Ikki taktli kuchlanish o’zgartirgichlari



Download 0,77 Mb.
Sana12.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#546600
Bog'liq
ikki taktli kuchlanish o’zgartirgichlari


IKKI TAKTLI KUCHLANISH O’ZGARTIRGICHLARI

Eng sodda tuzilgan ikki taktli o‘zgartirgich sxemasida Tr1 kuch transformatorining ikki birlamchi cho‘lg‘ami VT1 va VT2 tranzistorlarning bazalari bilan ulangan, birlamchi ta’minot manbai 𝑈kir esa tranzistorlar emitterlari va Tr2 transformator birlamchi yarim cho‘lg‘amlari o‘rta nuqtasi orasiga qo‘yilgan (6.3- rasm).






6.3-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning prinsipial


sxemasi

Agar kuch tranzistorlarini nolli uzilishsiz to‘g‘ri burchakli kuchlanish impulslari bilan qo‘zg‘atilsa (6.4e-rasm), u holda bazadagi asosiy bo‘lmagan tashuvchilarning zaryad so‘rish vaqtiga teng bo‘lgan vaqtda har ikkala tranzistor ochiq bo‘ladi, bu esa kuch transformatori birlamchi cho‘lg‘amining qisqa vaqtli tutashuviga tengdir. Bunday har bir yarim davr oxiridagi qisqa vaqtli tutashuvlarning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun invertor sxemasiga qo‘shimcha elementlar kiritish lozim bo‘ladi.


Invertor aktiv-induktiv xarakteridagi yuklamada ishlaganida yuklama toki qutblarining o‘zgarishi momentlari chiqish kuchlanish qutblari o‘zgarishi momentlariga, shuningdek, kuch tranzistorlarini qayta ulanish momentlariga nisbatan kechga qoladi. Bu har bir yarim davrning boshlang‘ich qismida kuch tranzistori orqali teskari yo‘nalishda tok o‘tishiga, ya’ni teskari tokni vujudga kelishiga olib keladi.

6.4-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning vaqt
diagrammalari

Tranzistor orqali oqib o‘tadigan teskari tok impulsi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan yuklama toki transformatorning boshqa birlamchi cho‘lg‘amiga va kuch tranzistoriga transformatsiyalanadi. Invers rejimda ishlayotgan tranzistorning tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsenti kichik bo‘ladi. Bunday kollektor tokida tranzistor to‘yinish rejimidan chiqib ketishi kuch zanjiridagi qo‘shimcha quvvat isroflariga va tranzistorning kuyishiga olib kelishi mumkin.


Kuch tranzistori orqali oqib o‘tadigan teskari tokni kamaytirish uchun invertor sxemasida kuch tranzistorlariga parallel ravishda shuntlovchi VD1 va VD2 diodlar ulanadi. Bunday diodlar agar invertor salt ishlaganida ishlay olsa ham, yuklama ravishda qo‘yilishi mumkin. Bunda induktiv tok hisoblangan Tr1 transformatorning magnitlash toki yarim davrining bir qismi davomida teskari yo‘nalishda oqib o‘tadi. Ba’zida shuntlovchi diodlarning yo‘qligida bunday magnitlovchi tok kuch tranzistorlarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Tranzistorlarning kommutatsiyalanishini osonlashtirish maqsadida
to‘g‘rilagich tarkibiga qo‘shimcha zaryadsizlash diodi kiritiladi (6.3-rasm). Avval ochiq bo‘lgan diodning yopilishidan so‘ng chiqishdagi kuchlanish sakrash orqali o‘z
kutbini o‘zgartiradi va bu qutb o‘zgarishiga so‘nuvchi yuqori chastotali tebranishlar sabab bo‘ladi (6.5-rasm).
Bu tebranishlar transformator induktiv tarqalishining qayta zaryadlanishi, o‘ramlararo sig‘im va montaj sig‘imlari oqibatida vujudga keladi. Katta quvvatli o‘zgartirgichlarda ular radiohalaqitlarning intensiv manbai hisoblanadi. SHuning uchun ba’zida yuklamasi induktiv elementdan boshlanuvchi o‘zgartirgichlardan foydalanmaslikka majbur qiladi.
Mustaqil qo‘zg‘atishli invertorlar tranzistorlarining kollektor toklarining keskin ortib ketishi ham yuqori chastotali halaqitlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ular tranzistorlarning ortiqcha yuklanishiga sabab bo‘ladi. Bunday kamchiliklardan qutulishning faqat yagona usuli, birinchi tranzistor ochilishini ikkinchi tranzistorning yopilishigacha kechiktirish usulidir. Bu shart invertor tranzistorlarini nosimmetrik impulslar yoki nolli uzilish impulslar bilan boshqarilganda bajariladi. Bu har ikkala usul qo‘zg‘atkich sxemasini qurishda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga ega va to‘g‘rilagich yuklamasi o‘zgaruvchan bo‘lganda yaxshi natijalarni bermaydi. Tranzistorning uzilish vaqti kollektor tokiga bog‘liq, shuning uchun ulanishni kechiktirish invertor yuklamasining o‘zgarishiga mos almashishi kerak.









6.5-rasm. So‘nuvchi yuqori chastotali tebranishlarning paydo bo‘lishi
Qaytar toklardan tuzatish sxemasi bilan bog‘langan invertor sxemasi bu kamchiliklardan holidir (6.6-rasm). Undagi invertor transformatorining qo‘shimcha W2 cho‘lg‘amlaridan olinadigan kuchlanish tranzistorlar ochilishini kechiktirish uchun xizmat qiladi. U chiqish kuchlanishini qutbi o‘zgarmaguncha yopiq bo‘lgan tranzistorni ochilishini ushlab turishga imkon beradi. Shuning uchun faqat bir elka tranzistori yopilgandan keyingina, ikkinchi elka tranzistori bazasiga ochuvchi kuchlanish keladi. Tranzistor uzilganda baza zanjiridagi diod yopiladi va W2 qo‘shimcha cho‘lg‘amlardan olinadigan yopuvchi kuchlanish bazaga kelmaydi. Bunday invertor sxemasida kollektor toki impulslarida keskin ortish bo‘lmaydi, chiqish kuchlanishi esa nolli uzilishlarsiz bo‘ladi. Kommutatsion jarayonlar ularda deyarli bo‘lmaydi.


6.6-rasm. Qaytar toklardan tuzatish sxemasi bilan bog‘langan invertorli o‘zgartirgichning sxemasi



6.6-rasmda keltirilgan invertor kuch zanjiri Tr1 transformatordan VT1 va VT2 tranzistorlardan, VD1 va VD2 diodlardan iborat. Invertorning yuklamasi transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amidagi L1 induktiv element va RYU rezistor hisoblanadi. Tranzistorlar biri pauzalarsiz to‘g‘ri burchakli impulslar orqali kommutatsiyalanadi. Bu impulslar qo‘zg‘atgichdan tranzistor bazalariga R1 va R2 rezistorlar orqali beriladi. Shuningdek, bu rezistorlar to‘yingan tranzistorlar baza toklarini cheklaydi.
Avval aytib o‘tilganidek, bunday qo‘zg‘atish kuch zanjirida qisqa vaqtli qisqa tutashuvlarni vujudga keltiradi. Bu vaqtlarda har ikkala tranzistorlar ochiq bo‘ladi va ularda transformatorning birlamchi cho‘lg‘amlarida kommutatsion toklar keskin ortadi. VT1 va VT2 tranzistorlar kommutatsion toklari transformatorning birlamchi cho‘lg‘amlari o‘rta nuqtasidan 𝑈kir ta’minot manbaining minus qutbiga oqib o‘tadi, ya’ni transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amiga transformatsiyalanmaydi va shuning uchun bu toklar qaytar toklar deyiladi.
Kommutatsiya jarayonini yaxshilash maqsadida invertor sxemasiga qo‘shimcha ravishda qaytar toklardan qutulish sxemasi (QTQS) kiritiladi (6.7- rasm). U ikkita kirishga (11 va 21) va ikkita chiqishga (12 va 22) ega. VT1 tranzistorning yopiq holatiga mos keladigan invers chiqish kuchlanishining qutbiga sxemaning 12 ochiq va VT1 tranzistorning emitter-baza o‘tishini shuntlaydi va qo‘zg‘atish zanjirini VT1 tranzistorni ochishiga VT2 tranzistor yopilmaguncha va chiqish kuchlanishining qutbi o‘zgarmaguncha, ya’ni sxemaning 21 kirishida musbat potensial bo‘lmaguncha yo‘l qo‘yilmaydi.

6.7-rasm. Kommutatsion xususiyatlari yaxshilangan invertorli o‘zgartirgich
sxemasi
6.8-rasmda tasvirlangan o‘zgartirgich invertorining qaytar toklardan qutilish sxemasida uchta DD1, DD2 va DD3 mantiqiy elementlardan foydalanilgan.
DD1 mikrosxema trigger bo‘lib, chiqishda (1 va 2 chiqishlar) o‘zaro faza bo‘yicha 180º ga surilgan musbat impulslar ketma-ketligini shakllantiradi. Bu impulslar ketma-ketligi VT1 va VT2 tranzistorlarni ochilishi uchun zarur bo‘ladigan impulslarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bunda DD2 va DD3 mikrosxemalar (moslashtirish sxemasi) ham ishtirok etadi. Ularning birinchi kirishlariga berilgan impulslar, ikkinchi kirishlarida musbat potensial bo‘lmaguncha, ularning chiqishlariga o‘tmaydi (musbat potensial avval ochiq bo‘lgan tranzistor yopilgandan keyingina paydo bo‘ladi). Shu tarzda R7 va R8 rezistorlar orqali qarama-qarshi elkaning kuch tranzistori kollektori bilan ikkinchi kirishlarning aloqasi ta’minlanadi.



6.8-rasm. Boshqarish sxemasida mantiqiy elementlardan foydalanilgan kommutatsion xususiyatlari yaxshilangan invertorli o‘zgartirgich sxemasi



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish