Mehnat jamoaiari ham shaxs ijtimoiylashuvida katta ahami- yatga ega. Bu jamoaning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, shaxs bu jamoaga ancha aqli pishib, ma’lum tajribaga ega bo‘lib, hayot haqidagi tasavvurlari shakllanib qolgan paytda keladi, qola- versa, o‘quv yurtida egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda muhim bo‘lib, shu muhitdagi ijtimoiy me’yorlar xarakteriga ta’sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o‘zaro munosabatlar muhiti ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim me- zonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri — o‘sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‘zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‘lib, ko‘pincha oylik-maosh masalasi ana shulardan keyin o'rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog‘lom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o‘ynaydi.
Din — bolaning ijtimoiylashuvida jamiyatdagi diniy erkinlik- ning ham o‘rni o‘ziga xosdir. Bola mansub bo‘lgan jamiyat va oilada dinning ijobiy jihatlaridan uning tarbiyasi yo‘lida foyda- lanish yaxshi foyda beradi. Bolaning vatanparvar, insonparvar, mehribon, madaniyatli, to‘g‘riso‘z, vijdonli bo‘lib ijtimoiylashuvi uchun dinning roli kattadir.
OAY — ayni paytda bu sohaning shaxs ijtimoiylashuvi- ga koLrsatayotgan ta’siri juda katta ekanligi barchaga ma’lum. Ko‘rsatilayotgan, eshittirilayotgan, yozilayotgan barcha ma’- lumotlar kishilar ongiga juda tez va unumli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida jamoat tashkilotlari alo- hida ahamiyat kasb etadi. Ularning yuksak talablar qo‘yishi natijasida shaxsda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, tanqidiylik singari fazilatlar barqarorlashadi. Bunda inson sifatida jamiyat oldida o‘z burchini uddalay olish, jamiyatning turli sohalarida o‘zligini namoyon qilish va jami- yatdan qanoatlanish tuyg‘ularining kechishi bilan xarakterlanadi. Jamoatchilik tashkilotlaridagi ijtimoiy faoliyatda, jamoat ishlari- da shaxs o‘z xususiyatlarini namoyon etib boshqalarning ham ijti- moiylashuviga ko‘maklashadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayo- nidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |