Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI  

   


252  

  

o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini 



istasa,  inson  ham  o‘z  ijodi  mahsulining  o‘ziga  o‘xshash  bo‘lishini  xohlaydi.  Texnika  inson 

ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga 

qarab o‘zgarib boradi.   

SHuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  so‘nggi  ikki  asr  mobaynida,  ayniqsa,  XX  asrda  inson 

tafakkuri,  uning  jisman  va  axloqan  taraqqiyotidan  ilgarilab  ketdi.  CHunki  tafakkur,  vujud  va 

axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan tafakkur tinimsiz 

ravishda  yangi,  o‘zidan  yuksakroq  narsaga  aylanadigan  tafakkurni  taqozo  etadi,  u  esa,  o‘z 

navbatida  yana  yangi  narsani  yaratadi  va  shu  tarzda  tafakkur  olg‘a  qarab  boraveradi.  Bu,  biz, 

odatda, hisobga olmaydigan qonuniyat. CHunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy 

jarayonlarni  o‘zgartirishi  hozircha  noma’lum,  vaholanki  u  biologik  hodisa  emas.  «Tafakkur 

energiya shakli emas,  –  deydi akademik V.I.Vernadskiy.  –  Qanday qilib u  moddiy  jarayonlarni 

o‘zgartira  oladi?  Bu  savolga  ilm  hozircha  javob  topgan  emas»

58

.  Nima  bo‘lganda  ham, 



tafakkurning  ravnaqqa  qarab  taraqqiy  qilib  borishi  isbot  talab  qilmaydigan  haqiqat.  Ana  shu 

ravnaqning  sur’ati  biz  yaratgan  texnika  vositalarini  tezkorlik  bilan  o‘zgarib,  qulaylashib, 

go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish 

dizaynning roli katta.  

Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida «xunuk buyum yaxshi 

sotilmaydi» degan  iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga kirib keldi. Gap 

shundaki,  inson  bilan  texnikaning  eskicha  shaklidagi  o‘zaro  aloqasi  endilikda  yaxshi  samara 

bermay  qo‘ygan  edi.  Unda  inson  texnologik  rejimga  moslashgan  holda,  tezlik,  aniqlik, 

mustahkamlik  kabi  texnologik  mezonlar  asosida  ishlaydigan  ishchi  sifatida  baholanardi.  Bu 

nafaqat  insonparvarlik,  balki  texnikaviy  ravnaq  nuqtai  nazaridan  ham  nomaqbul  edi.  SHu  bois 

texnikani  insoniylashtirish  zaruriyati  tug‘ildi.  Endi  ishchi  yo  xizmatchining  shaxsiy  qiziqishi, 

ijodiylik kasb etgani holda, faqat mehnat natijasi bilan cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning 

mazmuniga  ko‘chib  o‘tishi  lozim  bo‘lib  qoldi.  Bu  –  mehnatning  estetik  tabiat  kasb  etishi  va 

insoniylashuvi demakdir. SHunday qilib, texnikani va ishlab chiqarish muhitini insoniylashtirish 

mehnatni  faqat  zaruriyat  deb  emas,  balki  ehtiyoj  darajasida  tushunishga  olib  keldi;  texnikani 

insoniylashtirish muhitni insonga moslashtirishi barobarida, uni estetik tarzda tashkil etishni ham 

o‘z ichiga oladigan bo‘ldi.  

Dizaynning  zaruriyatga  aylanishi  nafaqat  zamonaviy  ilmiy-texnikaviy  ravnaqqa,  balki 

ommaviy  ishlab  chiqarish  va  umummadaniyat  darajasining  yuksakligiga  ham  bog‘liq.  Bunday 

sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni 

rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. YA’ni, xaridor o‘z 

didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni «boriga baraka» tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, 

balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun 

tovarning  shakli  muhim  ahamiyatga  molik.  Tabiiyki,  birinchi  navbatda  go‘zal  va  ulug‘vor 

ko‘rinishga ega narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. SHunda tovarning umummezonga 

javob  beradigan  estetik  qadriyat  sifatida  qabul  qilinishi  ro‘y  beradi  va  u  ishlab  chiqarishning 

xaridorga, xaridorning esa, ishlab chiqarishga estetik ta’sirini ta’minlaydi.   

SHuni  unutmaslik  lozimki,  har  qanday  konstruksiyachi-injener  dizayner  bo‘lolmaydi. 

Injener-konstruktor,  deylik,  mashinani  loyihalashtirar  ekan,  dastlab  uning  motoridan  tortib, 

kuzovigacha bo‘lgan qismlari loyihasini chizadi va shundan keyingina ularni bir-biri bilan bog‘lab 

yaxlit mashina shakliga keltiradi. Natijada har bir qism alohida «o‘z hayotiga» ega bo‘ladi. YA’ni, 

mashina zamonaviylashtirilganida (modernizatsiya qilinganida) muayyan detallarni so‘nggi loyiha 

asosida,  alohida-alohida  almashtirish  jarayoni  ro‘y  beradi.  Dizaynchi-injener  esa,  mashinani 

go‘zallik va ulug‘vorlik qonuniyatlariga asoslanib, birdaniga muayyan yaxlitlik tarzida tasavvur 

                                                

58

 



Вернадский В.И.

 Начало и вечность жизни. М., «Советская Россия», 1989. С. 185. 

 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish