Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet440/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Zamonaviy san’at turlari. 

Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san’at 

turlari  insonning  har  qanday  qulay  sharoitdan  yangi  san’at  turi  yoki  asarlarini  yaratish  uchun 

foydalanishini ko‘rsatadi, insondagi  san’atga bo‘lgan azaliy va abadiy intilishidan dalolat beradi. 

Bir paytlar, o‘ta ratsional, san’at bilan sig‘ishmaydigan, qo‘pol deb hisoblangan texnikadan hozirgi 

paytda  inson  ildizi  noratsionallikka  borib  taqaladigan  badiiy  qiyofa  yaratish  uchun 

foydalanmoqda.  SHuning  natijasi  o‘laroq,  keyingi  bir  yarim  asr  ichida  bir  necha  zamonaviy 

(texnikaviy) san’at turlari paydo bo‘ldi va rivojlandi.   



Fotosan’at.

 

XIX    asrning  20-30-yillarida  fransuzlar  J.Nens,  L.Dager,  ingliz  U.Tolbot 

tomonidan shahar manzaralari, mevalarning rassomlik san’atidagi ko‘rinishlarini  optika va kimyo 

yordamida suratga ko‘chirish amalga oshiriladi. Uni dastlab «fotogeniya», «fotogenik san’at» deb, 

keyinroq  esa,  uni  rassomlik  san’atidagi  rangtasvir  va  grafikaga  yaqinligi  nazarda  tutib, 

«fotografiya»  degan  nom  bilan  atashdi.  Muhimi  shundaki,  suratga  tushirishni  badiylashtirish, 

fototexnika asosida san’at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni bitdi, 

degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.  

Badiiy suratkashlikning, ya’ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi – bu 

uning hujjatlilik xususiyati, undagi  har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi 

tanlagan syujet tasvirida tasavvur va  xayolotga keng o‘rin  beradi,  fotosan’atkorda bu imkoniyat 

yo‘q, u tasvir ob’ektini real, hayotdagi holatida qanday bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u 

ob’ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni saqlab qoladigan nuqtadan 

turib ijod qilishi, ba’zan ob’ektning ishiga aralashishi, uni muayyan ruhiy yoki manzaraviy holatga 

kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi  imkoniga ega 

emas. SHu bois biz fotosan’atda eng yuksak darajadagi  jonlilikni ko‘ramiz, tom ma’nodagi real 

borliqning qo‘shig‘ini tinglaymiz.   

Fotosan’atda  montaj  katta  ahamiyatga  ega.  Montaj  orqali  badiiy  qiyofa  yaratish  imkoni 

nihoyatda keng. Fan va texnikaning ravnaqi tufayli u «mo‘‘jizaviy» darajaga ko‘tarildi.   

Kino.

  E

ng  miqyosli  zamonaviy  san’at  turi  hisoblanadi.  Bugungi  kunda  u  hamma  erda 

«hoziru  nozir».  Uni  kinoteatrlarda  jamoaviy,  televidenie  va  videomagnitafon  orqali  esa  oilaviy 

yoki  individual  tomosha  qilish  mumkin.  Hozirgi  paytda  kino  o‘zining  dastlabki  «harakatdagi 

fotografiya»  holatidan  shu  qadar  uzoqlashib  ketganki,  endi  uning  ovozsiz  davridagi  montaj 

dramaturgiyasiga  suyanib  qolgan  san’at  sifatida  tasavvur  ham  qilish  qiyin.  Hozir  aktyorlar 

yaratgan,  murakkab  psixologizmga  asoslangan  badiiy  qiyofalar,  adabiy  ssenariy  zaminida 

ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko‘pchiziqli syujet birinchi o‘rinda 

turadi. Kinoda teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat 

va  yana  harakat  (bunda  fikriy  harakat  ham  nazardan  qochirilmasligi  lozim)  asarning  moyasini 

tashkil  etadi.  Biroq  kino,  teatrdan  farqli  ravishda,  kadrlar  orqali  zamondan-zamonga  «sakrab» 

o‘tish  imkoniga  ega,  biroq  bu  «sakrash»,  agar  film  rejissurasi  puxta  bo‘lsa,  tomoshabinga 





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish