Kvadraturali amplitudaviy modulyasiyalash (KAM)
M-lik fazaviy modulyasiyalashda tashuvchi tebranish amplitudasi va chastotasi aloqa seansi vaqtida o‘zgarmas qoladi. Faqat har bir kanal simvolining boshlang‘ich fazasi o‘zgaradi.
Kvadraturali amplitudaviy modulyasiyalashda har bir kanal simvolining amplitudasi qiymati va boshlang‘ich fazasi o‘zgaradi. Agar bu parametrlarning bo‘lishi mumkin qiymatlari diskret va yakuniy bo‘lsa, u holda bu modulyasiyalash turi raqamli modlyasiyalash hisoblanadi. Signalning bitta kanal simvolini bunday modulyasiyalash usulida quyidagi ifoda orqali berish mumkin:
sm(t) = Am cos (2πf0 t + Ft) = Re[Am yexr{jFm}exp{2πf0 t}], (i-1)Tc c, (5.13)
bu yerda = Amyexr{jFm} – kanal simvolining kompleks amplitudasi,
t = 1, 2, . . . , M.
Bunday signalning signallar turkumini qurish uchun kompleks amplitudaning haqiqiy va hayoliy qismlarini ishlatish qulay:
sm (t) = Ami cos(2πf0 t + Ft) = At cos(Fm )cos(2πf0t) + At sin(Fm) sin(2πf0 t) =
= at cos(2πf0 t) + bm sin(2πf0 t), (I – 1) < t ≤ iTc. (5.14)
bu yerda am va bm – KAM signal signalar turkumi t-nchi nuqtasining koordinatalari.
5.20-rasmda KAM-16 signalar turkumi tasvirlangan. Bu signalning turli kanallar simvollari turli energiyaga ega bo‘ladi, turli signallar nuqtalari orasidagi masofa turlicha bo‘ladi. Shuning uchun qabullagichda simvollarni chalkashtirish ehtimolligi turli simvollar uchun turlicha bo‘ladi.
Bunday signalning bitta kanal simvoli log2M axborot bitlarini tashishi mumkin. Xususan, M = 16 uchun t = 4ga ega bo‘lamiz. Shuning uchun agar haligacha bitta bitning davomiyligi Ts ga teng hisoblansa, u holda KAM signal bitta kanal simvolining davomiyligi Tks = tTs ga teng bo‘ladi. Natijada bu signalni shakllantirishda axborot bitlari oqimi m bitlardan bloklarga guruhlashtirishi kerak bo‘ladi. Har bir blokka bitta kanal simvoli mosligi qo‘yilishi kerak. Bunday moslikning o‘rnatilishi signalli kodlash deyiladi.
5.20-rasmdagi signallar turkumi tugunlarida signallar nuqtalari joylashadigan kvadrat yoki kvadrat panjarasi shakliga ega bo‘ladi. Bu signallar turkumining yagona bo‘lishi mumkin shakli emas. Signallar turkumi, masalan, xoch, aylana shakliga bo‘lishi mumkin, bu ko‘pincha katta M qiymatlarida zarur bo‘ladi. Zamonaviy aloqa tizimlarida bu parametrning qiymati 1024 dan ortiq bo‘lishi mumkin.
5.20-rasm. M-lik KAM signal (M =16) uchun signalar turkumi
Katta M qiymatlarida signalli turkumlar bo‘lishi mumkin koordinatalari ko‘pligini signallar nuqtalarini koordinatalar boshidan nomerlash bilan butun sonlar yordamida berilishi oddiy bo‘ladi. Masalan, 5.20-rasmdagi kvadrat signallar panjarasi uchun koordinatalar boshiga yaqin nuqtalar koordinatalari uchun amin va bmin belgilashlarni kiritish mumkin. U holda agar barcha qo‘shni nuqtalar o‘zaro har bir o‘q bo‘yicha bir xil masofalarga ega bo‘lsa, u holda qolgan nuqtalar koordinatalarini quyidagi munosabatlar yordamida yaqindagi nuqtalar kordinatalari qiymatlari orqali ifodalash mumkin:
ak = ± kamin , bl = ± lbmin ,
bu yerda k va l indekslar butun sonli qiymatlarni qabul qiladi.
Masalan, 6.20-rasmdagi signallar turkumi uchun indekslar qiymatlari {–3, –1, +1, +3} ko‘plikka tegishli bo‘ladi. Bu signallar turkumi barcha nuqtalaririning birligi matrisa yordamida berilishi mumkin:
5.21-rasmda KAM signalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi tasvirlangan. Bu sxema deyarli 6.17-rasmda tasvirlangan FM-8 signalni shakllantirish qurilmasidagi elementlarga ega bo‘ladi. Bu signal spektrining kengligi taxminan M-lik FM signaldagi kabi bo‘ladi. Lekin bu modulyasiyalash usuli uzatiladigan bir bitga xatoliklar kam ehtimolligini ta’minlashi mumkin va shuning uchun ba’zan avzal bo‘lishi mumkin. Lekin nazarda tutish kerakki, KAM signal o‘zgarmas amplitudaga ega emas, u holda bu modulyasiyalash usulining qo‘llanilishi uzatish kanalining chiziqliligiga talablarning ortishi bilan bo‘ladi.
5.21-rasmda M-lik KAM signalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |