«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

11.1.
 
Birja savdosida savdo uylarining ahamiyati. 
Savdo uylarini jahon bozor sistema tizimida paydo bo‘lishi 19 asrni 2 - 
yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davr axborot o‘zatishni yangi vositalariga asoslangan 
sanoat, fan va texnikani gurkirab taraqqiy etishi, savdo aloqalarini keng quloch 
yoyishi bilan izohlanadi. 
Bu sharoitda tovar sotish va uni yetkazib berishni o‘zi kamlik qilardi. 
Xaridorlarni jalb qilish, savdoni yangi usuli va shakllarini topish zarur edi. Tovar 
sotish, yukni tashib berish , uni sug‘urta qilish, yuk kemalariga yetkazib berish, 


182 
transport dispetcherlik xizmati, axborot xizmati, tovarlarni jamlab sotish kabi xizmat 
turlari bilan to‘ldirildi. 
Yuqorida zikr etilgan xizmatlarni rivojlanishi tovar ishlab chiqaruvchilar 
bilan birgalikda ishlash zaruriyatini tug‘dirdi. Bu aytib o‘tilgan xizmatlarni 
kengaytirishgina emas, balki xaridorning shaxsiy extiyoj, xohishini qondirishga 
qaratilgan mahsulot texnik harakteriga ma‘lum o‘zgartirishlar kiritish orqali amalga 
oshirish imkoniyatini yaratdi. Savdo xodimlari shu yo‘l bilan ishlab chiqarish 
tarkibiga ta‘sir eta boshladilar. Ta‘sir samarador bo‘lishi uchun savdogarlar o‘z 
pullarini ishlab chiqarishga sarflay boshladilar. 
Shu tariqa savdo uylari savdo vositachi tarkib sifatida paydo bo‘lib, ishlay 
boshladilar. 1917 yilgacha Rossiyada bir necha savdo uylari faoliyat ko‘rsatar 
edilar. Ularni asoschilari ko‘pchilikka tanish savdogar va tadbirkor kishilar edilar 
Rossiya savdo uylarining ayniqsa, tukimachilik va ozik-ovkat va boshqa iste‘mol 
mollari bozoridagi faoliyatlari e‘tiborga molik edi. 
Savdo uyi yirik savdo tashkiloti bo‘lib uning muhim xususiyatari; tovar ishlab 
chiqarish soxasiga faol kirib borish, ishlab chiqarish koperatsiyalarini tashkil etish 
va moliyaviy kredit operatsiyalarda qatnashishidir. 
Dunyodagi savdo uylarining asosiy maqsadlari quyidagilar : 

vositachilik operatsiyalarini ijobiy takomillashtirish va kengaytirish asosida 
tashki iqtisodiy aloqalarni faollashtirish; 

jahon tovar bozorlaridagi kon‘yunktura o‘zgarishlariga tezlik bilan javob 
chora ishlab chiqish; 

raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va sotuvini tashkil qilish; 

kichik va o‘rta firmalarini birlashtirib ulardagi tovarlar sotuvini 
moliyalashtirish; 

reklama marketing xizmatlari, izlanishlari harajatlari va muomala 
harajatlarini kamaytirish ; 

mijozlarga keng kulamda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish bilan bilan oldi-
sotdi jarayonini boyitish; 

ishlab chiqarish tarkibiga ta‘sir ko‘rsatish jumladan, bu ishni savdo 
sarmoyasini ishlab chiqarishga investitsiya qilish orqali amalga oshirish. 


183 
Savdo uylari iqtisodiyot taraqqiyotining o‘tish davrida bir tarafdan egalariga 
eng ko‘p savdo foydasini keltirib boshqa tarafdan bozorni xilma-xil tovarlar bilan 
boyitib, o‘z mamlakatlarini eksport pozitsiyalarini mustaxkamlab, ayniqsa samarali 
faoliyat ko‘rsatadilar. 
Savdo uylarini rivojlanish tarixini ko‘zdan kechirib, birinchi galda 
qonunchilikka e‘tiborni qaratish mumkin. Bir qator Braziliya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Xindiston, Frantsiya va boshqa davlatlarda savdo uylarinig mamlakat 
eksport siyosatini va iqtisoddagi katta ahamiyatini hisobga olib maxsus qonunchilik 
aktlari va me‘yoriy hujjatlar qabul qilingan. Ularda savdo uylari faoliyati davlat 
tomonidan muvofiqlashtirilib, savdo uylariga nisbatan ma‘lum ustunlik va 
imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Rossiya qonunchiligida ―Savdo uyi‖ degan tushuncha 
yo‘q. Shu bilan birga amaldagi qonunlarda savdo uylari faoliyatini tashkil etish, va 
tartibga solish nuktai nazardan xech qanday qanday tuskinliklar yo‘q. 
Sobik SSSR qonunchiligida savdo uylari birinchi bor, SSSR Ministrlar 
Sovetining 1988 yil 2-dekabrdagi 1405- raqamli ―Davlat korxona va muassasa 
tashkilotlari tashki iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish haqida‖gi qarorida tilga 
olingan edi. SSSR Ministrlar Sovetining 1990 yil 20-iyuldagi 712-raqamli SSSR 
xududida xorijiy valyutaga chakana savdo xizmatini yanada takomillashtirish qarori 
chikishi bilan savdo uylari tuzish uchun ancha jiddiy huquqiy asos paydo bo‘ldi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish