1-TOPSHIRIQ
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.
Pedagogik sotsiologiya fanining maqsadi jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal k;ilishdan iborat. Ta‘lim va tarbiya masalalari bilan shuғullanish, keksalar, kariyalar, kasal va boquvchisini yo‘qotganlar, mexribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar xolidan xabar olish. Shu jumladan foxishabozlik, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish. Bu illatlardan jamiyatni, ayniqsa kelajak avlodni himoya qilish zarur.
Ijtimoiy pedagogika fanining vazifasi quyidagi 4 bosqichni o‘z ichiga oladi.
1. Bolani va o‘smirni haqiqatgo‘y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;
2. Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila olishi va o‘z munosabatini bildirishi;
3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy xolda muomala qilishni o‘rgatish;
4. Hayotdagi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tushunishga o‘rgatish;
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko‘tarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, bu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida ғamxo‘rlik va e‘tibor talab etadigan madaniy–tarixiy an‘ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda raxm–shavqat, «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko‘p ishlatiladi. Ammo ularning aniq ifodalangan o‘ziga xos jixatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namayon bo‘ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta‘kidlanganidek, ta‘lim tizimida va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mita muassasalarida rivojlandi. Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri ikkinchisini to‘ldira bordi. Ishlarini uzviy ravishda qo‘shish, ya‘ni ma‘naviy–mafkuraviy, ma‘rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo‘lib, tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yishda haqiqiy jo‘shqinlik kasb etadi.
Ko‘pgina mustaqil fanlarning birlashib bir ob‘ektni har xil nuktai nazardan o‘rganganda integratsiya muammosi kuzatiladi. Masalan, pedagogikaning boshqa fanlar bilan to‘qnashishi natijasida yana mustaqil fanlar yuzaga keldi. Filosofiya bilan ta‘lim filosofiyasi, sotsiologiya bilan ta‘lim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya bilan pedagogik psixologiya.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi. Uning kuzatuv markazida pedagogikada o‘rganiladigan barcha jarayonlar namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyag sohasi sifatida bolaning ijtimoiy muhitda rivojlanishi (sotsiumda rivojlanishi) bilan shuғullanadi.
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot ob‘ekti xususiyatlarini o‘rganmok lozim. Shu sabab fanda tadqiqot ob‘kti va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob‘ekti za predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o‘ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika so‘zlaridan tashqil topib, ularning ma‘nosini o‘zida jamlaydi. Bu birlik fanda differensatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘sishi ilmiy fikrlarni real hayotga tadbiq etilishi, yangi muallimlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga extiyojini yuzaga keltirish darajasi fanning differensatsiyasi va maxsuslashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Chunonchi asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek bir qator muammolarni hal qilishda to‘plam nuktai nazardan bir ob‘ektni o‘rganuvchi mustaqil fan birligini o‘zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisa kuzatiladi. Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob‘ektlari alohida kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta‘lim falsafa psixologiya bilan o‘zaro munosabatda psixolo- pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Pedagogikada keyingi vaktda differentsiya hodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormokda. Ijtimoiy pedagogika shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob‘ekti pedagogika o‘rganadigan jarayon va vokelik bo‘lib, u masalani muayyan, o‘ziga xos aspektda ko‘radi. Uning o‘ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so‘zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob‘ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalkning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o‘z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chikadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma‘naviy ma‘rifiy markazlari faoliyati sohasidir, bu yerda yangi kadriyatlar san‘ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi. «Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan boғliq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning mulokati va o‘zaro aloqalari turli shakllarda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |