«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/492
Sana01.09.2021
Hajmi4,91 Mb.
#162172
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   492
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

 

5.2.Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi 

 

Shuni  ta’kidlash  lozimki,  tadbirkolikda  muvaffaqiyat  ko’p  jihatdan  bugun 

o’zini  biznesga  bag’ishlagan  insondagi  odob  sifatlari  yig’indisiga  bog’liq. 

Tadbirkor  shaxsining  bunday  xislatlari  ichida  asosiy  e’tibor  tadbirkorlik 

madaniyatining  shakllanishi  bilan  bog’liq  bo’lganlarga  qaratiladi.  Boshqaruv 

madaniyatida  asosiy  rolni  oqilona  boshlash  -  bilim,  zamonaviy  kontseptsiyalar, 

ilmtalab  texnologiyalar  o’ynaydi.  Boshqaruv  asosi  bilimlarisiz  jamiyatni  isloh 

qilish,  tadbirkorlik  faoliyatini  oqilona  amalga  oshirish  mumkin  emas.  Moliya  va 

tijorat  institutlari  egalari  soni  ortmoqda.  Shartnoma  bo’yicha  yollangan  va 

boshqaruv faoliyati natijalariga mas’ul bo’lgan har bir mahalliy menejer boshqaruv 

sohasida  kichik  bir  tadbirkorga  aylanmoqda.  Shunday  qilib,  yangi  turdagi 

tadbirkorlik madaniyati - menenjerlik shakllanmoqda. 

Bu  jarayon  ommaviy  miqyosda  sodir  bo’lib,  joylardagi  butun  boshqaruv 

tizimini  tubdan  o’zgartirmoqda  va  uni  maqsadli  qilmoqda:  aholi-aktsiyadorlar-

kengash-menejment.  Natijada,  menejerlar  nafaqat  keng  vakolatlar  oladilar,  balki 

aholi oldida ham mas’ul bo’ladilar. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bu menejerlar va 

mahalliy  ma’muriyat  mas’uliyatli  va  profes-sional  jamoasini  shakllantirishning 

yagona samarali mexanizmi. Aholi mahalliy hamjamiyat rivojlanishi maqsadlarini 

aniq-laydi,  ma’murlar  va  menenjerlar  korporativlik  va  menejerlik  tamoyillariga 

rioya qilgan holda joylardagi hokimiyat vakillik organlariga hisobot beradilar. Bu 




56 

 

nafaqat  korporativ  boshqa-ruvni  tashkil  etishning  muhim  tamoyili,  balki 



zamonaviy  boshqaruv  madaniyatini  shakllantirish  mexanizmi  sifatida  ham 

namoyon  bo’ladi.  Shunday  qilib,  korporativ  boshqarish  va  madaniy  kichik 

tadbirkorlik  yordamida  butun  jamiyat  hayotini  sog’lom-lashtirish  uchun  sharoit 

yaratiladi. 

XXI  asr  ko’rsatilgan  tendetsiyaning  yanada  ko’proq  kengayi-shini  talab 

qilmoqda.  Unda  iqtisodiyot  ijtimoiylik  va  ma’naviyat  ustidan  hukmronlik 

qilmaydi, balki ular ko’p jihatdan jamiyat rivojlanishi vektori, uning maqsadlari va 

ustuvor  yo’nalishlarini  belgilaydi.  Aynan  shuning  uchun,  aholi  tadbirkorligini 

cheklashga  har  qanday  urinish,  bu  sohani  davlat  ma’muriy  usullar  bilan  haddan 

oshiq nazorat qilishi rivoj-lanish manbalarini bo’g’adi, jamiyat tuzilmalarining o’z 

vaqtida  yangilanishini  to’xtatadi,  ba’zida  esa,  inqirozni  vujudga  kelti-radi. 

Jamiyatda  shunday  xaqiqatni  anglash  sodir  bo’lmoqdaki,  uning  muvozanati  eng 

boylar  va  eng  qashshoqlar  daromadlarning  farqi  o’n  barobar  bo’lishiga  imkon 

bermaydi.  Shu  narsa  tabora  oydinlashmoqdaki,  obyektiv  sabablarga  ko’ra, 

qashshoqlikda  yashayotgan  aholi  10%  dan  oshmasligi  kerak.  Bu  ko’pgina 

rivojlangan mamlakatlar uchun kritik nuqta hisoblanadi. 

Muammoni tushunish, ilg’or rivojlanish tendentsiyalarining namoyon bo’lishi 

ularni  hal  qilishning  yangi  usullarini  ham  yaratadi.  Ular  boshqaruv  sohasida 

vujudga  kelib,  strategik  va  taktik  xarakterga  ega.  Boshqaruv,  shuningdek  bozor 

organlari  aholini  ijtimoiy  himoyalash  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqi-shadi.  Bu 

bozorni  ijtimoiy  tomondan  chegaralash  imkonini  beradi.  Boshqaruvning  bosh 

sub’ekti - davlatning rivojlanishiga yangi talablar qo’yiladi. U xo’jalik faoliyatini 

nazorat  funk-tsiyalarini  o’zining  fuqarolari,  hududlari,  ishlab  chiqarish 

uyushmalari va assotsiatsiyalari kichik va o’rta korxonalarga berishi kerak. Bu o’z 

navbatida  mahalliy  o’z-o’zini  boshqarish  organlarining  moddiiy  -  moliyaviy  va 

huquqiy bazasini mustahkamlaydi. Ular nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy, bosh-qaruv 

va boshqa resurslardan samarali foydalanishga tobora faol ta’sir etadilar. 

Korporativlik  tamoyillari  korporativ  mulk  va  boshqaruv  madaniyatining 

rivojlanishi  jihatidan  umumiy  bo’lib,  ularning  hatti-harakati  jamiyat  hayotini 

tashkil  etishning  hamma  daraja-lariga  yoyilmoqda.  Ular  doimo  davlat  siyosati 

doirasiga  kiri-tiladi.  Uning  yordamida  davlat:  birinchidan,  korporativ  hayot  tarzi, 

korporativ  boshlashni  har  tomonlama  qo’llab-quvvatlashni  maqsadga  muvofiq 

amalga  oshiradi;  ikkinchidan,  hokimiyat  munosabatlarini  jamiyat  bilan 

korporativlik,  kelishuv,  o’z  huquq  va  resurslarini  hududlarga  va  ijtimoiy 

tashkilotlarga  berish  tamoyillari  asosida  o’zi  qurishga  majbur.  Bu  fuqarolik 

jamiyatining o’rnatilishi jarayonidir. U markaziy va mahalliy hokimiyat o’rtasidagi 

munosabatlarni  o’zgartirishga,  kelishuv  va  o’zaro  nazorat  asosida  ularning 



57 

 

muvozanatlashgan  hamkorligini  ta’minlashga,  hokimiyat  munosabatlariga 



ko’pgina mulk sub’ekt-lari kirishiga imkon beradi.  

Aynan  fuqarolik  jamiyati  sharoitlarida  markaziy  hoki-miyat  faoliyati, 

kapitaldan  foydalanish  ustidan  harakatchan  jamoatchilik  nazorati  mexanizmlari 

paydo bo’ladi.  

Ijtimoiy  menejment yordamida  moliyaviy  mablag’larni  ijtimoiy  ehtiyojlarga 

sarflash maqsadida byudjetni to’ldirish mexanizmlari ishlab chiqiladi, ish o’rinlari 

soni ortadi.  

Shuni  aytish  kerakki,  ijtimoiy  menejment  o’zining  zamonaviy  ko’rinishini 

korporativlik  nazariyasi  va  amaliyoti  ta’siri  ostida  namoyon  qilmoqda.  U 

menejment  taraqqiyotida  mavjud  mexanizma  amalga  oshirish  bilan  to’ldirib 

bormoqda. 

Shunday  qilib,  jamiyat  hayotining  bu  ikki  ko’rinishi  jamiyat  rivojlanishi 

maqsadlari bo’yicha ko’p jihatdan bir biriga mos keladi. Lekin ularning eng katta 

mosligi  maqsadlarda  emas,  balki  ularga  erishish  mexanizmlari  va 

texnologiyalaridadir.  Korporativlik  va  ijtimoiy  menejment  jamiyat  rivojlanishi-

ning 


zamonaviy 

sharoitlarida 

xo’jalik 

hayotining, 

ijtimoiy-siyosiy 

munosabatlarning sog’lomlashini ta’minlaydi. 

«Menejment»  so’zi  keng  ma’noda  -  bu  qo’yilgan  maqsadlarga  aql,  boshqa 

odamlar  orqali,  mexnat  bilan  erishishni  o’rganish  tushuniladi.  Tor  ma’noda  esa, 

menejment  bu  boshqaruv  bo’yicha  ishni  tashkil  etuvchi  ijtimoiy  qatlamning 

aniqlangan insonlar kategoriyasidir.  

Menejment  ostidagi  ijtimoiy  boshqaruvninng  zamonaviy  nazariyasi  va 

amaliyotida  alohida  ishlovchi,  ijtimoiy  guruh  yoki  butun  jamiyatni  boshqarish 

jarayoni  tushuniladi.  Deyarli  barcha  mashhur  horijiy  qomuslarda  «menejment» 

tushunchasi  ijtimoiy  tashkilot  maqsadiga  insonlarga  rahbarlik  qilish  hisobiga 

erishish jarayoni sifatida izohlanadi. 

«Menejment» ko’p ma’noli tushuncha, u quyidagilarni bildiradi: 

1) 

tadbirkorlik  faoliyati,  hayot  tarzi  va  zamonaviy  jamiyat  siyosati 



sohasiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy va iqtisodiy institut; 

2) 


ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida boshqaruv mehnatida 

band bo’lgan shaxslar yig’indisi; 

3) 

jamiyat  ishlab  chiqarishini  boshqarishning  texnik  -  tashkiliy  va 



ijtimoiy-iqtisodiy  jihatlarini  o’rganuvchi  ilmiy  fan,  «boshqarish  tuzilmalari, 

shaxslararo 

munosabatlar 

tizimi 


va 

mexanizmi, 

mehnat 

faoliyatini 

rag’batlantirish». 

«Menejment  o’z  oldiga  har  qanday  faoliyat  sohasiga  yaroqli  umumiy 

boshqaruv tamoyillarini shakllantirish va amalda qo’llashni maqsad qilib qo’ygan. 

Ularga quyidagilar kiradi: boshqaruv muammolari va maqsadlarini aniqlash; ularga 




58 

 

erishishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish; tashkilot ichida turli bo’linmalar 



hamkorligi;  ierarxik  tuzilmani  mukammallashtirish,  qarorlar  qabul  qilish 

jarayonlari va kommunikatsiyalarini maqbullashtirish». 




Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish