U ning navqironligi
yuzaga kelishi va tan olinishi rasman 1908 – yil hisoblanib, xuddi ana shu yil ingliz psixologi V. Makdugall “Ijtimoiy psixologiyaga kirish”, amerikalik sotsiolog olim E. Ross esa “Ijtimoiy psixologiya” asarlarini chop ettirgan edilar.
Fan sifatida
Ikkala muallif ham biri psixolog, biri sotsiolog, bo`lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg`unlikda o`rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan.
Hozirgi kungacha ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi va u o`rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjud.
Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi borasidagi qarashlar.
Nemis olimlari G. Gibsh va M. Forverglar fan predmetiga shunday tariff keltiradi: “Odamlar uyushmasi koorparatsiyalar – ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosidir”, ob`ekti – ijtimoiy o`zaro ta`sirdir.
Rus sotsiologlari: G. P. Predvechniy va A. Sherkovenlarning “Sotsial psixologiya” kitobida “Ob`ektiv borliqning, unda ro`y beradigan hodisalarning psixik tomonidan o`ziga xos tarzda in`ikos etilishidir.” deb bayon qilganlar. Ular ko`proq sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar.
A.B. Petrovskiy va V.V. Shpalinskiylar “Jamoaning ijtimoiy psixologiyasi” kitobida “Ijtimoiy psixologiya turli uyushgan va uyushmagan guruhlardagi odamlar muloqoti, o`zaro ta`sir va munosabatlardan kelib chiqadigan psixik hodisalarni o`rganadi.”degan fikrni bildirganlar. Bu psixologik yondashuv.
1.1- sxema
Rus olimasi Galina Andreevaning ta`kidlashicha ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxasisni kimligi – uning fan predmetiga yondashuvida namayon bo`ladi.
Sotsiolog ijtimoiy qonuniyatlari jamiyatdagi an`analar va uning qoidalar tilida tushuntirsa, psixolog – shaxs psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun qoidalariga tadbiq etadi. G. Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, uch xil yondashish mavjudligini asoslaydi.
1.2-sxema.
Galina Andreevaning e`tirof etishicha – ijtimoiy psixologiyaning bahsida uch xil yondashish mavjud.
Birinchi
Ikkinchi
Uchinchi
Ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo`lib ajralib chiqishiga sabab bo`lgan
Ilmiy manbaalar ikki fan psixologiya va sotsiologiya faning erishgan yutuqlari va har qaysining doirasida ma`lum muammolarning echilishi uchun yana qo`shimcha alohida fanning bo`lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Psixologiya va sotsiologiya ijtimoiy psixologiya fanining “Ota - onalaridir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |