«Sanoat iqtisodiyoti» fanning predmeti va boshqa fanlar bilan
bog‘liqligi
Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning
samaradorligini, natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy
iqtisodiy qonunlarini bilish, xo‘jalikka rahbarlik qilishning ilmiy
asoslarini chuqur egallash zarur.
Iqtisodiyot sohasida ro‘y berayotgan barcha voqeliklardan xabardor bo‘lish,
ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy muammolarni
oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida
turgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan
qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga
iqtisodiy fanlar tizimi o‘rgatadi (1-chizma). Bu fanning muhim muammolarini o‘rganishda xalq xo‘jaligida texnika va
texnologiya taraqqiyotining yo‘llarini belgilab beradigan fanlarning
xulosalaridan ham keng foydalanish g‘oyat zarurdir.
Shunday kilib, «Sanoat iqtisodiyoti» fanining predmeti deganda
jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy koidalarining shu
soxada namoyon bo‘lish shakllarini, sanoat maxsuloti ishlab chiqarish
jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida
eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar va
omillarni o‘rganish tushuniladi.
13-14-seminar mashg‘ulot. (4 soat)
SANOAT – MILLIY IQTISODIYOTNING YETAKCHI TARMOG’I
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. А. Ортиқов. «Саноат иқтисодиёти» (Дарслик). — Т.: ТДИУ, 2009, 320 б.
2. https://mineconomy.uz/uz/node/1234
Ishning mazmuni:
Shunday qilib, O‘zbekiston iqtisodiyotini jahonning tez rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyoti darajasiga ko‘tarishdek maqsadni oldiga qo‘ygan davlatimiz rahbari bosqichma-bosqich islohotlar o‘tkazishning besh tamoyiliga asoslangan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos modelini ishlab chiqdi. Ma'lumki, yosh mustaqil respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha tanlangan ushbu model bugun jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e'tirof etildi hamda “o‘zbek modeli” deya nom oldi.
Ko‘zda tutilgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy o‘sishning barqarorligi va mutanosibligi ta'minlandi. Keyingi o‘n yil davomida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining yillik o‘sish darajasi 8 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Umuman, mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli 6 baravar, aholining real daromadlari qariyb 9 baravar o‘sdi.
Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda esa, u 6,9 ming AQSH dollarigacha ortdi hamda O‘zbekistonning o‘rtacha darajali daromadga ega mamlakatlar qatoriga kirishiga imkon berdi.
O‘tish davrining murakkab sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari – neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar tufayli uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus ishlab chiqaruvchi “Isuzu” (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “MAN” (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Natijada O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi: iqtisodiy o‘sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi bosqichma-bosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga ko‘tarildi. Bunday o‘zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir.
O‘zbekistonning sanoati diversifikatsiya qilinishi natijasida uning eksport tuzilmasi ham o‘zgarib bormoqda. Agar o‘tgan asrning 90-yillari boshida mamlakatimiz eksporti, asosan, paxtadan iborat bo‘lgan va uning ulushi eksport umumiy hajmining 60 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi paytda chetga chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizi qishloq xo‘jaligi texnikasi, zamonaviy qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik buyumlari hamda poyabzal, kabel-o‘tkazgichlar singari qayta ishlashga asoslangan tarmoqlarning mahsulotlaridir.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‘rin egallaydi. Dastlab mahalliylashtirish dasturi 2000 yiliyoq qabul qilingan edi. O‘shandan buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSH dollarilik mahsulot importining o‘rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish butunlay to‘xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish 2 baravardan ziyod kamaydi.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ham har yili o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi hamda Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirishning shartnomaviy tizimini hamda undagi yengilliklar tartibini yaratishga olib keldi. Masalan, o‘tgan yilgi yarmarkada joriy yil davomida umumiy qiymati 1,9 trillion so‘mga teng bo‘lgan mahsulotni sotish bo‘yicha 13,3 mingdan ziyod yoki undan avvalgi yarmarkaning ko‘rsatkichlariga nisbatan 38 foizdan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 2,1 trillion so‘mligi ilgari import qilingan mahsulotlarga tegishlidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu joriy yilda sanoat tarmoqlarini asosiy ishlab chiqarish uchun import qilishni 637,5 million AQSH dollariga qisqartirishni ta'minlaydi.
Agar mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda asosiy maqsadlar qisqa muddatli istiqbolga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlari, makroiqtisodiy barqarorlik va faol tuzilmaviy yangilanishlar tufayli ustuvor vazifalarni o‘rta hamda uzoq muddatlarga belgilab olish va amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Bugungi kunda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi mavjud xom ashyo zaxiralarini qayta ishlashning davomli zanjirini shakllantirishda afzalliklarga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘shimcha qiymatli mahsulotni ko‘paytirishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal taraqqiy ettirish uchun tejamkor hamda innovatsion omillarni kuchaytirish hisobiga raqobatdosh, barqaror, tuzilmaviy jihatdan mutanosib iqtisodiyotni yaratishdan iboratdir.
Ana shu yo‘nalishda keyingi yillarda mamlakatimiz sanoatida elektrotexnika jihozlari, polietilen, polipropilen, mashinasozlik va boshqa sohalar uchun ehtiyot qismlar hamda butlovchi buyumlar, maishiy elektrotexnika jihozlari – kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, konditsionerlar, changyutkichlar, yana bir qator yuqori texnologiyali mahsulot turlarini tayyorlash o‘zlashtirildi. Natijada bugungi kunga kelib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 60 foizdan ziyodi mustaqillik yillarida butunlay yangidan tashkil qilingan tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada isloh etish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda diversifikatsiyalash bo‘yicha 2020 yilgacha mo‘ljallangan kompleks strategik dastur qabul qilingan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq sakkizta kompleks dasturni birlashtirgan: xususiy mulkni ishonchli muhofaza etish, iqtisodiyotda uning ulushi va ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya iste'moli hajmini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ta'minlash.
Shubhasiz, bunday faol sanoat hamda investitsiyaviy siyosat mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha doimiy ish olib borish orqali amalga oshiriladi.
Jahon bankining “Biznes yuritish” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillarda biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratgan islohotchi davlatlar o‘ntaligiga kiritildi. Jahon banki ekspertlarining e'tiroficha, O‘zbekistonda biznesni boshlash uchun sarflanadigan vaqt Yaponiyadagiga qaraganda 1,5 baravar, Germaniyadagiga nisbatan 1,6 baravar, Gretsiya va Isroildagiga qaraganda 2 baravar, Ispaniyadagiga nisbatan 2,2 baravar, Xitoydagiga qaraganda 4,8 baravar kamdir. Kichik biznesga soliq yukining darajasi esa bizning yurtimizda AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Belarus hamda boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha past.
O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti xorijiy tadbirkorlar va sarmoyalarni jalb etib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxona fao-liyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida har yili o‘zlashtirilayotgan kapital qo‘yilmalarning 20 foizini xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar tashkil qiladi. Yirik xorijiy hamkorlarimiz sirasiga “Boing”, “Honeywell”, “Airbus”, “MAN”, “Klaas”, “Knauf”, “Lemken”, “Nestle”, “Teknip”, ABB, “Maksam”, “Isuzu”, “Itochu”, “Mitsubishi”, “General motors”, “Hitachi”, “Marubeni”, “Hyundai”, “Samsung”, “El-Gi”, “Lotte chemical”, “Huawei”, ZTE, “CNPC”, “Citic” singari ko‘pdan-ko‘p kompaniyalarni kiritish mumkin.
2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash bo‘yicha dasturi (Ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlar, modernizatsiya va diversifikatsiyani ta'minlash bo‘yicha 2015 - 2019 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi) umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 846 ta yangidan boshlanadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Shu jumladan, 25 milliard dollarlik 70 ta loyiha neft-gaz kimyosi hamda kimyo sanoatiga, 9 milliard dollarlik 30 dan ortiq loyiha elektr energetikaga, 1 milliard dollarlik 150 ta loyiha to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatiga, 410 million dollarlik 300 dan ziyod loyiha oziq-ovqat sanoatiga, 270 million dollarlik 40 ga yaqin loyiha elektr texnika sanoatiga tegishli. Yana sanoatning turli tarmoqlarida boshqa bir qator loyihalarni hayotga tatbiq qilish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ular xom ashyo zaxiralarini 3-4 bosqichda chuqur qayta ishlashga qaratilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish asosida tegishli tarmoqlarni jadal taraqqiy toptirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, yurtimizda ishlab chiqarishni chuqur diversifikatsiya qilish orqali neft-kimyo va kimyo sanoati mahsulotini 3 baravardan ortiqqa ko‘paytirish, murakkab polimerlar, olefinlar, sintetik kauchuk, sun'iy tola, xushbo‘y uglevodorodlar hamda boshqa turdagi yuqori texnologiyali mahsulotlar, murakkab mineral o‘g‘itlar, shuningdek, ko‘plab sohalarda talab etiladigan kimyo mahsulotlarining keng assortimentini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun zarur barcha imkoniyat mavjud.
Mashinasozlik hamda elektr texnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini 3,7 baravar, farmatsevtika mahsulotlarini qariyb 10 baravar, oziq-ovqat sanoatini 5 baravar, qurilish materiallari sanoatini 4 baravar ko‘paytirish uchun real sharoitlarga egamiz.
Ushbu dasturlarni amalga oshirish qator investitsiyaviy loyihalarni hayotga tatbiq qilishda xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi.
Albatta, milliy iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishga turtki beruvchi sanoat tarmoqlarini yanada takomillashtirish masalalari bundan keyin ham diqqat-e'tiborda bo‘lishi tabiiy. Zero, bu – davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, 2030 yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda tarkibiy o‘zgartishlar hisobiga sanoatni jadal sur'atlar bilan rivojlantirib, uning YAIMdagi ulushini 40 foizgacha yetkazishdek ustuvor maqsadga erishishda eng muhim omillardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |