- O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYaT INSTITUTINING MADANIYAT VA SAN’AT
- MUASSASALARINI TASHKIL ETISH HAMDA BOSHQARISH MAQSADLI SIRTQI TA’LIM BO‘LIMI
- 205-GURUH TALABASI
- KAMOLOV JAMOLIDDINNING“
- O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI, FUQAROLIK JAMIYATI”
- FANIDAN TAYYORLAGAN
- TAQDIMOTI
-
Ijtimoiy soxadagi isloxotlarni chuqurlashtirish Reja: - Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish
- Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
- YOSHlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
- Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq
- 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Resnublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.
- Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab:
- barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqs shaklda beriladi;
- 58 ta tog‘li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda nakd shaklda amalga oshiriladi;
- oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.
- Bundan tashqari, hududlarda shakllangan ish haqini nakd shaklda hamda plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashda odamlar o‘z ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va o‘zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud to‘lov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi.
- Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan.
- Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti.
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |