Ijtimoiy psixologiya


«Shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini boshqarishning dispozit­sion konsepsiyasi» kim tomonidan ishlab chiqilgan?



Download 4,53 Mb.
bet46/73
Sana29.05.2022
Hajmi4,53 Mb.
#615787
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya

«Shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini boshqarishning dispozit­sion konsepsiyasi» kim tomonidan ishlab chiqilgan?

  1. D.N. Uznadze

  2. V.A. Yadov

  3. P.N. Shixerev

  4. G.M.Andreyeva

SHAXSLARARO MUNOSABATLAR УА ULARNING KECHISHI
Shaxslararo munosabatlarda egoistik munosabatning namoyon bolishi
Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bu jarayonda shaxslar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni o'rganish ijtimoiy psixologiya uchun dolzarb muammolardan biri boiib kelmoqda. Bunday munosabatlar sirasiga shaxs xulq-atvoriga tegishli bolgan altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stig­ma, diskriminatsiya tushunchalarini kiritish mumkin. Bugungi kunda bu tushunchalarning mohiyatini ochishga harakat qilish ijtimoiy psixologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar- ning barchasini qiziqtirayotganligi bejiz emas, albatta. Chunki bu tushunchalar aynan shaxs va jamiyat munosabatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Shaxslararo munosabatlarda ba’zan kishilar bir-birlawning egoistik xulqidan shikoyat qilishi kuzatiladi. Bunday xulq qan­day kechishini tahlil qilib ko'ramiz. Egoizm shaxsning ijtimoiy muhitiga salbiy ta'sir qiladi. Hech qaysi shaxs o‘z atrofida sodir bolayotgan voqea-hodisalarni hissiyotsiz baholamaydi. Yaqin kishilar bilan yoki oilaviy munosabatlarda muammolar yuzaga kelganida, kishilar mas'uliyatni ko'proq o‘z juftiga yuklaydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ajralish uchun kelganlarning ko‘pchiligi oilaning ajrim ostonasiga kelib qolganligi uchun o‘z juftini yoki yana kimlarnidir aybdor deb hisoblaydilar. Ak- sincha, oilaviy munosabatlardagi ijobiy jihatlar, ishdagi yoki boshqa sohalardagi muvafaqqiyatlarning sababchisini ko‘rsatish lozim bolsa, albatta o‘z ishtirokchidan so‘z ochishadi va bunday xususiyat ko‘pchilikka xosdir. Ma’lum bir sohada bir xil muvaf- faqiyatga yoki natijaga erishish uchun raqobatlashayotgan olimlar o'zlarining fanga qo'shgan hissalari haqida gapirayotganida kam- dan kam kamtar bolishi xorij psixologiyasining yetuk olimlari- dan biri — E.Ross tomonidan tasdiqlangan. E. Ross bu fikrining tasdig‘i uchun quyidagi misolni keltiradi: 1923-yilda insulinni varatgan Frederik Banting va Djon Makleodlar Nobel mukofo- tiga sazovor bo‘lishganidan so‘ng, F. Banting ommaviy chiqish- lardan birida, laboratoriyani boshqarayotgan unga D. Makleod yordam berishdan ko‘ra, ko‘proq xalaqit berganligini ta’kidlaydi, D. Makleod esa ixtiroga qanday erishganligi haqida gapira turib, o‘z nutqida biron marta ham F. Bantingning ismini tilga olmaydi (Ross, 1981).
Bundan ko‘rinadiki, shaxsdagi egoizm uning «Men»ida o‘ta markazlashuvi bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Ba’zi kishilar­ning o‘zi haqida qayg‘urishi ham ularning ijtimoiy xulq-atvorida egoizmni motivlashtirishi mumkin. Kishilar o‘z atrofidagilarda yaxshi taassurot qoldirish umidida turli xil kosmetikalar, parhez- lar uchun milliardlab mablag‘larni sarflaydilar. Egoistlarning harakatlari asosan o‘z imidji haqida qayg‘urish ostida qilinadi. «Odamlarda hech bir mavzu o‘ziari haqidagidan ko‘ra katta qizi- qish uyg‘otmaydi. Bundan tashqari ularning ko‘pchiligini o‘z shaxsidan boshqa hech narsa qiziqtirmaydi», deb yozadi R.F. Bau- mayster.
Amerikalik olim Patrik Byukenen o‘zbekchaga tarjima qi- linganda «G‘arbning o‘limi» deb nomlangan kitobida yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador boigan voqealarni: jamiyat ma’naviyatidagi inqirozlar, jumladan, oila va nikoh, tug‘ilish va aholining tabiiy o‘sishi borasidagi inqirozlarni tahlil qilar ekan, bu borada jamiyat a’zolarida kuzatilayotgan salbiy xulq-atvorlardan biri bo‘lgan egoizmning jiddiy ta’sirini ko‘rsatib o‘tadi. P. Byuke- nenning fikricha, jamiyatda borgan sari birdan boyib ketish, to‘kin hayotga erishish kabi egoistik intilishga ega boigan kishilar soni ortib bormoqda, bu esa jamiyatda mavjud qadriyatlarga nisbatan munosabatlarda jiddiy inqirozni keltirib chiqarmoqda. Muallif bu holatni gedonistik psixologiyaning asosi deb baholaydi va buning oqibatida jamiyatda qator ijtimoiy muammolar kelib chiqayotgan- ligini ochiq e’tirof etadi.
Gedonizm — bu shaxs va uning xulq-atvor motivlarida bir- gina istak — nimadandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo'lishga intilish ustuvorligidir. Bunda inson asosan to‘q va farovon hayotga intiladi, boy-badavlat yashashni xohlaydi va bundan lazzat oladi. Muallif Yevropada tug‘ilishning keskin kamayib ketganligini, ayollar o‘zidan sog‘lom zurriyod qoldirishni istamayotganligini, mablag‘i yetarlibo‘lsa-da, f'arzand tug‘ilishiga va uni tarbiyalashga ketadigan mablag‘larini qizg'anayotganligi kabi holatlarni qayd etadi. Bundan tashqari gedonizmning eng katta salbiy ta’siri Yevropa kishilarida egosen- tristik dunvoqarashning shakllanishiga turtki bolmoqda
Egosentrizm — lotincha «Ego» — men va «centrum» — doira markazi so‘zlaridan olingan boiib, insonning o'z fikr o'ylari, man- faatlari doirasida qotib qolganligi, buning oqibatida atrof-muhit- ga va odamlarga oid bilimlarini hamda o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligini bildiradi. Yoshlarimiz orasida yuqoridagi dunyoqarash ta’siri ostida milliy madaniyatimiz va qadriyatlari- mizdan yuz o‘girayotgan, butunlay yevropacha yoki amerikacha madaniyatning quliga aylanib borayotgan, natijada jamiyatdagi ijlimoiv fikrning o‘zgarishiga ta’sir ko'rsatayotganlar ham mavjud ekanligini hisobga olgan holda bu muammoning kelib chiqish sa- bablari va uni bartaraf etish borasidagi izlanishlarni bo‘lajak mu- taxassislardan kutib qolamiz.
Egoistik xulq va egoizm atamasini qo‘llash ham, D. Mayers ta’kidlaganidek, kundalik hayotda juda ko‘p uchraydi. Buning sababi shuki, keng jamoatchilik orasida egoizm tushunchasini ko‘pchilik biladi, aksincha Altruizm atamasining qanday ma’noga ega ekanligini aksariyat kishilar bilmaydi. Aytish mumkinki, bu atama ko‘proq ilmiy mavzuda ish yuritganlar uchungina tanish bo‘lsa kerak.
Ma’lumki, egoizm kishilar orasida salbiy sifat deb qaraladi va egoistik xulq-atvor jamoatchilik tomonidan ham salbiy mu- nosabatga loyiq deb qaraladi. Altruizm esa aksincha ijobiy sifat deb qaraladi va altruistik xatti-harakat ijobiy munosabatga loyiq deb tanlanadi. Nega shunday? Buning sababi — egoistik xulqning asosida birinchi o‘ringa o‘z manfaatini qo‘yish yotsa, aksincha altruistik xulqning asosida birinchi o‘ringa o‘zgalar manfaatini qo‘yish yotadi. Demak, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Altruizm egoizmning antonimidir. Shuning uchun Altruizm ata- masini tushunishda D. Mayers kundalik hayotimizda ko‘p uchray- digan egoizm atamasidan foydalanishni ma’qul ko‘rgan.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish