G.Kirshenshteynerning (1854-1932 y. Germaniya) pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularda ijodkorlikni o‘stirishga qaratilgan islox qilishga doir g‘oyani o‘rtaga tashlaydi. Uning ta’kidlashicha pedagogik tizimining asosiy tamoyillari-bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir.
Jon Dyui (1859-1952 y AQSh) pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga murojaat qilgan holda ta’lim tarbiya ishini amalga oshirish zarurligini ilgari surgan.
Vilgelm Lay (1862-1926 y. Germaniya) “Harakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning biologik tomonini-tug‘ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o‘yinlarida paydo bo‘lishini va ijtimoiy tarbiyachining reaksiyalariga ta’sirini ko‘rsatgan.
Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari orasidagi o‘rni borasida –bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo‘lib qolaveradimi, degan masalada bahs-munozara davom etmoqda.
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo‘lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan.
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20- yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagog jamiyatning tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini halqning madaniy va axloqiy darajasini ko‘tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o‘tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida e’tirof etila boshladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 70-yillarida Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. XX asrning 50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda “Bola huquqlari deklaratsiyasi”ning qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda alohida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Buni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ijtimoiy markazlarning tashkil etilganligidan ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |