Ijtimoiy pedagogning oiladagi munosabatlari


O’ZBEK OILASIDA ZARURIY TARBIYAVIY OMILLAR



Download 42,73 Kb.
bet2/5
Sana13.08.2021
Hajmi42,73 Kb.
#147071
1   2   3   4   5
Bog'liq
OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK

O’ZBEK OILASIDA ZARURIY TARBIYAVIY OMILLAR

Oila va uning o’ziga xosliklari. Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda eng muhim vazifalarni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun umr davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z - o’zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi.

Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqeini hozirgacha ushlab turibdi. O’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Ko’pbolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan. Biroq bugungi kunda oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qilmoqda. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagoglar yordamiga muhtoj bo’lib qolgan.

Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda, u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa, insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.

Jamiyatda oila bir nechta funktsiyalarni bajaradi.

Reproduktiv funktsiY. Bu funktsiya naslni davom ettirish bilan bog’liq bo’lib, hozirgi kunda O’zbekistonda ko’pbolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda, oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy- iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning darajasi, ekologiyaning inson salomatligiga ta’siri bilan izohlanadi.

Iqtisodiy funktsiY. Ma’lum bir oila a’zolari tomonidan boshqalari uchun moddiy mablag’lar topilishi, voyaga etmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini to’plash iqtisodiy funktsiyaning asosini tashkil etadi. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka ega bo’lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi.

Ijtimoiylashuv funktsiY. Oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy- biologik hamda ijtimoiy aloqalari uzviy bog’lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o’rganadi.

Xo’jalik-maishiy funktsiY. Oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi. Ilmiy - texnik taraqqiyot intensiv rivojlanayotgan bizning asrimizda oilaning kundalik yumushlarini (ovqat pishirish, uy tozalash, kir yuvish, kiyim tikish va b.) mayishiy xizmat ko’rsatish korxonalari zimmasiga yuklatilmoqda.

Tarbiyaviy funktsiY. Biz bu vazifani alohida ajratib ko’rsatamiz, chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol oynaydi. Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Yuqorida “Tarbiya ijtimoiy institut sifatida”, -deb nomlangan qismda ham tarbiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o’rniga to’liq to’xtab o’tilgan.

Psixoterapevtik funktsiY. Bu vazifa shunda namoyon bo’ladiki, oilada hamma o’zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko’ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi.

Download 42,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish