Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet70/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Islom ta’limoti. Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda bayon etilgan. Islomning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me’yorlari, cheklash va taqiqlari Qur’on bilan birga uning tafsirlarida, hadis to`plamlari va shariat qo`llanmalarida, islohiyot adabiyotlarida o`z ifodasini topgan.
Islom dinining asosiy aqidasi “Ollohdan boshqa hech bir iloh – yo`q Muhammad Ollohning eslchisidir”.
Qur’on tilida esa: “La Ilaha Illallohu Muhammadur Rasulluloh”. Bu kalimai tavhid deyiladi. “Guvohlik beramanki, bir Ollohdan boshqa iloh yo`q va yana guvohlik beramanki, Muhammad Ollohning bandasi va rasuli(elichisi) dir”. Qur’on tilida “Ashhadu anna ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh”. Bu Kalimai shahodat deyiladi.
Islom diniga kirish, musulmon bo`lish uchun yuqoridagai ikki iymon kalimasini tili bilan aytmoq va qalban, chin dildan ishonib tasdiqlash lozim. Buni iymon keltirish deb yuritiladi.
Bu ikki kalimani keltirish iymonning ilk bosqichidir. Iymonning yana qolgan olti bosqichi-sharti bo`lib, musulmon kishi yana shularga ishonmog‘i va ularga amal qilib yashamog‘i ham shart hisoblanadi.
Sunniylikda iymon talabalari 7 tadir. Bular:

  1. Ollohning yakkay-u- yagonaligiga ishonish, faqat ungagina sig‘inish, e’tiqod va ibodat qilish.

  2. Ollohning farishtalariga ishonish.

  3. Ollohning barcha ilohiy, muqaddas kitoblariga ishonish.

  4. Ollohning barcha payg‘ambarlariga ishonish

  5. Taqdirga, uning ilohiyligiga ishonish .

  6. Ohiratga, qiyomat qoyim bo`lishiga ishonish.

  7. Qayta tirilishga ishonish.

Ana shu yetti shart , e’tiqod talablari – iymonning to`liq asosi, ustuni sanaladi. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir kishi tili bilan – “Iymon keltirdim Ollohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, taqdiriga, qiyomat kuniga va o`lgandan keyin qayta tirilishga” , deb aytmog‘i va bunga dili bilan ishonmog‘i lozim. Endi shular haqida qisqa to`xtab o`tamiz. Olloh- dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va beradigan barcha voqea va hodisalar Olloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo`ladi. Ollohni hech kim bor qilgan emas u o`zidan o`zi bordir. Olloh birdir. Yakkadir,yolg‘izdir. U biluvchidir , u bilmaydigan biror bir ish yo`q. U har ishga qodirdir, hamma narsani ko`ruvchi va eshituvchidir. Olloh bildiruvchi, tarbiya qiluvchidir. Ollohda hech qanday nuqson va kamchilik yo`qdir. U hamma yerda hozir. Olloh yemaydi, ichmaydi, kasal bo`lmaydi.
Har bir musulmondan Ollohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab etiladi.
Farishtalar- Ollohning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko`ziga ko`rinmaydigan bandalaridir. Ular Ollohning buyurgan ishlarini bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug‘ish,tug‘dirish, yeyish-ichish, uxlash kabi hususiyatlar yo`q. Farishtalarning eng mashhurlari-Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroildir.
Payg‘ambarlar Olloh tomonidan bandalariga din hukmlarini o`rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, to`g‘ri , itoatli bo`lib odam bolalaridan chiqadilar. Ular Olloh tomonidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga yetkazadilar, ularni haq dinga, yaxshi ishlarga va’z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur’oni karimda 25 payg‘ambarni ismi keltirilgan. Payg‘ambarlar 2 hilga bo`linadilar: 1. Rasullar; 2. Nabiylar.
Olloh tomonidan o`zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasul deb ataladilar. Barcha payg‘ambarlardan 8 nafari: Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Iso va Muhammad rasul payg‘ambarlardir.
O`zlariga mahsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg‘ambarlar nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bo`lolmaydi. Rasullarning har biri ayni paytda nabiy ham hisoblanadilar.
Muqaddas kitoblar – har bir zamonning o`ziga yarasha din va muomala hukmlarini bayon etib, o`sha zamonning payg‘ambarlariga vahiy qilib yuborilgan kitoblardir. Olloh o`z payg‘ambarlariga 100 sahifa – Odam , Shis, Idris, Ibrohimga; 4 kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborgan.
Ohirat – narigi dunyo, o`lgan bandalarning Olloh qudrati bilan tirilishi va Olloh tayin qilgan yerga yig‘ilish kuni. Yig‘iladigan joyning nomi “Mashhur yeri”, kuni esa “Qiyomat kuni” deb ataladi. Bu kuni bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshi, savob yoki gunoh ishlariga yarasha hukm chaqiriladi.
Taqdir – Olloh tomonidan har bir bo`lgan va bo`ladigan ishlarning bo`lmog‘ini azaldan, oldindan tayin belgilab qo`yilishidir. Buni bizda peshonasiga yozilgan ham deyiladi.
Islom dinida “Islom arkonlari” degan tushuncha ham mavjud. U quyidagi besh asosdan, ustundan iborat : 1. Iymon; 2. Namoz; 3. Ro`za; 4. Zakot; 5. Haj. Yuqoridagilar har bir musulmon uchun farz qilib belgilangan. Bulardan tashhari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlari ham mavjud.
Islom dini bayramlariga – Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, mavlud va boshqalar kiradi.
Iymon – yuqorida aytilgan Ollohdan o`zga iloh yo`qligiga va Muhammad uning bandasi va rasuli ekanligiga ishonmoq va e’tiqod qilmoqlikdir.
Namoz – kuniga 5 mahal o`qilib, kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning muhim vositasidir. Namozlar - farz, sunnat, vojib kabilarga bo`linadi.
Ro`za – kun chiqishdan to kun botishga qadar yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlikdir. Ro`za har bir sog‘lom musulmon uchun farz ibodati sanaladi. U hijratning ikkinchi yili Madinada farz qilingan.
Zakot – mol-mulki shariat belgilagan miqdorga yetganda yilda bir marotaba ulardan qirqdan birini, y’ani 2.5 foizini beva-bechoralarga, miskinklarga, ilm toliblariga va boshqa muhtojlarga berilishi shart bo`lgan Ollohning haqi.
Haj – ham jismoniy, ham ma’naviy, ham moddiy ibodat. Haj – kabatullohni tavof qilmoq, Safo va Marva tog‘lari orasida yugurmoq, Arofat tog‘ida bo`lmoq va zarur marosimlarni ado etmoq uchun Makka shahriga ziyoratga bormoqlikdir.
Hajning shartlari quyidagilar;

  1. Islom dinida bo`lish;

  2. Balog‘atga yetgan bo`lish;

  3. O`qil bo`lish

  4. Ozod bo`lish

  5. Qodir bo`lish

Islomning ana shu besh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz qilingan. Yuqorida bayon qilinganlar Islom ta’limotining asosini tashkil etadi.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish