Ijtimoiy sohadagi islohatlar


Ijtimoiy sohadagi qayta oʻzgartirishlar



Download 48,9 Kb.
bet3/7
Sana07.01.2022
Hajmi48,9 Kb.
#329323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHATLAR

Ijtimoiy sohadagi qayta oʻzgartirishlar diqqat-eʼtibor markazida turibdi. Ayniqsa, qishloq joylarda va chekka hududlarda aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, kompleks infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosi taʼminlanmoqda. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar respublika aholisi turli toifalarining moddiy farovonligi, hayot darajasi va sifati oshishiga muayyan darajada koʻmaklashdi. Shu bilan birga, mamlakatni yanada jadal rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining amaldagi yondashuvlari va ish usullarini qayta koʻrib chiqish zarurligini, uning faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi va innovatsion usullarini joriy etishni, davlat siyosati amalga oshirilishi va biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga erishish uchun idoralar rahbarlarining mustaqilligini oshirishni taqozo etadi. Hukumatning tashkiliy-shtat tuzilmasini tubdan qayta koʻrib chiqish, hujjatlar ekspertizasi tartibotlarini jiddiy ravishda soddalashtirish, qarorlar qabul qilishning tezkorligini taʼminlash, chet elda keng qoʻllaniladigan aniq koʻrsatkichlarga erishishga va maqsadli indikatorlarga asoslangan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari faoliyatini baholash tizimini joriy etish talab etiladi.

Hukumat ishini tashkil etishni tubdan takomillashtirish, ijro etuvchi hokimiyat organlarining zamonaviy talablarga javob beradigan sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining shaxsan eʼtibori mavjud kamchiliklarning qatʼiyatlik bilan bartaraf etilishi zarurligiga, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsip oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirilishiga qaratilsin.

2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi/Hukumat) faoliyatini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin: yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali ijro etilishida Hukumat aʼzolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish; idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida mustaqilligini oshirish; aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlash; hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish; davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki tartibi va darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, “xufiyona iqtisodiyot”ning oldini olish, pasaytirish va tizimli qarshi kurashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

komplekslar, Bosh vazir oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasining apparati, eng avvalo, uning asosiy boʻgʻini — axborot-tahlil departamentlari tuzilmasini takomillashtirish va ixchamlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi sifatini yaxshilash, ijro intizomi darajasini oshirish, koʻp sonli yigʻilishlar, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlari amaliyotiga chek qoʻyish; ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini ixchamlashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish.

3. 2019 yil 1 apreldan boshlab



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanishi; barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlarga erishishga va maqsadli indikatorlarga, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligiga asoslangan holda baholash; aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish tartibi joriy etilsin.

Belgilansinki, 2019 yil 1 apreldan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish va maʼqullash jarayonida ular Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejalarini taqdim etadilar;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan Davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

4. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov quyidagi tartib va mexanizmlarga doir aniq takliflarni puxta ishlab chiqsin va 2019 yil 1 martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlarini, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislarini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanganidan keyin tayinlash;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga Davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etish;

barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlarga erishishga va maqsadli indikatorlarga, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligiga asoslangan holda baholash.

5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining aʼzolari hisoblanadilar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish doirasida davlat boshqaruvining 93 ta organi isloh qilinganligi, shu jumladan, 77 ta vazirlik va idora qayta tashkil etilganligi, 7 tasi tugatilganligi, 9 tasi yangidan tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi A. N. Aripov quyidagilarga alohida eʼtibor bergan holda, 2019 yil 1 mayga qadar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar hamda xoʻjalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin: vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularning vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini va vakolatli shaxslar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda hokimliklarning javobgarligi sohalarini belgilash va aniq chegaralash, muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik jarayonlarini taʼminlash; davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini, shu jumladan, “raqamli iqtisodiyot” tamoyilini, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish; davlat boshqaruvi organlari, joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlari va biznesning oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish, ushbu yoʻnalishda davlat-xususiy sheriklik asoslarini faol joriy etish va ilgʻor xorijiy tajribadan foydalanish; professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, byurokratiya, qogʻozbozlik va koʻp sonli yigʻilishlarga chek qoʻyishning amaliy mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, suiisteʼmolchilik faktlariga va boshqa salbiy holatlarga qarshi kurashish.

7. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda:

a) yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini kiritsin, shu jumladan, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

Hukumatning vakolatlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini aniq tartibga solish va iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investitsiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, taʼlim, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarda hamda joriy vaziyatni kompleks tahlil qilish asosida tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatda chuqur va tarkibiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishi va yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda ularni strategik rivojlantirish modellari ishlab chiqilishi uchun uning masʼuliyatini oshirish;

Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining vakolatlarini va ularning javobgarligini belgilash; Hukumatning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qilish va harbiylashtirilgan tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalar bilan oʻzaro hamkorligi masalalari;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini oʻtkazish, ularning yakunlari boʻyicha qarorlar qabul qilish reglamenti, shuningdek, majlislarni oʻtkazish davomida koʻrib chiqiladigan aniq masalalar roʻyxatini belgilash;

Hukumat aʼzolarini va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash masalalari;

b) “Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini kiritsin, shu jumladan, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishni nazarda tutuvchi yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan kompleks dasturlarni (keyingi oʻrinlarda — rivojlantirish kompleks dasturlari) ishlab chiqish mexanizmlari va tartibi; rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ishtiroki va oʻzaro hamkorligi, ularni tahlil qilish, monitoringini olib borish va pirovard ijrosini tashkil etish; qabul qilingan rivojlanishning kompleks dasturlari har yili qayta koʻrib chiqilishini, keyinchalik ularga global va mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarishi hisobga olingan holda tuzatishlar kiritilishini nazarda tutuvchi mazkur dasturlarni tahlil qilishning samarali mexanizmini joriy etish;

v) quyidagilarni:

davlat boshqaruvi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimini yanada ixchamlashtirishni; xususiy sektorga berilayotgan davlat organlari funksiyalarining aniq roʻyxatini tasdiqlash, bunda ushbu sohada ishlarning holatini puxta xatlovdan oʻtkazgan holda hamda berilayotgan funksiyalarning lozim darajada bajarilishi ustidan davlat nazorati mexanizmlarini joriy etishni; iqtisodiy jarayonlarda davlatning ishtirokini tubdan qisqartirishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin;

g) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini xalqaro standartlar va normalarga muvofiq mehnatga haq toʻlash miqdorlarini mehnat natijalari, bajariladigan mehnat funksiyalarining murakkabligi va javobgarligi bilan chambarchas bogʻliq holda takomillashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida bayon qilingan topshiriqlarning samarali ijro etilishini taʼminlash yuzasidan yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishini nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini amalga oshirishda quyidagi ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratsinlar:




Download 48,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish