«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

12.1.
 
Yarmarka faoliyatining mohiyati va evolyutsiyasi.
Yarmarka savdosi keng iste‘mol tovarlari va sanoat texnika mahsulotlarini
qisqa muddatli, vaqti-vaqti bilan qaytarilib turuvchi, oldindan namunalarini ko‘rib, 
tanlab olish orqali amalga oshiriladigan hamda oldi-sotdi kontraktlari tuzish bilan 
yakunlanadigan ulgurji savdoning turidir. 
Yarmarka faoliyatini printsiplari tashkil etiladigan har bir yarmarka
ko‘rgazmalarning tuzilishi va faoliyatlarini tashkil etilishi maqsadlari bilan 
chambarchas bog‘liqlikda olib boriladi, shuning uchun yarmarka savdosi 
ko‘rgazmali savdo bilan birgalikda bog‘liq xolda, yaxlit tushuncha sifatida talqin 
etilmokda. 
Yarmarka savdosi Biz yashab turgan makonda uzoq tarixiy ildizlarga egadir: 
Masalan Rossiyada bu savdo usuli an‘anaviy savdo usuli bo‘lib kelganligiga juda 
ko‘p dalillar mavjud. 1641 yildayoq Podshox Ivan Fedorovich farmoni bilan 
Makarev ibodatxonasi ( Nijniy Novgorod shaxri yakinida) devorlari yakinida 
Birinchi Butun Rusiya savdo yarmarkasi tashkil etilgan edi. 
Yarmarka qatnashchilari orasida badavlat Rus savdogarlari, Xitoy, Xindiston, 
Buxoro, Toshkent savdogarlari bo‘lib, ular oltin, mo‘yna, ipak, kumush, marvarid, 
zigir va boshqa ko‘p noyob tovarlar bilan savdo qilar edilar. 1816 yilgi mexmonlar 
uchun muljallangan saroyning yong‘in natijasida barbod bo‘lganidan so‘ng,
yarmarka savdosi, azim shahar nijniy Novgorodda ataylab toshdan qurilgan
saroyda o‘tkaziladigan bo‘ldi va aynan 1822 yildan e‘tiboran Nijniy Novgorod 


191 
yarmarkasining yilnomasi boshlandi. Nijniy Novogroddagi yarmarka faqat savdo 
markazi bo‘libgina qolmay, u Rossiya santalatining sanoat va madaniyat
chorraxasiga aylandi. 1896 yili Buyuk Rossiya tadbirkori bo‘lmish Savva 
Timofeevich Morozov raisligida Birinchi butun Rossiya Savdo-sanoat ko‘rgazmasi 
ish boshladi. 
XIX asrning boshlarida yana bir mashxur Irbit ( Perm guberniyasida) yirik 
yarmarkasi paydo bo‘ldi. Bu davrda Sibiriyada oltin qazish sanoati gurkirab 
rivojlanishi bilan e‘tiborni o‘ziga tortdi va bu o‘z navbatida yarmarka faoliyatini
rivojini tezlashtirdi. 
Ulug‘ Oktyabr inqilobidan so‘ng biroz, NEP yillari faollashuvini e‘tiborga 
olmasa, yarmarka savdosi asta sekin unutila bordi. 
Azaldan Markaziy Osiyoda keng tarkalgan savdo turlaridan yarmarka savdosi 
bo‘lib, hozirgi Mutaqil Davlatlar Hamdustligi (MDH) hududida Oktyabr 
tuntarishigacha Turkiston, Semipalatinsk, Akmola viloyatlarida 450 ta yarmarkalar 
mavjud bo‘lib ularni shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin edi. 
1.
Uzoq tarixiy ildizga ega, 1643 yilda paydo bo‘lib, Rossiya va Markaziy 
Osiyo xalqlari urtasida tabiiy Tovarlarni ayriboshlash faoliyatning asosini tashkil 
etib, 20 asrga kelib, Garbiy Sibir, Buxoro xalqlarining tovar bilan o‘zaro ta‘minlash 
kanaliga aylangan Irbit va Buxoro yarmarkalari. 
2.
19 asrning oxiri 20 asrni boshlarida Prijivalsk atrofida paydo bo‘lgan va 
G‘arbiy Xitoy va Markaziy Osiyo oralarida savdo alaokalarida ulkan ahamiyatga 
ega bo‘lgan, har yili 15 iyundan 15 avgustgachan o‘tkaziladigan Karkara 
yarmarkasi. 
3.
Karakara yarmarkasida savdo operatsiyalari uchun temiryo‘l va sug‘urta 
tarifining 20% chegirtma, imtiyoz sifatida berilardi. Bu yarmarka savdo oborotining 
salmokli qismini chorvachilik va muyna mahsulotlari tashkil etar edi. Bu guruh 
yarmarkalariga Toshkent, Avliyoota, Norin, Oktepa va Ayil viloyatlaridagi katta-
kichik yarmarkalarni kiritish mumkin. 
4.
Markaziy Osiyoni xo‘jalik taraqqiyoti yillarida vujudga kelgan yarmarkalar 
qatoriga Kizilurda, Suvsamir yarmarkalarini kiritish mumkin. Bu erda asosan shahar 
va qishloq aholisi o‘zaro tovar ayriboshlash operatsiyalari amalga oshirilib, shu 


192 
bilan birga yarmarkada kushni mamlakatlar savdogarlari ham ishtirok etardilar, ular 
esa, o‘z navbatida aholini tijorat faolligini oshishiga, mamalakatlarora savdo 
aloqalarining rivojlanishi va mustaxkamlanishiga xizmat qilar edilar. 
Yarmarka faoliyatini qayta tug‘ilishi Rossiyada 1991 yilga to‘g‘ri keladi. 
1993 yilni o‘zidayoq Butunrossiya Aktsiyadorlar jamiyatiga aylangan Nijniy 
Novgorod yarmarkasiga Madridda, ilgari faqat dunyoning to‘rttagina, Yaponiya, 
Germaniya, Meksika, Ispaniya kabi malakatlar kompaniyalari sazovor bo‘lgan
―Yevropa Arki Oltin Yulduzi‖ oliy mukofoti topshirildi. 
Rossiyada yarmarka savdosi tijorat aloqalarining tashkiliy shakli sifatida 
keng quloch yozdi. An‘anaviy yarmarka savdosi ―Ko‘rgazma savdo‖ va 
―Ko‘rgazma salon‖lar ko‘rinishidagi tashkiliy shakllar orqali bozorda o‘z o‘rniga 
ega bo‘la boshladilar. 
Yarmarka faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 

Namoyish etilayotgan namunalar bo‘yicha tovarlarni ulgurji sotish; 

Savdoni ma‘lum muddatda takrorlanib turishi; 

Avvaldan savdo o‘tkazish joyi va muddatini kelishib olinishi; 

Bir vaqtda sotuvchi va xaridorlarni savdoda ommaviy qatnashishlari. 
Odatda savdoni bir vaqtda va ommaviy o‘tkazilishi yarmarka ( Ko‘rgazma) 
ta‘sischilari va maxalliy xokimiyat tashkilotlari kelishuviga muvofiq amalga 
oshiriladi. Natijada savdo muddati, sharti va tartibi ko‘rsatilgan maxsus hujjat 
imzolanadi, hamda o‘tkaziladigan tadbir mas‘ul shaxslari taynlanadi. 
Ko‘rgazmali va birja faoliyatini amalga oshirishda uchta muhim bosqich 
mavjud: Savdolar boshlanishidan oldingi, tashkiliy va so‘nggi savdolar tugagandan 
keyingi xulosalar chiqarish bosqichi. 
Savdo boshlanishidan oldingi bosqich savdo haqidagi qaror va buyruqni qabul 
qilish kabi ishlar bilan boshlanib, yarmarka komiteti va ishchi guruhi shakllanadi. 
Bu bosqichda yarmarka haqida nizom ishlab chiqilishi va qatnashchilarga
yarmarkada qatnashish shart-sharoitlari haqida axborot jo‘natilishi ko‘zda tutiladi. 
Ishchi guruh shuningdek, reklama materiallari, yarmarkaga taklifnomalar, 
mexmonlarni joylashtirish kabi tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanadilar. 


193 
Yarmarkada qatnashish shartlari haqida reklama prospektlari, broshyuralar 
nashr ettirilib, unda yarmarkada qatnashish narxlari, pavilonlarni ijara narxlari, 
reklama materiallaridan foydalangan xolda sirtqi qatnashish shartlari o‘z aksini 
topadilar. 
Yarmarka qatnashchilari qatnashishlari shaklidan qat‘iy nazar yarmarka 
ochilishidan 15 kun ilgari qatnashish haqida rekvizitlari va o‘zlari haqidagi zarur, 
batafsil ma‘lumotlar ko‘rsatilgan ariza berishlari va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
badal tulashlari kerak bo‘ladi. Arizada o‘zlarini talablari ya‘ni qancha pavilon 
kerakligi, qancha mahsulot namoysh etishlari haqida ham zarur ma‘lumotlar bo‘lishi 
kerak. 
Yarmarka o‘tkazishdagi asosiy daromad manbai bo‘lib, yarmarka 
qatnashchilarining badallari ,omborlar, transport vositalari va ekspozitsiyalar ijarasi 
to‘lovlari, ko‘rsatiladigan boshqa xizmat turlari uchun ( texnik-informatsiya xizmati, 
transport-ekspeditsiya ishlari, ortish-tushirish va boshqa tijorat harakteridagi ishlar 
uchun) to‘lovlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi. 
Yarmarkalar ichida Savdo-sanoat yarmarkasi o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
boshqa yarmarkalardan ajralib turadi. Savdo – sanoat yarmarkalarida tovar ishlab 
chiqaruvchi sanoat korxonalari takliflari benixoya kengligi va qatnashchilar sonini 
cheklanmaganligi bilan ko‘prok, ko‘rgazmaga o‘xshab ketadi.
Bunda ma‘lum vaqtda notijorat tashkilotlari va boshqa barcha fukarolarni ham 
ko‘rgazmaga bemalol kiritilishi yarmarka harakterini va shartlarini o‘zgartirmaydi.
Quyidagi jadvalda tijorat yarmarkasi va savdo-sanoat yarmarkalarining bir-
birdan farqi va o‘xshashliklari xarakteri ko‘rsatilagan: 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish