Proektiv metodlar. Bu usullar test usullarining bir ko’rinishi bo`lib, unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko’rinishga ega bo’lmagan, noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirigi beriladi. Yani, tekshiriluvchiga turlicha talkin qilish mumkin bo`lgan rasmlar, tugatilmagan xikoyalar, biror aniq ko’rinishga ega bo’lmagan buyumlar, yog’ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o’zining hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuktai nazaridan baho berishi mumkin.
Proektiv usullarga mashxur "Rorshaxning siex dog’lari" testini kiritish mumkin (1921 y). Bu dog’lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog’lardan iborat bo`lib, har bir dog’ har xil buekli fonda kursatiladi. Tekshiriluvchidan har bir"dog’"ning n i m a n i eslatayotganligini aytish so’raladi. Uning ogzidan chiqqan so`zlar, assotsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib), shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.
Yana bir proektiv usul - bu S. Rozensveygning rasmli assotsisiyalar usulidir. Bunda hayotga tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni eks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga karshi tomondagi shaxs esa hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiruvchi tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo’sh kataklarda berilishi mumkin bo`lgan javobni yozishni so’raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo’nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya-jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o’xshash muhim faktlar to’planadi.
ADABIYOTLAR
1. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: O`zbekiston 1997 yil.
2. Karimov I. A. Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Toshkent, 1997 yil.
3. Аникеева Н.П. Жамоадаги рухий мухит Тошкент, «Укитувчи» , 1992
4. Андреева Г.М. Актуальные проблемы социальной психологии.М.МГУ.1998
5.Головин Б.Н.Основы культури речи М. 1998 год
6. Добрович А.Б.Воспитателю о психологии и психогигиени общения: M, 1987
7.Дубровина И.В. . Школьная психологическая службаM: Педагогика 1991
8. Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Tosh: Ukit. nashrieti 1994
9. Карнеги Д. Как завоевывать друзей и оказывать влияние на людей.
М.Прогресс, 1990
10. Кронин A. A., Кронин Е. А:Психология значимых отношений M: 1989
Do'stlaringiz bilan baham: |