Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari
Axborotni yig‗ish va qayta ishlash jarayoni elektron hisoblash texnikasini qo‗llash natijasida sifat jihatdan o‗zgaradi. Elektron hisoblash texnikasining muhim ahamiyati shundan iboratki, u tarixiy paradoksni yechish uchun texnik baza bo‗lib xizmat qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarish, texnika va ilm-fan insondan shunday tezlik talab qiladiki, bu uning jismoniy va psixologik imkoniyatlari chegarasidan yuqori. Elektron hisoblash texnikasi katta hajmdagi axborotlarni tezlik bilan qayta ishlashni ta‘minlaydi va rahbarlarga boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda yordam beradi.
Elektron hisoblash texnikasining keng imkoniyatlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida yanada to‗liq amalga oshiriladi. Ular boshqaruvning ilmiy asoslanganligini chuqurlashtiradi, chunki qarorlar qabul qilish rahbarning subyektiv fikri va hissiyotiga bog‗liq emas, balki foydalanilgan amaldagi va kutilayotgan holatlarning miqdor xarakteristikalarida asoslanadi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari rahbariyatni katta joriy ishlarni mexanik bajarilishidan ozod qilishga va muhim istiqbolli boshqaruv masalalarini ijodiy hal qilishga e‘tibor qaratishga yordam beradi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari boshqaruv tezkorligini oshirib, boshqaruv jarayonida insonning faol ishtirokini nazarda tutadi. Aynan inson qo‗shimcha axborotni hisobga olib, turli variantlar baxosi asosida oxirgi hal qiluvchi qarorni qabul qiladi.
Zamonaviy ilm-fan va texnika insonni rad etmay va uni almashtirmay, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda katta rol o‗ynaydi. Davriy fan-texnika yutuqlari boshqaruvni maqbullashtirish, boshqaruv muammolarini yechish jarayonlarini muvofiqlashtirishda yangi
imkoniyatlarni ochadi. Tabiiyki, bu imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlar xarakteriga bog‗liq holda turlicha amalga oshiriladi.
Bu yo‗nalishda elektron hisoblash texnikasining imkoniyatlari haqiqatdan ham juda katta. EHMlarni boshqaruvda yetarlicha qo‗llanilmasligining sabablaridan biri shundan iboratki, ular ma‘muriy tizimlar faoliyatini yaxshilash uchun ishlatiladi, lekin ijodiy masalalarni hal qilishga mo‗ljallanmagan. Buni EHMlarni boshqaruvda qo‗llash tajribasini o‗tkazgan amerikalik tadqiqotchilar ham tan olishadi. EHMlar amerikaliklar biznesida ma‘muriy va hisob ishlarini bajargani bilan, ular hozirgacha kompaniyalarning muhim tezkor muammolariga yetarlicha ta‘sir qila olmaydi. Aynan shu yerda EHMning ulkan salohiyatli imkoniyatlari yotibdi.
Hozir yechilishi kerak bo‗lgan asosiy nazariy va amaliy muammo shundan iboratki, boshqaruv bo‗yicha muhim faoliyat - strategik qarorlar qabul qilishga zamonaviy boshqaruv texnikasini qanday kiritishi kerak. Bu boshqaruvda tub o‗zgarish uning samaradorligini sifatli oshirish manbayi bo‗ladi.
Elektron hisoblash texnikasining axborotni qayta ishlash va qarorlar qabul qilish jarayonida rolining ortishi tahlil va qarorning insoniy uslublari chetlatiladi degani emas. Bunday uslublar sirasiga axborotni filtrlash va baholash, muqobillarini tanlash model va raqamli shakllardan foydalanish kabilar kiradi. Baholash va qaror qabul qilish uslublari keyin ham o‗z ahamiyatini saqlab qoladi, lekin elektron hisoblash texnikasi ochib beradigan imkoniyatlar hisobiga boyitiladi va kuchaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |