3. Ilk qadam oʻquv dasturi qachon qabul qilingan?
A) 2018 - yil
B) 2017 -yil
C) 2016 - yil
D) 2019 - yil
4. Harakatli oʻyinlar kunning qaysi qismida tashkil qilinadi?
A) Kechki sayrda
B) Ertalabki va kechki saytda
C) Ertalabki va dam olish vaqtida
D) Ertalabki sayrda
5. Ilk qadam oʻquv dasturi asosida tayyorlov guruhlarida savodxonlikka oʻrgatish faoliyati yiliga necha soat oʻtiladi.
A) 72
B) 62
C) 48
D) 36
6. 2019 - yil 30 - avgustda Maktabgacha taʼlim Vazirining 155 - buyrugʻi...?
A) Davlat va Nodavlat xizmat koʻrsatuvchi MTT larning ish hujjatlari toʻgrisida
B) MTT faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
C) Davlat MTT pedogoglarining ish hujjatlari toʻgʻrisida
D) Davlat MTT ning namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
7. Maktabgacha taʼlim Vazirining 155 - buyrugʻining ,,01'' indeksi raqami ostidagi yigʻma jild hujjatlari qanday nomlanadi?
A) MTT rahbarining ish hujjatlari
B) Boshqaruv hujjatlari
C) MTT tarbiyachsi ish hujjatlari
D) MTT metodisti hujjatlari
8. Maktabgacha taʼlim Vazirining 155 - burugʻining ,,09'' indeks raqami ostida yuritiladigan hujjat MTT ning qaysi xodimlari uchun tegishli?
A) Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti diffektologning ish hujjatlari
B) Umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti diffektologning ish hujjatlari
C) MTT musiqa rahbarining ish hujjatlari
D) Umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti til oʻqtuvchisi ish hujjatlari
9. Maktabgacha taʼlim Vazirining 155 - buyrugʻi ning ,, 11 - 06'' indeks raqami bilan belgilangan hujjat qaysi xodimning hujjatlari hisoblanadi?
A) 11 - Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachsining, 11 - 06 esa kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan olib borayotgan yakka tartibda ishlash daftari
B) 11 - Umumiy tipdagi Maktabgacha taʼlim tashkiloti diffektologning 11 - 06 da pedagodlar bilan ishlash rejasi bayon etilgan
C) 11 - Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachsining 11 - 06 esa pedagoglar bilan oʻzaro hamkorlik ish rejasi
D) 11 - Umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti diffektologning 11 - 06 da yillik hisobot keltirilgan
10. Maktabgacha taʼlim Vazirining 155 - burugʻining ,,08'' indeks raqamidagi hujjatlar jamlanmasi MTT ning qaysi xodimi ish hujjatlari hisoblanadi?
5. Oila — hayot abadiyligi va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi qadriyatlar beshigi, kelajak nasllar uchun betakror tarbiya qo‘rg‘oni ekani isbot talab qilmaydigan haqiqat. Shu bois oila xalqimizda qadim zamonlardan muqaddas sanalib kelingan va shunday bo‘lib qoladi. Zero, xalqning, millatning kelajagi aynan oila bilan chambarchas bog‘liq. Chunki har bir inson oilada tug‘iladi va voyaga yetadi. Har bir bolaning kelajakda kim va qanday inson bo‘lib kamol topishida oila muhim o‘rin tutadi.
Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida oila o‘ziga xos ijtimoiy birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu xususiyati uning jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqligi hamda ijtimoiy ahamiyatini ifodalaydi.
Bugun davlatimiz Prezidenti tashabbusi bilan olib borilayotgan jamiki islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yurtimizdagi har bir insonning baxtli yashashini ta’minlashga qaratilgan va bu borada misli ko‘rilmagan tarixiy ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Davlatimiz tomonidan oilalarning baxtli yashashi uchun yaratilayotgan shart-sharoit, uy-joylar bilan ta’minlash, turli ijtimoiy yordam va imtiyozlar berish, oilalarning farovonligi, totuvligini mustahkamlash, har tomonlama, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish hamda ularning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar o‘ta muhim bo‘lib, kelgusida albatta o‘z natijasini berishi shubhasiz.
Biroq qayd etish joizki, inson baxtli yashashi birgina moddiy ta’minot bilan bog‘liq emas va baxtli yashashning yana bir eng muhim omili - ma’naviyat masalasi ham borki, bu butun jamoatchilikning e’tiborida bo‘lishi lozim, deb o‘ylaymiz.
Taniqli adib Tohir Malik qayd etganidek, «... baxt tushunchasining moddiy tomonidan ko‘ra, ma’naviy tomoni ortiqroq»dir.Darhaqiqat, oilasidan ajrashib, farzandlari mehr-muhabbatidan judo bo‘lgan boy odamni va uning oila a’zolarini baxtli deb bo‘lmaganidek, faqir bo‘lsa-da oilasi, farzandlari qobil, o‘zaro mehr-muhabbatli oila a’zolarini baxtsiz, deya olmaymiz.
Ayni paytda aka-uka, ota-bola yoki er-xotin o‘rtasida turli nizolarning vujudga kelayotganligi, hatto nizo sababli biri ikkinchisining joniga qasd qilayotganligi, ota yoki ona o‘z farzandidan voz kechayotganining asl sababi nimada? Qornida to‘qqiz oy, to‘qqiz kun ko‘tarib yurib tuqqan bolasini pul evaziga kimlargadir berib yuborayotgan ayollarning qilmishini qanday baholash mumkin?
«Boy-badavlat o‘g‘il»ning mulk ilinjida o‘z otasini ruhiy bemorlar shifoxonasiga joylashtirganligi, shifoxonadan chiqqach, bir xonali uyda boshqa farzandi (qizi)ga ko‘rsatmasdan saqlaganligi yoki boshqa bir «boy o‘g‘il»ning esa bir nechta uyi bo‘la turib, o‘z onasini uydan haydab chiqarganini qanday tushunish lozim?..
Yoki, risoladagidek turmush o‘rtog‘i va farzandlari bo‘la turib, yoshroq qizga ko‘ngil qo‘yib, uylanib ketgan otaga, oilasiga xiyonat qilib, farzandlarini tashlab, boshqa erning qo‘lini tutib ketayotgan ayol-onaga nima bo‘lgan?
Nega ayrim er-xotin yoki farzand o‘z joniga qasd qilish orqali hayotiga yakun yasamoqda? Oilaviy nizolarning asl sababi nimada?
Ushbu savollarning birortasiga sabab moddiy tomonda, deb javob bera olmaymiz va shuningdek, muammoni moddiy jihatdan, ya’ni pul va boylik bilan hal etib bo‘lmasligi ham barchaga ayon.
Muammo boy o‘g‘ilning ma’naviy qashshoqligida, ya’ni uning o‘z vaqtida olmagan mehri va tarbiyasidagi bo‘shliqda, ajrashayotgan ota-onaning mas’uliyatsizligida, bag‘ri toshligida, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, muammo shaxs ma’naviyati va axloqi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, jamiyatdagi muammolarni bartaraf etishda jamoatchilikning fikri, munosabati va sa’y-harakati juda muhim omil hisoblanadi. Oilada ma’naviy muhitni yaxshilash, ota-ona mas’uliyati va o‘zaro munosabati bilan bog‘liq masalalarda, ayniqsa, notinch oilalar bilan ishlashga xotin-qizlar qo‘mitalari, «Oila» ilmiy markazi, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar ittifoqi vakillari, ya’ni keng jamoatchilik tomonidan yanada ko‘proq e’tibor qaratilishi lozim.
To‘g‘ri, uchrashuvlar o‘tkazib, «yaxshi yashash kerak», deb uqtirish bilan muammolar hal bo‘lib qolmaydi.
Shuning uchun, fikrimizcha birinchidan, mustahkam oilalar vujudga kelishi masalasiga doimiy e’tibor qaratish, lozim bo‘lsa, xotin-qizlar qo‘mitalari, «Oila» ilmiy markazi hamda mahalla faollari tomonidan jiddiy jamoat nazorati o‘rnatilishi kerak.
Bunda, asosiy e’tiborni yoshlarga qaratish lozim. Maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlarida yigit-qizlarni oilaga tayyorlash masalasida olib borilayotgan ishlarni tahliliy o‘rganib, choralarini ko‘rish zarurga o‘xshaydi.
Shuningdek, oila qurayotgan amaldagi oila qonunchiligi talablari, xususan, xotinning erdagi haqqi, erning xotindagi haqqi, ularning oila va bo‘lajak farzandlari oldidagi burchi masalalalarini keng tushuntirish lozimligini hayot saboqlari ko‘rsatmoqda.
Ikkinchidan, odob-axloq, yaxshilik va yomonlik, gunoh va savob nimaligi haqida yozuvchi va san’atkorlar, olim va faylasuflar, imom-xatiblar ishtirokida keng qamrovli, tizimli hamda ta’sirchan tarbiyaviy ish olib borish lozim va bunda ommaviy axborot vositalari, internet saytlari imkoniyatlaridan keng foydalanish ko‘proq samara beradi.Tinch va ahil yashab, farzandlarini yaxshi tarbiyalab, umrguzaronlik qilib kelayotgan baxtli ota-onalar, ularning hayot yo‘lini ibrat qilib ko‘rsatish, jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatiga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lishi mumkin. Zero, yoshlarda oilaga munosabatni shakllantirishda birgina salbiy holatlarni ko‘rsatish emas, balki o‘rnak bo‘ladigan misollar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoatchilikning ta’sir kuchi samarasi haqida bir misol keltiray. Notinch, ajrashib yashayotgan oila a’zolari, ularning ota-onalari bilan Oliy sud va Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlarda ta’sirchan yo‘llarni axtaryapmiz. Masalan, ayollar va voyaga yetmagan bolalar jazo o‘tash muassasasidan olingan video lavhalarni namoyish etib, ulardan ayrimlarining taqdirini bayon qilib berayapmiz. Ajralish oiladagi barcha muammolar boshlanishi ekanligini tushuntiryapmiz. Otasiz yoki onasiz qolgan bola ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlar, tarbiyasi nazoratsiz qolishi va bola jinoyatga qo‘l urishi oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirilayapti. Ana shunday chora-tadbirlar orqali respublika bo‘yicha 1000 ga yaqin ajrashgan oilani yarashtirishga muvaffaq bo‘lindi.
Qachonki oila a’zolari o‘zaro totuv va inoq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi munosabatlar azaliy qadriyatlarimizga asoslangan bo‘lsa, u oila baxtli bo‘ladi va jamiyat tayanchiga aylanadi, baxtsiz, notinch-nosog‘lom oila esa jamiyat uchun muammolar manbaidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.I .A. Karimov. Barkamol avlod –O ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.T:Sharq, 1997.
2.O ‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi.T: O ‘zbekiston 1993.
3.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, -Xalq ta’limi, 1998, 1-son.
4. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |