Favqulotda holat davlat kommitetti (GKCHHP)
Dunyoda hammadan zo‘r ekanini da'vo qilib paydo bo‘lgan SSSR parchalanib, Yer yuzidan yo‘qolib ketganiga 28 yil bo‘ldi. Yurtimizning ulug‘ bayrami mustaqillik arafasida bu baxtga qanday erishganimiz haqida ko‘rsatuvlar beriladi, materiallar e'lon qilinadi. Ularning barchasida bitta so‘zga tez-tez guvoh bo‘lishimiz mumkin: GKChP, ya'ni «Gosudarstvennyy komitet po chrezvychaynomu polojyeniyu». Bu abbreviaturani faqat ma'noli tarjima qilib, «Favqulotda vaziyatlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi» kabi talqin qilish mumkin, ammo uning mashhur qisqartmasini aslicha aytgan o‘rinli. Xo‘sh, GKChP nima edi va u qanday barbod bo‘lgandi?
SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti. Gorbachyovning maqsadi nima edi: hurlik nafasini olib kirishmi yoki imperiyani parchalash?
Hali bahorda Mixail Gorbachyov va Gennadiy Yanayev mavzoley tribunasida yonma-yon turardi...
GKChP haqida gapirganda beixtiyor sobiq ittifoqning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Sergeyevich Gorbachyov nomi tilga keladi. Chunki bu tashkilot aynan sobiq ittifoq tarixidagi eng g‘alati rahbarlardan biri hisoblangan Gorbachyov davrida tuzilgandi. 1985 yil kompartiya raisligiga kelgan Mixail Sergeyevich ko‘p o‘tmay «qayta qurish» nomi ostida islohotlarni boshlaydi. Uzoq vaqt biqiqlikda ishlagan matbuot erkinlasha boshlaydi. Gorbachyov vaqtida so‘z erkinligi aql bovar qilmas darajaga yetadi. Diniy to‘siqlar ham asta-sekin olib tashlanadi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida yoppasiga masjidlar ochiladi. An'analarni cheklash ham bas qilinadi. Cheklovlarning kamayishi esa ittifoq tarkibidagi respublikalarda mustaqillik harakatlari jonlanishiga olib keladi.
1990 yilga kelib barcha mamlakatlar mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilib bo‘lgandi. Chunki Gorbachyov mamlakatlar xohlagan vaqtida mustaqil bo‘lishi mumkinligi haqidagi g‘oyani olg‘a suradi. 1990 yilga kelib Boltiqbo‘yi mamlakatlari Latviya, Litva hamda Estoniya o‘zini SSSRdan mustaqil davlat deb e'lon qilishi barchasini yanada tezlashtirib yuboradi. Mixail Sergeyevichning bu «demokratik» siyosati esa SSSR rahbariyatidagi boshqa oriylarga yoqmaydi. Chunki ittifoq tepasida asosan Rossiya qolgan ittifoqdoshlarning «katta og‘asi» degan g‘oya tarafdorlari o‘tirishgandi. Bu oriylar chizgan chizig‘idan chiqmaydigan 14ta mustamlakani qo‘ldan chiqarishni xohlashmasdi axir.
1991 yilning avgustiga kelib vaziyat juda murakkablashib ketadi. «Siyosiy elita» qarasa Gorbachyov mamlakatni qo‘ldan chiqarib yuboryapti. Oqibatda ular ancha vaqtdan buyon tashkillashtirib yurgan ishlarini amalga oshirishadi. Qaytib kelganidan so‘ng barcha mamlakatlardan SSSRni mustaqil davlatlar kengashiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifning imzolanishini kutajagini aytib, ta'tilga chiqqan Gorbachyov 4 avgust kuni Qrimga dam olishga ketadi. U Moskvaga qaytganida endi SSSR rahbari emasdi...
SSSR vitse-prezidenti Gennadiy Yanayev hamda KGB raisi Vladimir Kryuchkov rahbarligidagi guruh Gorbachyov ta'tilda ekanidan foydalanib mamlakatda GKChP, favqulodda holat e'lon qilishadi. «Birinchi kanal»da o‘qib eshittirilgan bayonotda GKChP Mixail Gorbachyov salomatligi yomonlashgani sabab o‘z vazifasini bajara olmasligini, shu uchun mamlakatni 6 oy davomida 8 kishidan iborat kengash boshqarishi, yarim yildan so‘ng saylovlar o‘tkazilishini ma'lum qiladi.
Mashhur boshlovchi Vera Shebako o‘qib eshittirgan bayonotda xususan shunday deyiladi: «Salomatligi yomonlashgani bois mamlakatni boshqarish layoqatini yo‘qotgan SSSR prezidenti Mixail Sergeyevich Gorbachyovning vakolati mamlakat konstitutsiyasining 127-moddasi 7-bandiga ko‘ra, SSSR vitse-prezidenti Yanayev Gennadiy Ivanovichga o‘tadi. Mamlakat fuqarolari xavfsizligiga daxl solayotgan xaos va chuqur siyosiy inqirozdan chiqib ketish maqsadida SSSRni saqlab qolish to‘g‘risidagi referendum natijalariga ko‘ra (1991 yil mart oyida referendum o‘tkaziladi va unda 77,85 foiz fuqarolar SSSRni saqlab qolishni yoqlab ovoz beradi) SSSRni saqlab qolishni hayot-mamot masalasi deb bilamiz va quyidagilarni
MA'LUM QILAMIZ:
1. SSSR Konstitutsiyasining 127-moddasi 3-bandiga ko‘ra mamlakatda Moskva vaqti bilan 19 avgustdan boshlab 6 oy muddatga favqulodda holat e'lon qilinadi.
2. Mamlakatning barcha hududlarida SSSR Konstitutsiyasi hamda SSSR qonunlari shubhasiz hukmronlik qiladi.
3. Mamlakatni boshqarish va krizis holatidan bezarar chiqib ketish uchun favqulodda holatlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (GKChP) tuzildi va uning a'zolari quyidagilar:
* Oleg Baklanov – SSSR harbiy kengashining birinchi o‘rinbosari;
* Vladimir Kryuchkov – SSSR KGB raisi;
* Valentin Pavlov – SSSR bosh vaziri;
* Boris Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri;
* Vasiliy Staradubsov – SSSR dehqonlar kengashi raisi;
* Aleksandr Tizyakov – Davlat ishlab chiqarish, qurilish, transport va aloqa assotsiatsiyasi raisi;
* Dmitriy Yazov – SSSR mudofaa vaziri;
* Gennadiy Yanayev – SSSR prezidenti vazifasini bajaruvchi;
4. GKChP qarorlari SSSR hududidagi barcha shaxslar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |