A). Tarbiyaning tabiatga uygun bulishi prinsipi.
Tarbiyaning tabiyagga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga kura ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojtanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyaga uygun bulish Prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir qismi va u tabiyatning bir kismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi.
Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolaalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’limtarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va quradi. Komenskiydan ancha ilgari sharq uygonish davri buyuk olimi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarila tarbiyaning tabiatta uyg`un bulish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «Yolg`on xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipi ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogic nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga oshirilishi kerak deb hisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemis
olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya jarayonida yosh
va individual xususiyatlarini etiborga olishi lozimligini ta’kidlaydi.
Tarbiya bilan uyg`un bulishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy o’zining asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogic asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani o`rganishga o`tish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga amal qilib, kuyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
- bolalar yoshi xususiyatlarini etiborga olish;
- bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini etiborga olish;
- me’yoridan chettga chiqish bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish;
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish;
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish.
Do'stlaringiz bilan baham: |