Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 

JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI

 

 

 



 

110 


 

 

 



bo‘luvchi  madaniy-tarixiy  tiplar  (sivilizatsiyalar)  haqidagi  konsepsiyani  ilgari  surgan. 

Madaniytarixiy  tiplar,  biologik  organizmlar  kabi,  tashqi  muhit  va  bir-biri  bilan  uzluksiz  kurash 

jarayonida bo‘ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. 

Jahon  tarixining  mazmunini,  Danilevskiy  o‘zining  alohida  qonunlariga  binoan  rivojlanuvchi 

xalqlar  madaniy-tarixiy  tiplarining  o‘z-o‘zini  namoyon  etish  xususiyatlarini  aniqlashdan  iborat, 

deb bilgan.Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini  

ta’riflagan: 1) bir tilda yoki o‘xshash tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil 

etadi; 2)  madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi  va rivojlanishi uchun  muayyan siyosiy  mustaqillik 

talab  etiladi;  3)  sivilizatsiyaning  muvaffaqiyatlari  madaniy-tarixiy  tipning  turli  elementlariga 

bog‘liq bo‘ladi; 4) sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish 

davri esa, qisqadir; 5) sivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga 

ta’sir ko‘rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.  

Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvald SHpengler (1880–1936) rivojlantirgan.  

U  ham  ijtimoiy  taraqqiyotning  bir  chiziqli  evropotsentristik  sxemasiga  tanqidiy  yondashgan. 

SHpengler  falsafasida  madaniyat  asosiy  kategoriya  hisoblanadi.  Faylasuf  madaniyat  deganda 

o‘ziga  o‘xshash  boshqa  «organizmlar»dan  ajralib  turadigan  alohida  «organizm»ni  tushungan. 

Bundan  yagona  umuminsoniy  madaniyat  yo‘q  va  bo‘lishi  mumkin  emas  degan  xulosa  kelib 

chiqqan. Shu sababli Shpengler  jahon tarixining  yaxlitligi  va  yagonaligini, unda  «o‘zgarmas  va 

umumiy»  jihatlar  mavjudligini  rad  etgan.  U  insoniyat  tarixida  sakkiz  madaniyat:  Misr,  Hind, 

Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G‘arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler 

fikriga ko‘ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida 

mavjud bo‘ladi, shundan so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo‘ladi. Har bir madaniyat o‘z 

teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. Shpengler tarixning 

mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab etishdan iborat, deb hisoblaydi.  

Lokal  sivilizatsiyalar  nazariyasining  yana  bir  tarafdori,  ingliz  tarixchisi  va  sotsiologi  Arnold 

Toynbi  (1889–1975)dir.  U  Danilevskiy  va  Shpenglerning  tarixning  siklliligi  haqidagi 

fikrmulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o‘ziga xos va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining 

yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab, u, 23 sivilizatsiyani  farqlagan, keyinchalik esa, ularni 13 

tagacha  qisqartirgan).  Toynbi  sivilizatsiyalarga  «evolyusion  tipdagi  faol  tuzilmalar»  sifatida 

yondashib,  har  bir  sivilizatsiyada  tarixiy  mavjudlikning  asosiy  bosqichlari:  vujudga  kelish, 

rivojlanish,  tanazzulga  uchrash  va  zavol  topishni  farqlagan.  Bu  asosiy  bosqichlardan  o‘tgach, 

sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.  

Toynbi,  bu  sivilizatsiyalarda  oldinma-ketin  yuz  beruvchi  ijtimoiy  jarayonlarni  o‘xshash,  deb 

hisoblab, shunga asoslangan holda, yaqin kelajakda, dunyo miqyosida yuz  beradigan voqealarni 

bashorat  qilish  imkonini  beruvchi,  ijtimoiy  rivojlanish  takroriyligining  ayrim  formal  empirik 

qonunlarini  keltirib  chiqarishga  harakat  qilgan.  U  jahon  tarixining  mazmuni  diniy  evolyusiya 

hamda insoniyatning ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan. SHunday 

qilib, sivilizatsion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon hujumkor xususiyati  

«yuqori – quyi» ko‘rsatkichlari bilan emas, balki har bir sivilizatsiya o‘z rivojlanish va o‘z taqdirini 

o‘zi belgilash jarayonida insoniyat filogenetik yo‘lining barcha asosiy bosqichlaridan o‘tishi va 

o‘z tarixi va betakror individualligiga ega bo‘lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida qaralishi bilan 

belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.  

Formatsion  va  sivilizatsion  yondashuvlarni  taqqoslash  quyidagi  xulosalarga  kelish  imkonini 

beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi 

va  asosiy  e’tiborni  uning  dinamikasiga  qaratadi;  sivilizatsion  yondashuv  esa,  jamiyatning  bir 

qismini  (ayrim  sivilizatsiyani)  o‘rganadi,  jamiyatni  esa,  statik,  deb  e’tirof  etadi;  2)  formatsion 

yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv 

asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.  





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish