Ijtimoiy psixologiya
Ijtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy
guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni,
shaxsning ruxiy faoliyati va xulq-atvorini,
ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar,
hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni
tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi.
Avvallari I.p. da voqelik falsafiy nuqtai
nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs,
guruh, jamoa munosabatlari qamrab
olinmagan. I.p. faniga umumiy
psixologiya, sotsiologiya, antropologiya,
eti., kriminologiya, falsafa kabi fanlar
asos boʻlib xizmat qilgan. 19-asrning 2-
yarmida I.p. ni fan sifatida rivojlantirishga
ilk urinishlar boʻlgan. Jahon jamoatchiligi
tomonidan I.p. 1908 y. dan fan sifatida
tan olingan. Ikkinchi jahon urushidan
keyingi yillarda AQSH va b.
mamlakatlarda psixologiya muammolari
yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi.
Ayniq-sa, AQShda Kotorning oʻtkazgan
tajribasi, E. Meyoning izlanishlari I.p.
tarixida muhim rol oʻynadi. Bu tadqi-
qotlarga kichik guruhlar asosiy obʼyekt
kyugab olingan, tajribalar esa lab.
sharoitida oʻtkazilgan. I.p. fan sifatida
muloqot, muomala qonuniyatlari,
shaxslararo munosabat, individual va gu-
ruhiy oʻzaro taʼsir, guruxlarning ichki va
tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi,
ommaviy holatlar va harakatlar, ijtimoiy
va milliy ong , mentalitet, milliy qiyofa,
harakter, taʼb, anʼana, odat, marosim va b.
ni tekshiradi. I.p. bir necha sohalarni oʻz
ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din
psixologiyasi, oila psixologiya-si,
boshqaruv (menejment) va marketing
psixologiyasi, kichik va katta guruh
psixologiyasi, modalar psixologiyasi,
reklama psixologiyasi, insonni inson
tomonidan idrok kilish psixologiyasi,
amaliy I.p. kabilar. Oʻzbekistonda I. p.
yoʻnalishidagi tadqiqotlar asosan
mustaqillik davrida yoʻlga qoʻyila
boshlandi. Bu ishlar zaminida I. p.
sohalaridan biri — "Oila psixologiyasi"
ilmiy maktabi vujudga keldi. Oʻzbek
oilasining ijtimoiy psixologik,
etnopsixologik xususiyatlari haqidagi
maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan
"Oila psixologiyasi" darsligi yaratildi.
Mamlakatda Respublika "Oila" ilmiy-
amaliy markazi faoliyat koʻrsatadi.
Ergash Gʻoziyev.
[1]
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar
Last edited 2 years ago by EdgarsBot
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ijtimoiy_psixologiya&oldid
=1998043
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |