Ijtimoiy psixologiyaning mavzu baxsi



Download 17,44 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi17,44 Kb.
#702671
Bog'liq
kerakli


IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING MAVZU BAXSI

Insoniyat jamiyati paydo bo`lib, odamlar hamqorlikda mexnat kilish va yashash ehtiyojini sezgan davrdan boshlab ularda ijtimoiy psixologik ta­fakkur, ijtimoiy rux paydo bo`lgan. Insoniyatning eng ilg’or vakillari bundan rux qonuniyatlarini o`rganish, uning sirli tomonlarini sharxlashga urinib kelganlar. Lekin ijtimoiy rux kanchalik kadimiy bo`lsa, uning sirlarini o`rganuvchi fani jtimoiy psixologiya shunchalik navqirondir.


Ijtimoiy psixologiya fan sifatida yaratilgan yili rasman 1908 yil hisoblanib, xuddi ana shu yil ingliz psixologi V. Magdutall "Ijtimoiy psixologiyaga kirish", amerikalik sotsiolog e. Ross esa "Ijtimoiy psixologiya" darsligini chop etdilar. Bu yilda ham psixologning, ham sotsiologning bir soxa buyicha kitob ezishlarining o`zi ramziy ma`noga ega bo`lib, bu fanning ikki fan oraligida psixologiya va sotsiologiya oralig’ida paydo bo`lganligining yana bir isboti bo`lib xizmat kildi. Ya`ni, ijtimoiy psixologiya ikki turdagi qonuniyatlar ijtimoiy tarakkiet qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo`lsa kerak, xozirgi kungacha ijtimoiy psixologiyaning mavzu baxsi va u o`rganadigan soxalar borasida turlicha karashlar va tortishuvlar mavjud.
Tanikli nemis olimlari G. Gibsh va M. Forverglar bu fanning predmetiga quyidagicha ta`rif beradilar: "Odamlar uyushmasi qooperatsiyalar ij­timoiy psixologik tadkiqotlarning asosidir, uning ob`ekti esa ijtimoiy 5 ta`sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur kiladigan shartsharoitlar hamda motivlar ijtimoiy psixologiya o`rganishi kerak bo`lgan soxalardir.
Rus sotsiologlari G.P. Predvechniy va Yu.A. Sherqovinlarning "Sotsial psixologiya" kitobida esa uning predmeti"... ob`ektiv borlikning va unda ro`y beradigan xodisalarning psixika tomonidan o`ziga xos tarzda in`iqos etilishidir", deb hisoblaniladi. Bu mualliflar sotsial psixologiyaning barcha o`rganish ob`ektlarini sharxlar ekanlar, ko`prok sotsiologik yondashish bilan muammolarni echishga xarakat kilganlar.
Ijtimoiy psixologiyaning mavzu baxsini ta`riflashga psixologik yondashuv A.V. Petrovskiy va V.V. Shpalinskiylarning "Jamoaning ijtimoiy psixologiyasi" kitoblarida bayon etilgan. Bu mualliflarning fikricha. "Ijtimoiy psixologiya psixologiya fanining shunday tarmogiki, u turli uyushgan va uyushmagan guruxdagi odamlarning muloqoti, o`zaro ta`sir va munosabatlaridan kelib chikadigan psixik xodisalarni o`rganadi".
Shuning uchun ham Galina Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu baxsi xakidagi xozirgi zamon karashlarini umumlashtirib, bu o`rinda uch xil yondashish borligini e`tirof etadi. Birinchisi, sotsiolog yondashish bo`lib, uning tarafdorlarining fikricha, ijtimoiy psixologiya asosan ommaviy psi­xologik jarayonlarni xalklar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasmrusmlar, modaning inson ongiga singishi, ijtimoiy xulkatvorda namoyon bo`lishini o`rganishi kerak (Yu.A. Sherqovin, G.P. Predvechniy, R. Pento, M. Gravitts va boshkalar). Ikkinchi psixologik yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo`lib, ular asosiy dikkatni shaxsning ijtimoiy psixologiya xaslatlariga, uning turli guruxlarda tutgan urni, mavkei, ijtimoiy ustanovkalar va xokazolarga karatmok lozim, deb hisoblaydilar (A.V. Petrovskiy, B.F. Parigin, A.G. Asmolov, V. Magdugall, T. N’yuqom va boshkalar). Shu bilan birgalikda, xozirda ham sotsiologik, ham psixologik karashlarni birgalikda mujassamlashtiraetgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulkatvorlari motivlarini o`rganishni eklab, tadkiqotlar o’tkazmoqdalar. Masalan V.Myasishev o`zinint "Shaxs va nevrozlar" kitobida ezishicha, ijtimoiy psixologiya shaxslararo o`zaro ta`sir jarayonida shaxsda paydo bo`ladigan ruxiy faoliyat xususiyatlarini ham, guruxlarning o`ziga xos psixologiyasini ham, jamiyatda ruy beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini ham bir vaktda o`rganishni taklif etadi.
Amerika ijtimoiy psixologiyasida ham ijtimoiy psixologiyaning mavzu baxsi borasida uzoq tortishuvlar mavjud bo`lgan. Ularga bu fanning mavzu baxsini sotsiologiya yoki psixologiya fani ichidan kidirish (intradistsiplinar yondashuv) yoki ikkala fan oraligidan kidirish xollarini ko`zatishimiz mumkin. Lekin bu soxadagi tortishuvlar kanchalik bo`lmasin, baribir, G. M. Andreevaning obrazli iborasiga kura, uning "otaonasi" sotsiologiya bilan psi­xologiya ekanligini tan olishi kerak. Bu boradagi anik fikrni frantso`z olimlari R. Pento va M. Gravittslar ham ta`kidlashgan: "SHu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari soxasida ikki xil yondashuv bo`lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiatini, psixikasini o`rganib keldi. Ijtimoiy psixologiya paydo bo`ldiki, u insonning jamiyatda munosabatining psixologik tomonini o`rganmokda". Umumiy xolla, ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatining natijasida xosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e`tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulkatvorlarni tushuntirib beruvchi fandir. deb ta`rif berishimiz mumkin.
Download 17,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish