«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

 
12.3.
 
Yarmarkalarda savdolashuv turlari va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan tashkil 
etilagan Ochiq turdagi aksionerlik ―O‘zko‘rgazmasavdo‖ Xalqaro yarmarka savdo 
Markazi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

Mintaqaviy, xalqaro, milliy va mavzuviy ko‘rgazma-yarmarkalarni tashkil 
etish; 

Mamlakatimiz va xorijiy firmalarga hamkorlar topish va hamkorlik aloqa, 
kontraktlar tuzishga ko‘maklashish; 

Tashqi savdo, informatsiya, maslahat, marketing va eksport-import 
operatsiyalar imzolash va ijro etish bo‘yicha xizmat turlarini ko‘rsatish; 

Mamlakatimiz ilg‘or texnologiya, ilm-fan, ishlab chiqarish-sanoat 
sohalaridagi yutuqlarni informatsiya va reklama ta‘minotini amalga oshirish; 


205 

Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda mamlakatimiz sanoat ishlab 
chiqaruvchilarini ishtirokini tashkil etish; 

Keng spektrli bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish, transport-ekspeditsiya 
xizmati, sug‘urta, bank operatsiyalari va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish. 
Respublika 
xalqaro 
yarmarka 
savdo 
markazi 
―O‘zko‘rgazmasavdo‖ 
infratarkibiga quyidagi talablar qo‘yilgan: 

Infratarkib, mijozlar boshqa talablarini qoniqtiruvchi va uni sotuvchisi ( 
mulk egasi)ga foyda keltiruvchi mahsulot bo‘lishi kerak. 

Infratarkib mamlakatimiz sanoat ishlab chiqaruvchisi va ularni xorijiy 
hamkorlari urtasidagi savdo-vositachiligi faoliyatida mintaqaviy ko‘lamida o‘z 
o‘rnini to‘la xajmda to‘ldirishi kerak. 

Infratarkib rakabatbardosh bo‘lishi, o‘z mijozlariga jahon andozalariga mos 
xizmatlar ko‘rsatishni ta‘minlashi kerak. 

Infratarkib tovar va xizmatlar taqchilligiga to‘sqinlik qilishi va raqobatchilik 
muhitini vujudga keltirishi kerak. 

Infratarkib mamlakat xo‘jalik sub‘ektlari va ularni xorijiy hamkorlari 
o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yishi va mustaxkamlashiga ko‘maklashishi kerak. 
―O‘zko‘rgazmasavdo‖ OTAJ barpo etishdan asosiy maqsad, turli mahsulot va 
xom ashyolar, jixozlar va texnologiya hamda keng iste‘mol tovarlari yarmarka 
faoliyatini o‘tkazish bo‘yicha zamonaviy tizimni tashkil etishdir. 
Yarmarka faoliyatini tashkil etish mamlakatda vujudga kelgan siyosiy 
iqtisodiy vaziyat, mamlakatning iqtisodiy saloxiyati bilan chambarchas bog‘liqlikda 
bo‘lishi tabiiy xoldir. Bunga yaqqol misol sifatida 2002 yil 13 noyabrya O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 391 raqamli ―Yarmarka faoliyatini tashkil 
etishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarorini ko‘rsatish mumkin.
Qarorda jumladan shunday iboralar mavjud: 
Aholining to‘lovga qodir talabini yanada to‘laroq qondirish, ichki iste‘mol 
bozorining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash, uni Vatanimizda ishlab 
chiqarilgan yukori sifatli raqobatbardoshli tovarlar bilan to‘ldirish, ishlab 
chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida barqaror aloqalarni 
o‘rnatish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Iste‘mol 


206 
tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi xuzurida Yarmarka savdolari 
o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilsin. 
Respublika kengashi tomonidan uning vakolotlari doirasida qabul qilingan 
qarorlari, mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar 
uchun majburiy hisoblanadi. 
Vazirlar Maxkamisining qarorida Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha 
respublika kengashining asosiy vazifalari etib belgilangan bo‘lib ularga quyidagilar 
kiritilgan: 
- Respublikaning iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan savdo 
tashkilotlari urtasida mustaxkam, uzoq savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda, ular 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar 
tayyorlashda ko‘maklashish; 
- Iste‘mol tovarlari sotish bo‘yicha doimiy ishlovchi va mavsumiy ulgurji 
yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish; 
- Ichki iste‘mol bozorining ahvolini taxlil qilish va iste‘mol tovarlarining aholi 
ko‘plab talab qiladigan, ilgari respublikada ishlab chiqarilmagan, yangi turlarini 
ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish; 
- Iste‘mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi 
texnologiyalarni, asbob-uskanalarni va ―nou-xau‖larni namoyish qilish bo‘yicha 
ko‘rgazmalar hamda ko‘rgazma – savdolar tashkil etish; 
- Oziq-ovqat tovarlari, engil sanoat buyumlari, boshqa nooziq-ovqat tovarlar 
sotish bo‘yicha yarmarka kumitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish; 
- Ishlab 
chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘zi ishlab chiqargan iste‘mol tovarlarining firma 
savdosi shaxobchaalrini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish; 
- Respublika ulgurji yarmarkalarni o‘tkazish muddatlari va tartibini, 
yarmarkalar ishida qatnashish uchun jalb etiladigan ishlab chiqaruvchi korxonalar 
doirasini aniqlash; 
- Respublika kengashi tarkibida asosiy tovar guruhlari - oziq-ovqat tovarlari, 
engil sanoat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bo‘yicha doimiy ishlovchi yarmarka 
qo‘mitalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular o‘z mazmuni bo‘yicha 


207 
respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablariga to‘la 
mos keladi. 
Yarmarka qo‘mitalariga: 
- Doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar hamda iste‘mol tovarlari ko‘rgazma-
savdolarini tashkil etish va o‘tkazish; 
- Savdo tashkilotlari bilan tovar yetkazib berish shartnomalari tuzish maqsadida 
iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning, shu jumladan kichik va 
xususiy biznes korxonalarining keng doirasini ulgurji yarmarkalarda qatnashishi 
uchun jalb qilish; 
- Iste‘mol tovarlarining tegishli nomenklaturasi bo‘yicha respublika aholisi 
extiyojlarini aniqlash hamda ularni respublika korxonalarida ishlab chiqarish 
yuzasidan buyurtmanomalarni joylashtirishga ko‘maklashish; 
- Viloyat xokimliklari bilan birgalikda iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar va 
ularni xarid qiluvchilarning ulgurji yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq 
tashkiliy masalalarni xal etish kabi vazifalarni amalga oshirishlari ko‘zda tutilgan.; 
Qarorda, jumladan ―O‘zbeksavdo‖ aksiyadorlik kompaniyasi ijro apparati 
tarkibida Yarmarka faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etish, unga 
Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashining ishchi organi 
funktsiyasi bajarish masalari bilan shug‘ullanishni yuklash mo‘ljallangan. 
Vazarlar Maxkamasining Iste‘mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo 
kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor 
tuzilmalar bilan birgalikda Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika 
kenggashi to‘g‘risidagi Nizomni hamda Yarmarka qo‘mitasi to‘g‘risidagi 
Namunaviy nizomni ishlab chiqish va belgilansgan tartibda tasdiqlash masalalari 
yuzasidan ham tegishli idora va tashkilotlarga ko‘rsatmalar berganligini e‘tiborga 
olsak, respublikamizda yarmarka savdosiga berilayotgan ahamiyatni naqadar 
kattaligini xis etish mumkin. 
Birinchi galdagi vazifalar qatorida Vazirlar Maxkamasining qarori asosida, 
Yarmarka o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi, yarmarka qo‘mitalari, vazirliklar, 
idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xo‘jalik birlashmalari va 
mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar korxonalar ishtirokida:


208 
- Iste‘mol tovarlari yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha 
ulgurji yarmarkalar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqqanlar va tasdiqlaganlar; 
- 2003 yidan boshlab doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar bilan bir qatorda
mavsumiy 
(kuz-qish, 
bahor-yoz) 
hamda 
ixtisoslashtirilgan 
yarmarkalar 
o‘tkazilishini ta‘minlash ko‘zda tutilgan. 
Ayni vaqtda yarmarka kengashi xaridorgir iste‘mol tovarlarining aniq turlari va 
nomenklaturasini ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmalarni shakllantirish va 
respublika korxonalarida joylashtirish ishlarini faollashtirmoqdalar. 
Toshkent, Urgench, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida doimiy 
asosda iste‘mol tovarlari sotish bo‘yicha mintaqaviy ulgurji-chakana savdo 
yarmarkalari tashkil etilanligini hisobga olsak, yarmarka savdosi ko‘lami butun 
respublika aholisini qamrab olishi va aholining turmush darajasini izchil oshirib 
borishga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar 
xokimliklari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mintaqaviy ulgurji-
chakana savdo yarmarkalari faoliyatini tashkil etishda har tomonlama 
ko‘maklashmokdalar, doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi yarmarka savdosi 
bo‘yicha kengashlarini zarur binolar, zamonaviy savdo-texnologiya asbob-
uskunalari, aloqa tizimlari bilan ta‘minlash ishlari amalga oshirilmokda. 
Uyushmalar, 
korporatsiyalar, 
kompaniyalar, 
xo‘jalik 
va 
jamoat 
birlashmalariga, iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga: 
- Doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar va iste‘mol tovarlari ko‘rgazma-
savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashish; 
- Shartnomalarning ustuvor ravishda doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalarda 
tuzilishini va o‘z mahsulotlari sotilishini ta‘minlash tavsiya qilingan. 
Bundan tashqari, qarorda 2003 yil 1 yanvardan 2004 yil 31 dekabrgacha 
ulgurji savdo korxonalarining respublikada ishlab chiqariladigan iste‘mol tovarlarini 
sotishdan olingan tushumlaridan 2 foizli, uzoq va tog‘li tumanlarda esa 1 foizli 
stavka bo‘yicha yagona soliq olinishi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, oxir oqibatda,
yarmarka savlosining respublikamizda taraqqiyot etishini ta‘minlashda asosiy 
tayanch vazifasini bajarishiga umid bog‘lanadi. 


209 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish