«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

To’rtinchi bosqich
o‘z stendingizda tashrif buyuruvchilarni qabul qilish 
bilan bog‘liq. Buni ikki xil yo‘l bilan amalga oshirish mumkin:
a)
birinchidan, bu oldindan rejalashtirilgan va vaqti belgilangan uchrashuvdir. 
Odatda bunday uchrashuv oldindan tanish bo‘lgan mijoz bilan o‘tkaziladi. Shuning 
uchun bunday uchrashuvga hamma narsa, ya‘ni hujjatlar, muzokaralar xonasi, stol 
va h.k., oldindan tayyorlab qo‘yilishi lozim.
b)
ikkinchi holatda uchrashuv haqida oldindan kelishilgan bo‘lmaydi, ammo tashrif
buyuruvchi sizni qiziqtirishini va u bilan suhbat foydali bo‘lishi mumkinligini sezib
turasiz. Agar siz (yoki sizning xodimlaringiz) boshqa muzokaralar o‘tkazmayotgan 
va qabul uchun bo‘sh xona yoki muzokaralar stoli mavjud bo‘lsa, suhbatni shu 
zahotiyoq o‘tkazgan ma‘qul. Chunki keyinchalik tashrif buyuruvchi qaytib
kelmasligi mumkin. Agar uni o‘sha paytning o‘zidayoq qabul qilishning imkoniyati 
bo‘lmasa, unda u bilan keyinroq uchrashuv o‘tkazishni kelishish, lekin shunda ham 
uchrashuvni imkon
qadar o‘sha kunning o‘zidayoq amalga oshirishga harakat qilish 
lozim. 
Beshinchi bosqich
– ko‘rgazmaga mos ravishda esdalik sovg‘alarini 
tayyorlash. Ular albatta reklama bilan birga bo‘lishi kerak. Bunday sovg‘alarga 
misol qilib ruchkalar, bloknotlar, kalit zanjirlari, papkalar va hokazolarni keltirish 
mumkin. Lekin ularda albatta sizning firmangiz belgisi va,
imkoni bo‘lsa, kontakt rekvizitlari bo‘lishi kerak.
Milliy ruhdagi sovg‘alar ham juda yaxshi esdalik bo‘lishi mumkin, ammo 
ularni korxonaning ishlab chiqarish dasturi bilan bog‘lash – biroz murakkabroq 
vazifa. 
Oltinchi bosqich 
– ko‘rgazmani o‘tkazish davomida o‘tkazilgan 
uchrashuvlar natijalarini umumiylashtirish. Stend yonida ishlash quyidagi qat‘iy va 
o‘zgarmas qoidaga asoslangan bo‘lishi kerak: har bir uchrashuvdan ma‘lum bir 
natija olinishi kerak! Ya‘ni uchrashuvlar bo‘yicha qaydlar shu zahotiyoq 
rasmiylashtirilishi va kun oxirida albatta umumlashtirilishi lozim. Qaydlarda, hech 
bo‘lmaganda, kim kelganligi, uning qaerdanligi (tashkilotning nomi va telefonlari), 
ularning qiziqishlari, nimaga kelishib olingani, nimalar va‘da qilingani kabi 
savollar aks ettirilishi lozim bo‘ladi.


239 
Ko‘rgazma tugaganidan 3-5 kun o‘tgandan keyin, ushbu qaydlar asosida va 
hali-hanuz yangi taassurotlar asosida ko‘rgazma natijalari bo‘yicha qisqacha tahliliy 
umumlashtirilgan ma‘lumot tayyorlanishi talab qilinadi. Unda ko‘rgazma natijalari
(muvaffaqiyatlar va yo‘l qo‘yilgan xatolar), ko‘rgazma natijalaridan keyinchalik
foydalanish va ishlarni davom ettirish bo‘yicha tadbirlar rejasi aks ettiriladi.
Esingizdan chiqarmang: ko‘rgazmada qatnashish ko‘p vaqt va katta chiqimlarni
taqozo etadi! Faqat ko‘rgazmadan oldin, ko‘rgazma davomida va undan keyingi 
ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish orqaligina Siz sarf qilingan harakat va 
mablag‘laringizni oqlashingiz mumkin. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish