«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Ilg’or o’zgarishlar davri



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/492
Sana01.09.2021
Hajmi4,91 Mb.
#162172
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   492
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

1.3.Ilg’or o’zgarishlar davri. 

Biz yashayotgan davr bu dinamik o’zgarishlar davri. Barcha jarayonlar juda 

tez  va  qarama-qarshi    rivojlanmokda. Bunday  vaziyatni    amerikaliklar  «chaqiriq» 

so’zi  bilan  ataydilar,  u  o’zida  ma’lum  imkoniyatlar  va  taxdidlarni 

mujassamlashtiradi. 

Juda xavfli  tendentsiyalar ichida quyidagilar asosiy bo’lib hisoblanadi:  

a) sayyoramiz tabiiy muxitida sodir bo’layotgan o’zgarishlar (biologik xilma-

xilliklarning    tez  yo’qolib  ketishi,  «bug’xona  samarasi»ning  oshishi  va  uning 

natijasidagi  iqlimning    o’zgarishlari,  ozon  qatlamning  emirilishi,  o’rmon 

maydonlarining qisqarishi, er, suv va atmosferaning inson faoliyati chiqindilaridan 

zaharlanishi). 

b)  har  xil  mamlakatlar  o’rtasida  va  alohida  mamlakatlar  ichida  ijtimoiy 

farqlanishning  tez  o’sishi.  Bu  resurslar  uchun  kurash  bilan  uyg’unlashib  joriy 

mahalliy  mojarolar va global xavfni keltirib chiqarmoqda. 

v) sayyoraning resurs imkoniyatlari qisqarib borayotgan paytda er aholisining 

tez ko’payishi. 

g) qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan  foydalanish rejimining buzilishi, 

kelajak avlod manfaatlarini zamondoshlar tomonidan hisobga olmaslik. 

Shuning  uchun,  shunday  xavf  paydo  bo’lmoqdaki,  uning  markazida 

insonning  zavol  topishi,  uning  jamiyat  bilan  aloqasida  madaniyat  va 

ma’naviyatining emirilishi yotadi. 

Shaxs  va  jamiyat  o’rtasidagi  qarama-qarshilik  dunyoning  muvozanatdan 

chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. U bugungi kundagi ijtimoiy portlashlar va 

halokatlar o’sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu dunyo oldida turgan dolzarb 

muammolardan  biri  bo’lib  uning  echimiga  ijtimoiy  rivojlanish  sur’atlari  va 

ma’naviy tamoyillar ko’p jihatdan bog’liq. 

Tabiat  ustidan  hukmronlik  qilishga  intilish  insoniyatni    ijtimoiy  va  tabiat 

olamini  shunday  shakllantirdiki,  bugungi  kunda  ko’pchilik  odamlar  o’zlarining 

yashab o’tgan umrlaridan qoniqish hosil qilmaydilar, hayotda o’zlariga o’rin topa 



11 

 

olmaydilar.  Ko’pgina  nohaqliklarni  ko’radilar,  lekin  hech  narsani  o’zlariga 



olmaydilar;  ular  o’zlarini  ijodiy  faoliyatga  bahsh  etishni  xohlaydilar,  lekin  butun 

umrlarini  hayot  uchun  pul  ishlashga  sarf  qiladilar.  XXI  asr  yangi  madaniyatni  va 

insonning  yangi  tipini  bunday  asosda  yaratib  bo’lmasligidan  bugungi  ilmiy 

tadqiqotlar dalolat beradi. 

Lekin bunday qarama-qarshilikni anglash juda qiyin kechadi. Ha, menejerlik 

(boshqaruv) inqilobi XX asrning ikkinchi yarmida etakchi mamlakatlarning tezkor 

rivojlanishidagi,  bozor  munosabatlarini  amalga  oshirish,      tanazullarni  engib 

o’tishda,  bozor  munosabatlarini  takomillashtirishda  ko’plab  bozor  sub’ektlari  va 

mulkning ko’rinishlarini paydo bo’lishida  asosiy  omil  bo’ldi. Menejerlik inqilobi 

ta’sirida ko’p zamonaviy tsivilizatsiyalar mashhur ijtimoiy  natijalarga erishdilar.  

Tadbirkorlik  hamda  boshqaruvning  yangi  madaniyati  shakllanmoqda.  Uning 

mazmuni  nimada?  Birinchi  navbatda,  unda  oqilona  boshqarish,  bilim,  ilmiy 

loyihalashtirish  va  dasturlash,  matematik  va  ijtimoiy  modellashtirishni  oqilona 

tadbiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy boshqaruvning bu usullari ijtimoiy 

resurslar,  «inson  omili»  resurslaridan  to’liq  foydalanishga  qaratilgan.  Boshqaruv 

bilimlarining, boshqaruv kontseptsiyalarining, loyiha va dasturlarning shakllanishi 

mahalliy hamjamiyatlar yutug’i natijasida mahalliy menejment tez rivojlanmokda. 

Millionlab  boshqaruvchilar  (menejerlar)  miyasida  sifat  o’zgarishlari  sodir  bo’lib, 

ular  mutaxassislarga  aylanib,  hududlarning    ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 

sur’atlariga samarali  ta’sir qilmoqda. Moliya institutlari va tijorat tashkilotlarining 

shaxsiy  egalari  soni  ortmoqda.  Shartnoma  asosida  yollangan  va  boshqaruv 

faoliyatiga  mas’ul  bo’lgan  har  bir  mahalliy  menejer  o’z  ishi  natijalariga  ko’ra 

boshqaruv 

sohasida 

kichik 

bir 


tadbirkorga 

aylanadi. 

Shunday 

qilib, 


tadbirkorlikning yangi turi - menejerlik shakllanadi.     

Bu jarayon keng doirada sodir bo’lib, butun boshqaruv tizimida o’z o’rnida 

negizidan  o’zgartirib  va  uni  maqsadli  qiladi:  aholi-aktsiyadorlar-kengash-

menejment.  Natijada,  menejerlar  keng  vakolatlarga  ega  bo’ladi,  lekin  berilgan 

vakolatlarga aholi oldida javobgar bo’ladilar jahon tajribasiga binoan, bu nafaqat 

menejerning,  balki  mahalliy  ma’muriyat  va  mansabdorlar  apparatining  ham 

mas’uliyatli va professional jamoasini tuzishning eng samarali usulidir. Menejment 

va korporatizm tamoyillariga asosan aholi ma’muriyat va menejerlarning mahalliy 

hamjamiyatini  rivojlanish    maqsadlarini  belgilab  berib,  uning  davlat 

tashkilotlarining  mahalliy  organlariga  xisobot  topshirishini  kafolatlaydi.  Bu 

ijtimoiy  boshqaruv  tashkilotining  asosiy  tamoyili  sifatida  ishtirok  etmay,  balki 

tadbirkorlikni  zamonaviy  boshqaruv  madaniyatini  amalga  oshirish  mexanizmi 

sifatida ishtirok etadi.    

Rivojlangan  kichik  tadbirkorlik  yordamida,  birinchi  navbatda  innovatsion, 

ilmtalab  sohalar  yordamida  butun  jamiyat  hayotini  ma’naviyat  va 



12 

 

boshqaruvchanlik asosida sog’lomlashtirish uchun sharoit yaratildi. XXI asrda bu 



tendentsiyani yanada kengaytirish talab qilinadi, sababi bu asrda ijtimoiylashuv va 

ma’naviyat  usti  iqtisodiyot  emas,  balki  jamiyat  taraqqiyoti,  uning  maqsadlari  va 

extiyojlari boshqaradi.   

Jamiyatda,  oxir-oqibat  shunday  xaqiqatni  anglash  sodir  bo’ladiki,  uning 

muvozanati  juda  boylar  va  juda  qashshoqlar  daromadlarida  10  martalik  farq 

bo’lishi  mumkin  emasligiga  olib  keladi.  Aholining  10%dan  kami  qashshoqlikda 

obyektiv sabablar bo’yicha yashashi mumkinligi tobora oydinlashmoqda. Ko’pgina 

rivojlangan mamlakatlar uchun bu kritik nuqta xisoblanadi.  

Muammoni tushunish, joriy rivojlanish tendentsiyalarining namoyon bo’lishi, 

ularni  hal  qilishning  yangi  usullarini  ham  keltirib  chiqaradi.  Ular  boshqaruv 

sohasida  yuzaga  kelib,  strategik  va  taktik  xarakterga  ega.  Boshqaruv  organlari 

shuningdek,  davlat  aholi  ijtimoiy  himoyalash  choralarini  ishlab  chiqmoqda.  Bu 

bozorni yanada ijtimoiy cheklashga imkon beradi. 

Boshqaruvning  bosh  obyekti  -  davlatga  yangi  talablar  qo’yilmokda.  Bu  o’z 

navbatida  mahalliy  o’z-o’zini  boshqarish  organlarining  moddiy-moliyaviy  va 

huquqiy bazasini mustahkamlaydi, qachonki faqat tabiat resurslaridan emas, balki 

hududiy  resurslaridan  (ijtimoiy,  madaniy  -  ma’naviy,  boshqaruv)  to’g’ri 

foydalanganda.  

Ular  hukumat  va  boshqaruvning  yuqori  pog’onalarida  ular  vazifalariga  xos 

bo’lmagan asos topadi va boshqaruvning zamonaviy usullariga e’tibor qaratishga 

imkon  beradi.  Hozirda  mahalliy  hamjamiyatlar,  alohida  tashkilot  yoki  firma, 

axborotlar,  texnologiyalar,  ma’lumotlar  banki  asosida  korporativ  maqsad 

natijalariga asoslangan xolda o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmokda. 

Shuning  uchun,  jamiyatda  boshqaruv  madaniyatining  o’rnatilishining  tezlashgan 

jarayoni  amalga  oshirilmoqda,  «pastdan  yuqoriga»  kontseptual  fikrlash  amalga 

oshirilmoqda.  Hayotda  sinalgan  dasturiy-maqsadli  va  boshqaruvning  bashorat 

usullari  uning  hamma  bosqichlarida  boshqaruv  faoliyatining  me’yoriga 

aylanmoqda. 

Ijtimoiy  taraqqiyotning  rivojlanishiga  to’sqinlik  qiluvchi,  ijtimoiy 

muvozanatni  buzishning  asosiy  sababi  bo’lib,  ijtimoiy  boshqaruv  tizimining 

rivojlanmagani,  ijtimoiy  menejmentning  samarasizligi,  uning  nazariya  va 

amaliyotini o’zlashtirishdagi  etishmovchiliklar hisoblanadi. 




Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   492




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish