Ijtimoiy xayot va din


Takrorlash uchun savollar



Download 19,13 Mb.
bet18/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Takrorlash uchun savollar:

  1. Din, uning elementlari xususida qanday tushunchalarga egasiz?

  2. Dinning ibtidoiy shakllari haqida nima bilasiz?

  3. Milliy va diniy qadriyatlarning xalqlar etnomadaniyat shakllanishiga qanday ta’siri bo’lgan?

  4. Mustaqillik sharoitida diniy munosabatlarning o’ziga xos tomonlari nimada?


Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat. – T.: O’zbekiston, 2005, 48 b.

  2. Islom entsiklopediyasi. – T.: Islom universiteti, 2004.

  3. Tokarev S.A. Rannie formo’ religii. – M.: Politizdat, 1990.


5-Mavzu: Din falsafasi, uning asosiy yo‘nalishlari
(Vedalar, brahmanlik, hinduiylik, jaynizm, sikxizm).
Reja

  1. Din ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligi

2. Vedalarning Hindistonga kirib kelishi va rivojlanishi.
3. Braxmanlik ta’limoti.
4. Hinduiylikning vujudga kelishi va ta’limoti.
5. Jaynizm va sikxizm ta’limotlari.

Kishilik jamiyati tarixida din shakllari turli-tuman bo’lgan. Ammo har qanday din muayyan, konkret tarixiy sharoit va njtimoiy munosabatlarga muvofiq holda paydo bo’lgan, o’zgargan hamda rivojlangan. Din shakllarini shartli ravishda uchta asosiy guruhga bo’lish mumkin: urug’-qabila dinlari, milliy dinlar va jahon dinlari.


Urug’-qabila dnnlarida kishilarning tabiat bilan bo’lgan munosabatlari, ishlab chiqarishga oid faoliyatlari (ovlash, ovqat izlash va to’plash) bilan bir vaktda ularning ibtidoiy tashkilotchilik xususiyatlari ham aks etgan. Urug’chilikning ilk davrlarida tabiat diniy e’tiqodning asosiy ob’ekti hisoblangan. O’sha davr kishilari qaysi geografik mintaqada yashanshari va qanday turdagi mehnat bilan shug’ullanishlariga bog’liq holda buyum va hodisalarning turli jihatlarini ilohiylashtirganlar. Masalan, ov bilan shugullanuvchi qabilalar uchun hayvonlarning turli zotlariga sig’inish, dehqonchilikning g’oyat sodda shakllari bilan shug’ullanuvchilar uchun esa o’simlnklar va samoviy jismlarga sig’inganlar.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiy qilib, ijtimoiy munosabatlar takomillasha borgan sari kishilar ongi ham o’sa borgan. Davrlar o’tishi bilan kishilarning tabiat hodisalariga munosabatlari ham o’zgara borgan. Insonning tabiatdagi tayyor mahsulotlarni yig’ib-terib va ov qilib tirikchilik o’tkazishdan dehqonchilik hamda chorvachilik bilan shug’ullanishga o’tishi jamiyatda erkaklar roli osha borishiga olib kelgan.
Matriarxat (ona urug’i hukmronligi) dan patriarxat (ota urug’i hukmronligi) ga o’tilishi va bu asosda vujudga kelgan yangi ijtimoiy munosabatlar diniy tasavvurlarda ham o’z aksini topgan. Natijada erkak xudolar haqidagi tasavvurlar birinchi o’ringa chiqqan. Urf-odat va marosimlarni uyushtirish va bajarish ham erkaklarning ishi bo’lib qolgan. SHu tariqa ajdodlarga, urug’, qabila boshliklariga sig’inish kuchaya borgan. Diniy mifologiyadagi ota xudo qabilga hayoti va faoliyatida eng qudratli homiy hisoblangan.
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilgan va sinfiy tabaqalanish boshlangan davrda xudolar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi ular bilan bog’liq bo’lgan urf-odat va marosimlarda ham muayyan o’zgarishlar bo’lishiga olib kelgan. Dehqonchilik bilan shugullanadigan qadimiy xalklarda xalok bo’lib, qayta jonlanadigan mavjudot xudolariga sig’inish, yer, suv, samoviy jismlarni ilohiylashtirish, shular bilan bog’liq bo’lgan qurbonlik kilish marosimlari paydo bo’lgan.
Ammo ibtidoiy jamoa tuzumi davrida din jiddiy o’zgarishlarga uchragan bo’lsa ham, muayyan bir tizimga aylana olmagan. Urug’-qabila dinlariga xos diniy ibodat-marosimlar Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniyada yashovchi bir kdncha xalqlarda hozirgacha mavjudtsir. SHuningdek bu din shakllarining elementlari hozirgi zamon milliy va jahon dinlarida ham uchraydi.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish