Munavvarqori Abdurashidxonov shunday yozadi: « Savtiya bolalarga harflarni ovozlari ila tanitmoq. O`qilgan so’zlarni yozdirib, ma’nosini bildirmoq. Bedil, kabi Forsiy va mushkul kitoblarning badaliga e’tikod, imlo, xusnixat, ilmi xol, xisob, tarixi islom, jurrofiya, xandasa. kabi diniy va darsviy ilmlarni har kim™ ning o’z tilida yozilmish kitoblaridan o`qitib, bildirmoqdan iborat ekanini bilib. har birlarining kungillariga usuli savtiyani qaytadan kabul etmok fikri tushdi.»
Muallif oxirgi jumlalarni usuli savtiyaning qulayligini anglayotgan atrofdagi kishilarga qarata aytgan edi. U « usuli jadid»maktablari uchun alifbo kitoblari zarurligini ta’kidlaydi. Xuddi shu majburiyat ushbu kitobni yuzaga chiqarishga da’vat etganidan so’zlaydi. Munavvarqori Abdurashidxonov “Adibi avval” kitobni muallimlarga takdim etayotganini aytib, agarda taklif va muloxazalar bildirilsa, ikkinchi nashrda albatta inobatga olishi va kitobning nuqsonsizroq chiqajagini ta’kidlaydi,
«Adibi avval» kitobning yakuniy matni Tartibi ta’lim» deb nomladanadi. Bu matndan Munavvarqori Abdurashidxonov maktabning ta’lim muddati, qanday fanlar o’qitilishi, bolalarni o`qitish jarayonida qanday qoidalarga amal qilinishi to’g’risida ma’lumot olish mumkin. Muallifning o’zi « Usuli savtiya» maktablarining taxsil muddati 4 yilligini alohida qayd etgan. Bu to‘rt yilda quyi- dagi fanlar o’qitilishi ta’kidlanadi: o’qimoq, yozmoq,e’tixod. ibodat, muomala darsi , imlo, insho, xususiyat, qiroat, Qur‘on, Tajvid bilan madxali jug’rofiya, axloq, islom tarixi , hisob va xokazolar.
Munavvarqori Abdurashidxonov maktabga ilk kelgan bolaga avvalo bismillo va kalimai shaxodatni o`qitib, qo’liga daftar bilan qalam bergan. Bir xafta davomida o’quvchi qo’liga kitob bermay, alifboni yozdirgan. Shundan keyin uning qo’liga alifbo kitobni berib, dastlabki harfdan boshlab o’qita boshlagan va yozdira boshlagan.7
Uning yozishicha, har bir harfni o‘rgatayotganda mualim divdat bilan o’z maxoratini ishga solmog`i lozim. Muallim har bir saboqni qora taxtaga oq bur bilan yozib berishi kerak. Shu taxtaga yozilgan saboqni bolalar bir soat takrorlashi zarur. Keyin bolalarning o’zlashtirishiga qarab, berilgan saboqni kitobdan 10-15 marta ko‘chirib yozishga da’vat qilmogi kerak, Ertasi kuni, yangi saboq berishdan avval muallim topshirigini kim qay darajada bajargan yoki bajarmaganligini o’quv daftarlarini tekshirish orqali ko’rgan. Kimda kim topshiriqni bajarmagan yoki kam bajargan bo’lsa, unga o’qishdan keyin qolib, tayyorlatish jazosi qo’llangan. O’qituvchi yangi saboqni berishdan avval kechagi yozdirgan sabog‘ini bolalarning o’ziga o’qittirgan. Shundan so`ng so’zlarning ma’nosini ham og’zaki ravishda aytib berishi so‘ralgan.
Munavvarqori Abdurashidxonov muallim bolalarga shirin so’zli, yaxshi muomalada bo’lishi zarurligini aytadi.
Muallif o’z darsliklarining har bir sonidan uning usuli va mazmunan takomillashib borishi yuzasidan ish olib borgan. Natijada «Adibi avval» yangi usul maktablari uchun nashr qilingan alifbo kitoblari orasida tuzilishi jixatdan puxta darajaga kutarilgan, Shu o’rinda Samarqandlik pedagog jurnalist Xoji Muinning «Adibi avval» xaqida 1918 yilda bayon qilgan fikrini keltirish o’rinlidir: «Adibi avvali bir vaqt shunday yuzaki musoboqa davrini ko‘rib o‘tdi. O’zining kamchiliklarini tuzatib keluv soyasida bu risola soxibi shu musobaqadan so`ng ham birinchilik darajasini olib quydi.
Xullas, XX asrning birinchi o`n yilligida paydo bo’lgan Munavvarqori Abdurashidxonovning « Adibi avval» asari yangi usuldagi maktablar uchun o’ziga xos ravishda yaratilgan asar bo’ldi, U o’zidan oldin yaratilgan darsliklardan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Agar Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval» darsligida alifbo matnlar va tarjimalar ham qo’llangan bo’lsa, Munavvarqori Abdurashidxonovning «Adibi avval» asaridagi barcha matnlar muallif tomonidan tuzilgan .
Jadidchilik harakatining taniqli tadqiqotchisi, professor Begali Kosimov « Adibi avval» kitobi haqida quyidagi fikrni aytadi:» Adibi avval kitobining asosiy mazmunini diniy ma’lumot egallaydi..
Shuni alohida aytish kerakki, yozilgan asarga, darslikka o’z davri nuqtai-nazaridan turib munosabat bildirmoq lozim, Munavvarqori Abdurashidxonovning yaratilgan ushbu darsligi davrning talabi nuqtai-nazaridan yozilgan. Qolaversa, Munavvarqori Abdurashidxonov imom va xori edi. « Adibi aval» darsligida ilm, maktab, tarbiya, axloq borasidagi fikrlar shariat qoidalariga bog‘lab tushuntiriladi. Bu darslik bugungi kunda ham o’quvchiga, qolaversa, barchaga kerakli va foydali ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |