Ijtimoiy psixologiya



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

2.  Muloqot  sohasi,  ayniqsa  m aktabga  ham   yosh  davrdagi  va 
o‘sm irlik  davrlaridagi  muloqot  tizim lari  bolada  bir  qancha  ijti­
moiy-psixologik  xislatlarni  paydo  qiladiki,  buning  natijasida  u 
faol  hayotiy  mavqega  ega  'oo‘ladi,  jam iyatda  o ‘z  o‘rnini  tasavvur 
qilishga  erishadi.
3.  0 ‘z-o ‘zini anglash sohasi.  Ijtimoiylashuvning yana bir sohasi 
o ‘z-o ‘zini  anglash  sohasidir.  Um um iy  qilib  aytganda,  ijtimoiy­
lashuv  jarayoni  odamdagi  «Men»  obrazining  shakllanganligidan 
dalolat  beradi  (I.S.K on,  1978).  K o‘p  tadqiqotlarda,  qayd  etili- 
shicha,  shaxsdagi  «Men»  obrazi  birdaniga  shakllanmaydi,  balki


uning  shakllanishi  butun  hayot  davomida  ko‘p  sonli  ijtimoiy 
ta ’sirlar  ostida  kechadi.
0 ‘z «Men»ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloq 
paytidanoq  boshlanadigan  va  uzoq  davom  etadigan  jarayondir, 
shuning  natijasida  individ  shaxs  sifatida  shakllanib,  ijtimoiylashib 
boradi.
Ijtimoiylashuv sohalaridan biri bo‘lmish — o‘z-o‘zini anglash so- 
hasi,  ya’ni  «Men»  obrazi  yil  sayin  o‘zgarib  boruvchi jarayon  bo‘lib, 
avval  o‘zini  boshqalardan  farqliligini,  o‘zicha  mustaqil  harakat  qi­
lish,  mustaqil  fikr  yurita  olish  qobiliyatini  anglaydi,  soiigra  o‘z- 
o‘zini  baholash,  anglash,  nazorat  qilish  xususiyatlari  rivojlanadi.
A.V. Petrovskiyning  fikricha,  ijtimoiy-psixologik  m unosabatlar 
shaxsning  ijtimoiy  taraqqiyotida  yosh  davrlarini  inobatga  olgan 
holda  amalga  oshadi.  Petrovskiy  shaxs  xarakteri  va  tarbiyasini 
rivojlantirishda  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  3  asosiy  makrofazani 
ajratib  ko‘rsatadi:
1.  Bolalik  davri.
2.  0 ‘smirlik  davri.
3.  Yoshlik  (o^pirinlik)  davri.
Bolalik  davri  —  individning  adaptatsiyalashuv jarayoni  amalga 
oshadi,  bunda,  m a’lum  m e’yorlarni  egallash  bilan jamiyatga  ijti­
moiylashuv, ya’ni ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yuz beradi (masalan: 
2  yoshli  bolaga  choynakdagi  choyning  issiqligini  o £rgatish).
0 ‘smirlik  davri  —  individualizatsiya,  ya’ni  inson  o‘z  ehtiyojla- 
rini,  shaxsiy  turm ushi  (hayoti)dagi  talablarini  anglashi  bilan  ifo- 
dalanadi  (masalan:  mehrga  nisbatan  ehtiyojning  kuchayishi  va  bu 
ehtiyojning  yetarlicha  qondirilmasligi).
Yoshlik  (o‘spirinlik)  davri  — jamiyatga  qo‘shilish  (integratsiya) 
jarayoni  bo‘lib,  bu jarayonda  shaxsda  muayyan xislatlar va  xususi- 
yatlar  vujudga  keladi,  shu  bilan  birga,  bu  davrdagi  shaxsiy  va  gu- 
ruhiy  ijtimoiylashuv jarayoniga  zarurat  va  ehtiyoj  ham   o‘ziga  xos 
ta ’sir ko‘rsatadi.
Inson  o‘zgaruvchan  ijtimoiy  atrof-m uhitda  yashaydi,  shun- 
dan  kelib  chiqib  uning  zimmasiga  faoliyat  va  m unosabatlarning


yangi  ko‘rinishlari  qo‘shilaveradi,  yangi  ijtimoiy  rollarni  bajarib 
borishga  majbur  bo‘ladi.  Dem ak,  individ  o‘z  hayoti  davomida 
yangi  ijtimoiy  tajribalarni  o‘zlashtirib  boradi,  bir  vaqtning  o‘zida 
dunyoqarashidan  kelib  chiqqan  holda  unda  boshqacha  ijtimoiy 
m unosabatlar  ham   yuzaga  keladi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish