Empatiya nazariyasi — altruistik xulqdagi kishining o‘zi ham anglamagan holda boshqalar uchun qayg‘urish va g‘amxo‘rlik qi- lishga moyilligi.
Ijtimoiy me’yortiv nazariya — kishining ijtimoiy rol va ijtimoiy me’yorlarni yaxshi o‘zlashtirganlari uchungina altruistik xulqni namoyon qilishi.
Stigma — yunon tilidan olingan bo‘lib, stigma — «belgi», «dog‘» ma'nolarini ifodalaydi. Shaxslaro munosabatlar tizimida uchray- digan shaxsga tegishli yana bir xulq-atvor turidir.
Diskriminatsiya — umumiy tushunchada tan olmaslikni maqsad qilgan yoki tenghuquqlilik hamda uni himoya qilishni rad etgan, tenghuquqiylik tamoyili va insoniylik qadr-qimmatini kamsituvchi har qanday ajratish, tahqirlash yoki cheklash.
Tolerantlik — kengfe’Uik ma'nosida «tolerantia» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgalarning xulq-atvori, e'tiqodlari va qadriyatlarini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ularini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |