya-
sini himoya qildi. 1949-yilning aprel oyida NATOga a’zo bo‘ldi. Bu bilan
1947-yilda imzolangan Parij tinchlik shartnomasi majburiyatlari o‘z kuchini
yo‘qotdi. 1950-yilning 27-yanvarida AQSH bilan «Mudofaa maqsadlarida
o‘zaro yordam to‘g‘risida» bitim imzolandi. Mamlakat hududida AQSH
harbiy bazasi qurildi. GFRning NATOga qabul qilinishini qo‘llab-quv-
vatladi.
1957-yilda Fransiya va GFR bilan «Qurol-yarog‘larni standartlashtirish
va yangi qurollarni yaratish yo‘lida birgalikda harakat qilish to‘g‘risida»
shartnoma imzoladi. Italiya Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining faol tash-
kilotchilaridan biri bo‘ldi. Bugungi kunda yuqorida nomlari sanab o‘tilgan
tashkilotlar ishida faol qatnashib kelmoqda.
Italiya ichki hayotiga siyosiy beqarorlik xos bo‘lgan
davlatligi bilan ham ajralib turadi. Urushdan
keyingi davrda 50 dan ortiq hukumat almashganligi buning dalilidir. Bu —
o‘rta hisobda deyarli har 1—1,5 yilda hukumat almashinuvi sodir bo‘ldi,
deganidir. Xo‘sh, mamlakat hayotidagi siyosiy beqarorlikning sabablari ni-
malar edi?
Mutaxassislarning fikricha, buning asosiy sababi — Italiyada siyosiy