Ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslari bo‘yicha klaster tayyorlash
Ijtimoiy pedagogika predmeti san‘atdan shaxsga ta‘sir etadigan g’oyaviy –emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot ob‘ekti xususiyatlarini o‘rganmok lozim. Shu sabab fanda tadqiqot ob‘kti va predmeti tushunchasi mavjud.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob‘ekti pedagogika o‘rganadigan jarayon va vokelik bo‘lib, u masalani muayyan, o‘ziga xos aspektda ko‘radi.
Ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslari
Ijtimoiy pedagogikaning ob‘ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o‘z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagogika O‘zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an‘analarga ega.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bo‘lishi madaniy-tarixiy, ijtimoiy-xuquqiy shart-sharoitlari
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayok bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulk atvor)1.
“Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “ Yasna’larda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq–odob mezoni anna shu uchlikda xumata (gumata)–yaxshi fikr, xukta (gukta) –yaxshi soz va xvarsha (gvarshta)–yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavqat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat qonunga shon shavqat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi. “Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki karama-qarshi kuch: Voxu Mana (“Yezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuz lik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda iloxiy-qonun ruxidagi kishisiga mexribon bo‘lish, maqsadlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruxidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikri xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jixatlarga berilmaydi. Chunki bunday xolatda inson yaxshi niyatni yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojuya harakatlar qiladi.
19 asr oxirida ijtimoiy pedagogika-pedagogik faniniing mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chiqdi
Bu ajralib chiqish hodisa A.Distervarg, Ravul Notoro va boshqalarning nomlari bilna bog‘liq..
Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashqil etish g‘oyalari bilan ko‘rib chiqildi.
Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivoji
Butun 19 asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzoq davom etadi.
Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixologlar) ijtimoiy pedagogik muammolar yechimini izladilar.
O‘zbek xalq pedagogikasi va islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g‘oyalar borasida esse yozish
Ilm-fanda “hadis ilmining amiri” deb bir ovozdan tan olingan Imom alBuxoriy at-Termiziyning ustozi va safdoshi bo’lgan. Shu boisdan ham ushbu allomaning hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berishni lozim topdik. Uning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn alMug’iyra ibn Bardaxbeh al-Jaufiy al-Buxoriy bo’lib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13 kuni (180 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa ko’pgina olimlardan farqli o’laroq al-Buxoriy tug’ilgan sana aniq ko’rsatilishiga sabab shulki, uning otasi Ismoil o’z davrining ilmli odamlaridan bo’lib o’g’lining tug’ilgan kunini o’z qo’li bilan yozib ketgan qog’oz zamondosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususdan ham uning aniqligiga hyech shubha yo’q. Al-Buxoriyning yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o’sadi. U yoshligidan aql-idrokli, o’tkir zehnli va ma’rifatga havasi kuchli bo’lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo’r qiziqish bilan egallaydi. Manba’larda ko’rsatilishicha, u o’n yoshlik chog’idan boshlab o’z yurtidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh abn-al-Muborak va Vakiy’ kabi olimlarning hadis to’plamlarini mutolaa qilib yodlagan, o’z ustozi Shayh Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg’in bahslarda qatnashgan. 825 yili o’n olti yoshli alBuxoriy o’z onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo’l oladi.Muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab hadis ilmidan astoyidil ta’lim oladi. Shundan keyin o’z bilimini yanada oshirish maqsadida o’sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qoxira, Basra, Kufa, Bag’dod kabi shaharlarda yashab u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim oladi, yirik olimlar bilan ilmiy bahslar va munozaralarda qatnashish bilan ayni vaqtda ilm toliblariga dars ham beradi. Imom al-Buxoriy hayotining ko’p qismi horijiy ellarda o’tib ilm talabida u Sharqning ko’pgina shaharlarida bir necha martadan bo’ladi. Bu haqda uning o’zi quyidagicha rivoyat qilib: “Misr, Shom, Mesopotamiyaga ikki martadan, Basraga esato’rt marta borganman, Hijozda olti yil yashaganman. Bag’dod va Kufa shaharlariganecha marta borganimning hisobini ham bilmayman”, degan ekan. U safarda chog’ida ham, bir shaharda muqim turganda ham hadislar to’plash va o’z ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, olgan bilimlarini oqqa ko’chirar edi. Olimning yozishicha, Bag’dodda istiqomat qilgan paytda ko’pincha oyning nurida ijod qilib, qorong’i kechalari sham yorug’ida kitob yozar ekan, ilhomi yo’q paytlarda shamni o’chirar, agar behhosdan yangi fikr-mulohaza xayoliga kelib qolsa shamni yoqib darhol qog’ozga tushirar – shu tahlitda ba’zi kechalari shamni yigirma martagacha o’chirib-yoqqan hollari ham bo’lgan ekan. Bu holatlar al-Buhoriyning ilm-fangakatta ixlos bilan o’zining butunlay fido qilganligidan yorqin bir dalildir.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega.
CHunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. xarakterlanadi.
Ijtimoiylashuv- ijtimoiy pedagogik jarayon
SHaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon
Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar. texnologiyasini ishlab chikadi.
Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi.
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin.
Me’yordan og’ishlik tiplari.
Me’yordan og’ishlikni shartli ravishda 4 guruhga bo’lish mumkin:
Jismoniy
Psixik
Pedagogik
Ijtiomoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |