Ijtimoiy pedagogika fan sifalida. Ijtimoiy pedagogika ta'rifi, tuzilishi va vazifalari


Ijtimoiy pedagogika ta'rifi, tuzilishi va vazifalari



Download 29,34 Kb.
bet5/7
Sana26.01.2022
Hajmi29,34 Kb.
#411026
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

Ijtimoiy pedagogika ta'rifi, tuzilishi va vazifalari.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator bahs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya vaamaliyotning birligi sifatidafaoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib keladi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan vaamaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishimumkin.

O’zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishigaasos bo’ladigan g’oyalar mavjuddir. XIX asrda o’zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy materiallar manbai hisoblanadi.

Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib qo’yildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro’y bera boshladi. Uning qayta “tug’ilishi” ijtimoiy pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu erda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko’paytirish yoki kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. SHu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya vaamaliyotning tizimlashtirilmagani bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq qamrab oluvchi ta’rifni barish ancha murakkab hisoblanadi, ammo Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qiladilar.

Masalan, Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o’qitish nazariyasi vaamaliyotidir” deb ta’kidlaydi.

A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika - barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogika”dir.

V.D.Semenov “Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi”ni ma’lum yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonidaamalgaoshiradigan fan, deb hisoblaydi.

I.P.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud:

“Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir”.

M.A.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo’lgan.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o’zi ob’ektiv bilimlarini tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o’rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ya’ni “Pedagogika” va “Sotsiologiya”ning birlashuvidan vujudga kelgan. Bu birlashuv tasodifiy emas. U fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni keyingi yillardaancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar - maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogika, kasb-xunar pedagogikasi, pedagogika tarixi va boshqa bir qancha fanlar mustaqil ilmiy sohalargaaylanib bo’ldi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo’ladi.

Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini o’rganadi. Biroq ular o’zigaxos yo’nalishlarni vaxususiyatlarni tadqiq etadi. Bu fanning o’zigaxos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan.

“Ijtimoiy” (lotinchada sosialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida insonlar orasidagi o’zaro munosabatlarning turli shakllari bilan bog’liq barcha jarayonlar tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatga qo’shilishi(integratsiya) bilan bog’liq xodisalarni alohidaajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari va boshqalar) ijtimoiylashuv deyiladi.

Shunday qilib, agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o’rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esabolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay ularning o’zigaxos vazifalari tufayli uzoqlashish ro’y berdi. Umumiy pedagogikaning o’zigaxos vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o’rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, guruhlarga birlashish sabablarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o’rganadi. Shu bilan birga o’z rivojlanishida umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. Hozirda uning nazariy vaamaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, “Mehribonlik uylari”, qariyalar uylarida yashovchilarga g’amxo’rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash va boshqalar kiradi.



Download 29,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish