Nazorat savollari
1.
Tovar birjalari funktsiyalari va vazifalariga nimalar kiradi?
2.
Tovar birjalari boshqaruv tashkilotlarni birma bir sanab o‘ting.
3.
Tovar birjasining oliy organi va uning vakolatlari haqida nimalar bilasiz?
4.
Tovar birjalarining tarkibiy tuzilishi tariflab bering.
5.
O‘zbekistonda tovar birjalari faoliyati qaysi hujjatlar asosida tashkil etiladi?
6.
O‘zbekiston Respublikasining ―Birja va birja faoliyati to‘g‘risida‖gi qonuni
qanday vazifani bajaradi?
7.
Tovar birjalarining faoliyati uchun qanaqa ta‘sis hujjatlari zarur bo‘ladi?
8.
Tovar birjasining tashkiliy bo‘linmalari nimalar bilan shug‘ullandilar?
5-mavzu. Birja faoliyatini tashkil etish
.
Reja:
5.1.
Birja savdosi ishtirokchilari.
5.2.
Birja operatsiyalari zalidagi savdo jarayoni.
5.3.
Birjada savdolashish tartibi.
5.1. Birja savdosi ishtirokchilari.
Birjada asosiy faoliyat bi rja bitimlari bitish uchun sharoitlar yaratish
hisoblnadi. Birinchi navbatda birjani tashkil etish masalalari hal etilgan, asosiy
masala savdo bitimlarini bitish masalalari hal etilishi zarur.
Tovar birjasi bozor iqtisodiyotining klassik instituti bo‘lib, tashkiliy
rasmiylashtirilgan, rasmiy narx kotirovkasi namunalari va standartlar bo‘yicha
77
bitimlar tuzish vaqti va doimiy joyiga ega bo‘lgan muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi
tovarlar ulgurji bozori hisoblanadi.
Tovar birjasi - vositachilik faoliyatini tashkil qilish va oldi-sotdi bitimlarini
amalga oshirish, ayirboshlash operatsiyalarida xizmatlar ko‘rsatish, birja savdolarini
muntazam o‘tkazish vositasida tijorat maslahatlari berish, birja byulletenlari
chiqarish, bozor haqida axborot to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish va boshqa
chora-tadbirlar bilan shug‘ullanuvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan tovarlar ulgurji
bozori.
Birja bozor mexanizmining tarkibiy qismi; u talab va taklif real nisbatini
aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ularga ulgurji bozorni
yo‘naltiradi, tovar massasini tovar muomlasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, birja xedjlash orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narxlar
farqida tijorat chayqovlari vositasi va shu asosda investitsiyalashning jalb etuvchan
sohasi hisoblanadi.
Tovar birjalarida savdo bitimlari operatsion zalida, yoki ―birja ringi‖ deb
ataluvchi maydonchada olib boriladi. Birja operatsilari zaliga birjada operatsiyalar
huquqiga ega bo‘lgan mutaxassislargina kiritiladi.
Birja savdosida operatsiyalar zaliga faqat savdo qatnashchilari kiritiladilar .
Ularga birja ish tajribasiga ega, shu ishga maxsus yollab olingan xodimlar va hamda
birja komitetlari vakillaridan iborat kishilar bo‘lishlari mumkin. Ular o‘z navbatida
brokerlar, diller-dallol, treyderlar, klerk va maklerlardan iborat. Bulardan tashqari
operatsiyalar zaliga birja xodimlari; bosh ijrochi rais, Boshqaruv raisi, birja
kengashining ma‘sul a‘zosi va davlat komissari hamda birja kengashi tomonidan
ruxsat etilgan boshqa kishilar kiritilishlari mumkin.
Birjada savdo tarmog'i o'tkazishda, odatda, ko'p odamlar ishtirok etadi. U yerda
ishlayotganlar aniq soni har kuni, ba'zida esa har soat o'zgarib turadi. Kimdir savdo
halqasida bir necha soat bo'lib, so'ng tanaffusga chiqishi va yana savdoning
oxirlarida qaytishi mumkin. Bozor favqulodda faollik holatida bo'lganda zal to'lib
ketishi ham mumkin. Savdo zaliga kirish cheklangan. Birja vositachilari savdo
zalida ishtirok etadiganlardan bid sanaladi. Ular qatoriga brokerlar va maklerlar
kiradi.
78
Broker - bu ishlab chiqaruvchi va diler o'rtasidagi yoki diler va iste'molchi
o'rtasidagi munosabatlarda agent sifatida qatnashadigan vositachi. Brokerlar faqat
komission mukofotlar oladi.
Brokerlik idorasi birjada asosiy operatsion bo'g'in hisoblanadi. U birja
ma'muriyati vaqt-vaqti bilan o'tkazib turadigan tender savdolarida sotib olinishi
mumkin bo'lgan to'liq birja a'zosining joyi mavjudligida tashkil etilishi mumkin.
Bitta to'liq qatnashchi joyiga faqat bitta brokerlik idorasi tashkil qilinishi, o'z
navbatida, u brokerlar belgilangan sonini bepul akkreditatsiyalashi mumkin.
Brokerlik idorasi mijozlar bilan brokerlik xizmatlari ko'rsatish haqida
shartnomalar tuzish, shuningdek, o'z hisobidan harakat qilish huquqiga ega. O'z
xizmatlari uchun brokerlik firmalari tuziladigan bitim turi bilan ham, topshiriq turi
bilan ham belgilanadigan mukofot oladi. Komission to'lovlar har oy uchun qat'iy
belgilangan miqdorda yoki har bitta bitim uchun foydadan olinadigan foiz
ko'rinishida olinishi mumkin.
Dunyoning eng yirik brokerlik kompaniyalari:
«Morgan Stepin», AQSH
«Solaman braders», AQSH
«Merrim Linch», AQSH
«Nashura», Yaponiya
«Dayva sekyuteriz», «SDJ. Uorbkurg», Buyuk Britaniya
«Dalkiniyen sekyuritiz», Kanada.
Mijozlar va brokerlik idoralari o'rtasidagi munosabatlar ular tuzadigan
shartnoma va bitimlar asosida vujudga keladi. Bunday bitimlar bir nechta bo'lishi
mumkin: odatda, doimiy mijoz bilan belgilangan muddatga tuziladigan brokerlik
xizmatlari ko'rsatishga shartnoma, mijozga o'z brokeridan birja axboroti yoki
mijozni qiziqtirayotgan tahliliy sharh olish imkoniyatini beradigan axborot
xizmatlari ko'rsatishga shartnoma. Shuningdek, boshqa bitimlar ham tuzilishi
mumkin, masalan, vakillik yoki qo'shma faoliyat haqidagi bitimlar.
Mijoz bilan ishlashda brokerlik idorasi o'z birjasining hisob-kitob firmalaridan
birida bu mijoz bilan ishlash uchun hisob raqami ochadi. Broker bilan belgilangan
turdagi bitim tuzish haqida kelishib olar ekan, mijoz unga topshiriq beradi, bu
79
topshriqlar variantlari xilma-xil bo'lishi mumkin. Masalan, bitta idoraning brokerlik
xizmatlari ko'rsatish haqidagi shartnomasida mijoz brokerga quyidagi topshiriq
turlarini beradi:
tovarni joriy birja narxida sotib olish;
tovarni joriy birja narxida sotish;
tovarni joriy birja narxidan qimmatga sotib olmaslik;
tovarni joriy birja narxidan arzonga sotmaslik;
tovarni uning narxi belgilangan qiymatga yetgan paytda sotib olish;
tovarni uning narxi belgilangan qiymatga yetgan paytda sotish;
tovarni brokerning xohishi bilan sotib olish;
tovarni brokerning xohishi bilan sotish.
Makler - bu fond va tovar birjalarida bitimlar tuzishdagi vositachi. U mijozning
topshirig'i bo'yicha va uning hisobidan harakat qiladi. Makler yuridik shaxs
huquqiga ega bo'lib, birja operatsiyalarining belgilangan turlariga ixtisoslashadi.
Ularvositachilik ximatlari ko'rsatuvchi va buning uchunbirja qo'mitasi belgilagan
miqdorda komission to'lovlar oluvchi maklerlik idoralari va firmalariga birlashadi.
Birjada qatnashadigan shaxslar ichida maklerlar alohida o'ringa ega. Ularning
vazifasi - har bir xaridorga sotuvchini va har bir sotuvchiga xaridorni yetkazib
berishdir.
Asrlar davomida mavjud bo'lib kelgan maklerlar vositachilik qilishi, lekin
shartnomalar tuzmasligi lozim degan tamoyil birja savdosining rivojlanishi va 1896-
yil birja qonunining kuchga kirishi bilan yanada kuchaydi. Bu qonunga ko'ra,
qasamyod qiladigan maklerlar oldingi kabi tayinlanmaydi, ularning o'rnini hozirda
kurs maklerlari egalladi. Kurslarning rasmiy belgilanishida ular yordamchi shaxslar
sifatida ishtirok etadi. Savdoning boshqa turlari bilan shug'ullanish va unda ishtirok
etish ular uchun ta‘qiqlangan.
Kurs maklerlari lavozimga hukumat tomonidan tayinlanadi. Ishlarni boshlashdan
avval ular zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga qasamyod
qilishlari zarur. Bu holatda, garchi faoliyati xususiy xarakterga ega bo'lsada, ular
amaldorlarga aylanadilar. Shu bilan birga, kurs maklerlari savdogar bo'lib, ularning
80
barcha huquq va majburiyatlariga egalar, garchi boshqa savdo maklerlariga qarshi
ma‘lum bir cheklovlarga uchrasalar ham.
Kurs maklerlari birja zalida o'z joylariga egalar, shunday ekan, u yoki bu narsani
sotish yoki sotib olish istagida birjaga tashrif buyurgan shaxs kimga murojaat
qilishini biladilar. Erkin maklerlar, aksincha, butun birja bo'ylab yugurib yuradilar.
Kurs maklerlarining savdo faoliyati doirasi erkin maklerlarning faoliyat
doirasiga to'liq mos kelmaydi. Mukofotli bitimlar ham bularning keyingisiga tegadi.
Kurs maklerlari bu bilan shug'ullanmaydilar. Shuning uchun ham mukofotlar kursi
norasmiy. Kurs maklerlarining bu bilan shug'ullanmasliklarining sababi shundaki,
ular birjada o'z o'rinlariga bog'lab qo'yilgan. Mukofotli bitimlar bo'yicha makler turli
birja guruhlarida turli qatnashchilarni izlashi lozim. U bir joydan boshqa joyga
ko'chib yurish imkoniga ega bo'lishi kerak.
Maklerlarning birja daromadlari 2 ta elementdan: kurtaj va chayqov foydasidan
tashkil topadi. Kurtaj — bu savdo maklerining vositchalik bilan bog'liq yugur-
yuguri uchun mukofot. Kurs qiymatiga ega bo'lmagan, alohida hisoblab
chiqiladigan kurtaj kurs maklerlarida mingdan 1/2 ga teng bo'ladi. U xaridor
tomonidan ham, sotuvchi tomonidan ham to‘lanadi, kurs maklerimng kurtaji esa,
naqd bitimlarda ifodalanib, doimiy qiymatga ega bo'ladi: maksimum mingdan 1/2,
minimum 0 (franko kurtaj), odatda esa, mingdan 1/4.
Birja vositachisi o‘z doimiy mijozlarini shakllantirish uchun harakat qilib,
ularning manfaatlari uchun birjada tovarlar sotib oladi, sotadi yoki almashtiradi.
Birja vositachisi doimiy mijoz bulmagan korxona va tashkilotlar uchun ham savdo
bitimi tuzishi mumkin .
Birja tovarlarni sotish, sotib olish va yoki ularni boshqa tovarlar bilan
almashtirish operatsiyalari faqat birja vositachilari tomonidangina amalga oshiriladi.
Ularga quyidagilar kiradilar:
- Brokerlar - o‘z xizmatlari uchun chegirma xaq oluvchi birja a‘zolari bo‘lib,
ular mijozlar buyurtmalari bo‘yicha tovar sotish va xarid qilish bo‘yicha savdo
kontraktlarini tuzadi.
- Dallol yoki diller, o‘z hisobi yoki o‘z nomidan birja vositachsiga olib
beruvchi, birja a‘zosi. Ular birjada o‘z joylariga ea bo‘lib kotirovka ishlarini amalga
81
oshiradilar. Ularni daromadari sotib olish va sotish narxlari tafovutidan va hamda
valyuta va qimmatli qog‘ozlar kurslarini o‘zgarishidan iboratdir.
- Treyderlar - bu birja a‘zolari bo‘lib, o‘zlari uchun savdo qiladilar.
- Maklerlar (jobberlar)- bokerlardan farqli ularok faqat o‘z hisobidan va faqat
o‘zi uchun tovar sotadi va sotib oladi. Birjada savdoni boshqarib boruvchi xizmatchi
ham, makler deb ataladi.
- Klerklar - birja alida turli majburiyatlarni bajarib yuruvchi xizmatchi.
Butun savdo bitimi birja zalida amalga oshiriladi. Birja zaliga hamma
ishtirokchilar sigishi kerak . Xorijiy birjalar operatsiyalar zaliga 2-3 ming kishi
bemalol sigadigan bo‘lib har-bir savdo qatnashchisi uchun kulay ish sharoiti
yaratilgan. U kabina yoki sektsiyalarga bo‘lingan bo‘ladi.
Dunyoning ko‘pchilik birjalarida birja savdosi bir necha tovarar bilan bir
vaqtda turli sektsiyalarda birdaniga olib boriladi. Bitimlar imzolash uchun har bir
sektsiyalar katta zal saxnidan, pastroq bo‘lgan, nisbatan kichik maydoncha
ajratiladi.
Birja a‘zolarining har bir qatnashchisi uchun bir xil imkoniyat yaratilgan qilib
joylashtiriladi. Shuning uchun ham ko‘pgina xorijiy birjalar zallari amfiteatr yoki
tsirk saxnasiga juda o‘xshash bo‘lib, savdo qatnashchilari bir-birlarini va operatsiya
olib boruvchi boshqaruvchini yaxshi kurishlari, bir-birlarini imo-ishorali
harakatlarini yaxshi tushunishlari zarur. Rossiyada Chelyabinsk unversal birjasi
yukoridagi talablarga javob beruvchi birjalardan biri. Birja xalqasining markazi va
chekkalarida biroz balandlikda birja xodimlari va birja faoliyatini olib boruvchi va
bitimlar imzolansa, ularni ro‘yxatga oluvchi xodimlar egallashadi.
Obro‘li firmani vakili bo‘lgan broker odatda birja chuqurchasining balandroq
bosqichini egallaydi. Uning qo‘lida ko‘pgina buyurtmalari bo‘lib, uni hamma
savdogarlar va u hammani ko‘rib turishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari yaxshi joy
firma vakili bilan doimo aloqada bo‘lib turishlikni ta‘minlaydi.
Treyderlar joyi chukurlikning eng past yoki pastki bosqichlari hisoblanadi.
Chukurlikda broker va treyderlar orasida faqat narx hisobini olib boruvchi
klerk xizmatkor bo‘ladi. Unda ratsiya bo‘lib har bir aksiya narxi o‘zgarishini ratsiya
orqali e‘lon qilishi kerak.
82
Yangi narx kompyuter sistemasiga kiritiladi va elektron tablo devorida
chiqarilib savdoning borishini aks ettirib turadi. Bitim qatnashchilari hisobchi klerka
oxirgi narxni eslatib ko‘yishari kerak. Aks xolda, bitim bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |