So’z mulkining sohibqironi
So’z mulkida garchi ko’p o’tgan shohlar
Siz kabi muzaffar kishvariston yo’q,
Xoqondek siylagan oliy dargohlar,
Sizga teng donishmand,xisrav nishon yo’q.
yo’qdir sizdek buyuk va tabarruk zot,
Ahli dilga shafe’ komil inson yo’q.
Yo’qdir ahli johga berguvchi najot
Kalom kishvarida faxri davron yo’q.
3.Yo’qdir turk nazmida siz qadar daho,
‘’Xamsadan ‘’ buyukroq asar hamon yo’q.
Yo’qdir ‘’Xazoyin –ulb –moniy ‘’- yakto
Sizsiz Xurosonu buyuk Turon yo’q.
4. yo’qdir sizga ta’zim qilmagan mehmon
Prezidentu , qirol,shohu sulton yo’q.
Yo’qdir nomingizni bilmagan inson
Chordevon yetmagan hur xonadon yo’q.
5.Siz millat ruhisiz,millat faxrisiz
Sizdek shamsul millat,zebi jahon yo’q.
Siz bilan toabad baland qadrimiz
Tangri nazar qilgan sizdek komron yo’q.
6.yo’qdir sizdek xoqon bu jahon aro
Nazmda zabardast bir qahramon yo’q.
Yo’qdir piri komil bir dostonsaro
So’z mulkida sizdek Sohibqiron yo’q.
1-b.Albatta Navoiy bobomizning g’azallarida dillarga orom berguchi bir nafislik bor,kuyga solingan gazal yanada joziba baxsh etadi .3-sinf o’quvchilari ijrosida raqs !Marhamad!Raqs ijro etildi
2-b.Kim ko’ribdur , ey ko’ngul ahli jahondin yaxshilig’
Kimki ,ondin yaxshi yo’q ,ko’z tutma ondin yaxshilig’.
1-b. Ushbu g’azalni eshitganimiz on ,ko’z oldimizda temuriylar avlodining iste’dodli vakili ,atoqli shoir ,buyuk sarkarda Z.M.Bobur hazratlari namoyon bo’ladi.
Andijon bagridan uchib bir yulduz
Hindiston tojiga gahardek qo’ndi
Otash yuragida aylanar bir so’z
Anda jon qoldiku,anda jon qoldi.
***********************
Dunyo charxpalagi tinmay aylanar
Talato’p zmoanlar o’taveradi.
Asrlar qa’ridan bir so’z ingranar
Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.
1-b.Shoh va shoirning suronli hayot yo’li uning Hind tuprog’ida amalga oshirgan buyuk ishlari ,jahon adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi birin – ketin gavdalanadi .Shoh va shoir bobomizning hayoti va ijodi bilan tanishsak.
Z.M.Bobur 1483 –yil 14-fevralda Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ilgan.Shahzodalarga xos ta’lim – tarbiya olgan Bobur 12 yoshida taxtga o’tirgan.
Bobur toj taxt uchun bo’lgan urush tufayli Andijondan chiqib ketib Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi.Hindistonda qudratli saltanat o’rnatgan ,davlatning gullab yashnashiga kata hissa qo’shgan sevimli shoirimiz 1530 -yil Agra shahrida olamdan o’tganlar.
1-boshlovchiU o’z umri davomida ‘’Boburnoma’’,’’Mubayyin al zakot’’,’’Xatti Boburiy ,’’Harb ishi’’ kabi ko’plab nasriy va she’riy asarlar yaratdi.Keling navbatni g’azallarga bersak.
Har ishda shitob qilmagaysan,
Bu demak murodga yetmagaysan.
Birovningkim birovdin ko’ngli qolur
Kishi yuz so’z birla ko’nglin olur.
Necha nafsingg’a bo’lursan tobe,
Necha umringni qilursan zoye..
Beqayd menu xarobi siym ermasmen,
Ham mol yig’ishtirur laim ermasmen
Bobilda iqomat etti Bobur
Andoq demangizlarki muqiym ermasmen
Bu olam ichra ajab olamlar ko’rdum
Olam eliding turfa sitamlar ko’rdum
Har kim bu ‘’Vaqoyi’’ni o’qur bilgaykim
Ne ranju ne mehnat ne g’amlar ko’rdum
Yod etmas kishini g’urbatda kishi
Shod etmas ko’ngulni mehnatta kishi
Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi ,oh.
G’urbatda sevunmas ermish , albatta kishi.
Kim bor anga ilm tolibi ilm kerak,
O’rgangani ilm tolibi ilm kerak
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’q,
Men bormen ilm tolibi ilm kerak.
2-b.endi esa navbatni sahna ko’rinishiga bersak.
1-bBobomiz Bobur buyuk shoir Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib,Vatanga muhabbat,insonparvarlik,ma’rifatparvarlik bilan sug’orilgan ajoyib asarlar yaratdi.Kelinglar navbatni bu ikki buyuk shoirlarimizning til haqida bitib ketgan hikmatli so’zlariga navbatni bersak.
Odami ersang ,demagil odami
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Otangni oy deb bilsang,
Onangni quyosh deb bil.
2-b.Davramizga milliy raqs ijro etish uchun 7-sinf o’quvchilarini taklif etamiz!
2-b Endi davraga tadbirimiz tashkilotchisi ,o’zbek tili fani o’qituvchisi Kimsanova Munojatni taklif etamiz,marhamat!
Bugun oz bo’lsa ham Navoiy va Bobur bobolarimiz ruhlarini shod eta olgan bo’lsak, o’zimizni baxtiyor his qilgan bo’lar edik.
Birinchi Prezidentimiz o’zlarining ‘’Yuksak ma’naviyat --yengilmas kuch ‘’ asarida Navoiy bobomiz haqida shunday degan edilar:Agar biz ularni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutaffakkir desak, mutaffakkirlarning mutaffakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir!
Siz ham ulardek komil inson bo’lishga harakat qiling , aziz o’quvchilarim!
Bobur bobomiz bizning bobomiz, biz ham ulardek vatanparvar,mard va jasur inson bo’lishga intilishimiz kerak. Tadbirni o’tkazishda yaqindan yordam bergan barcha o’quvchilarga tashakkurimni izhor etaman !Raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |