Reja: Kirish. I. Asosiy qism. 1. Ijtimoiy- pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati 2. Pedagogik texnologiya turlari va ta’riflari. 3. Ijtimoiy- pedagogning amaliy faoliyati va texnologiyalarning o'zaro aloqalari. ijtimoiy pedagogik texnologiyalar tasniifi 4. Ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarning amaliyotda qo’llanilishi yutuqlari II. Xulosa. III. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda “pedagogik texnologiyalar” deganda, insoniyat va texnik zahiralardan foydalanish orqali o’quvchilarning ta`lim-tarbiya jarayonlari tizimini rejalashtirish metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondashuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish va kafolatlangan ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi.“Ijtimoiy texnologiyalar” ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining asosi bo’lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog`liq texnologiyalarga juda yaqin. Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog`liq. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy- pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. Ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo’llashiga ko’ra, shunga mos tushuvchi faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi. Ish yakunlanganidan so’ng, ijtimoiy pedagog bola muammosi qanchalik to’g`ri hal qilinganiga baho berishi lozim. Ijtimoiy pedagogikada ijtimoiy-pedagogik jarayon alohida ajratiladi. Tegishli ijtimoiy-pedagogik hodisaning rivojlanish dinamikasi (o'zgarishi) yoki ijtimoiy o'qituvchining belgilangan harakatlari (pedagogik faoliyati) ketma-ketligi, tarbiyachi va o'qiyotgan shaxsning o'zaro ta'siri, ma'lum bir maqsadga erishishni ta'minlaydi. Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.