«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


 yilning 28 oktabrdan 1 noyabrgacha Toshkent shahrida navbatdagi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

2014 yilning 28 oktabrdan 1 noyabrgacha Toshkent shahrida navbatdagi
VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o’tkazildi.
XSYKBni o‘tkazishdan maqsad - xo‘jalik sub‘ektlariga ishlab chiqarishni 
optimallashtirishda, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo kooperatsiyani yanada 
mustahkamlash 
va 
rivojlantirishga 
ko‘maklashish, 
respublikada 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar haqida keng ma‘lumot berish, korxonalarga hamkorlar 
topish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘tasida, o‘zi ishlab chiqargan 
mahsulotlarni sanoat kooperatsiyalari bo‘yicha yetkazib berish shartnomalari 
shuningdek, eksport kontraktlarini imzolashga yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
Ushbu tadbir davomida 50 dan ortiq mamlakatlardan, 1200 dan ortiq xorijiy 
firma va kompaniya vakillari ishtirok etdilar. Namoyish maydonlarida 20 mingdan 
ortiq eksponatlar joylashtirilib, ularning orasida tayyor mahsulotni, qadoqlovchi 
ishlanmalar va materiallarni 2014-2016 yillarda mahalliylashtirish loyahasi asosida 
o‘zlashtirilgan 600 dan ortiq yangi turlar joy egalladi
.
Shu kunda 1700 dan ortiq respublikamizning korxona, kompaniya va 
tashkilotlari o‘zlarining mahsulotlarini ―O‘zekspomarkaz‖ning ochiq maydon va 
pavilionlarida namoyish etdilar. 
 


240 
Yarmarka ishini ikki bosqichda o‘tkazish an‘anaga aylandi: birinchi bosqichda 
sohaviy va mintaqaviy ko‘rgazmalar va yarmarkalari bo‘lib o‘tdi, 2014 yilda ushbu 
yarmarkalar mart-iyun oylarida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bosqich-Xalqaro sanoat 
yarmarkasi va Kooperatsiya birjasidir. Shu maqsadda, Xalqaro sanoat yarmarkasi va 
Kooperatsiya birja ishini tashkillashtirishda O‘zekspomarkaz milliy ko‘rgazma 
majmuining barcha infratuzilmasi, 4 ta ko‘rgazma zali, 2 ta atrium, ochiq 
maydonchalar va konferentsiya zallari jalb etilgan, o‘n ming kvadratmetrli 
ko‘rgazma maydonida yangi ishlanmalar, xalqaro standartlarga to‘liq javob beruvchi 
sifatli, importga yo‘naltirilgan mahsulotlar namoyish etiladi. 
 
VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida mashinasozlik, 
avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish, metallurgiya, kimyo, neftekimyo, 
farmatseftika, oziq-ovqat va yengil sanoat tarmog‘i hamda boshqa ko‘plab mahalliy 
ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari vakillar qatnashishdi. 
Ta‘kidlab o‘tish joizki, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 
ishtirokchi va qatnashchilari har kuni tarmoq va korxonalarning texnik va 
texnologik imkoniyatlari bilan yanada yaqinroq tanishish borasidagi 70 dan ortiq 
prezentatsiyalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Umuman olganda 
yarmarka tadbirlari, yangi tovar turlarini o‘zlashtirish uchun koopertsiya aloqalarini 
rivojlantirish, ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan xom-ashyo va materiallar, 
qadoqlovchi va ishlab chiqaruvchi-texnikviy ishlanmalarni yetkazib berish yoki 
sotib olish, eksport uchun shartnomalar tuzishga yo‘naltirilgandir.
Sanoat tarmoqlarining talablarini baholay turib, Koopratsion birja qatnashchi-
korxonalari rivojlanish istiqbollarini oldindan belgilab olish, ishlab chiqarishni 
rejalashtirish va kelgusi yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega 
bo‘ldilar. Birgina korxona doirasida ishlab chiqarish imkoni mavjud bo‘lmagan 
yangi mahsulot, ishlab chiqarish resursi va texnologik imkoniyati mavjud bo‘lgan 
boshqa korxonani jalb qilish hisobidan o‘zlashtiriladi. Talab va taklifning 
rivojlanishi va o‘zaro manfaatli yetkazib berish asnosida mahalliy ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni tashkillashtirishga imkoniyat tug‘ildi. 
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizning 
barcha iste‘molchilari mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan asbob-


241 
uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xom-ashyo va materiallarni 
qo‘shimcha tenderlar o‘tkazmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotib 
olish amalga oshiriladi. 
Mahsulotni yetkazib berish borasidagi shartnomalar yarmarka direktsiyasi 
ro‘yhatidan o‘tadi va Davlar reestriga kiritiladi. 
Kooperatsion birja qatnashchilariga respublikaning vazirlik va idoralari bank, 
sug‘urta kompaniyalari, sertifikatlashtirish va standartlashtirish sohasiga 
ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxasislari, tashqi iqtisodiy aloqalar va maxsus tashqi 
savdo kompaniyalari ekspertlarining ―on-layn‖ ko‘magi havola etiladi. 
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida sanoat 
kooperatsiyasi bo‘yicha 8,0 trillion so‘mga yaqin mahsulot yetkazib berishga va 
eksportga 6,7 milliard dollarga shartnomalar tuzildi. 
Sanoatni rivojlantirishning muhim sharti sifatida –ushbu tadbir birjasi uzoq 
muddatli xo‘jalik aloqalarini shakllantirish va kengaytirish uchun bozor 
infratuzilmasini tashkil etish; korxonalarga zaruriy xom-ashyova kredit resurslaridan 
foydalanish, mahalliy xom-ashyo bazasi negizida butlovchi buyumlar va materiallar, 
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda mahalliylashtirish dasturlari sanoat 
kooperatsiyasini rivojlanishiga xizmat qiladi. 
O‘tkazilayotgan 8-Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi 
ishtirokchilar uchun 2014 yilning eng muhim voqealaridan biri bo‘lgani 
shubhasizdir. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish