«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/491
Sana15.01.2022
Hajmi4,91 Mb.
#367681
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   491
Bog'liq
Ijtimoiy menejment

 

Nazorat savollar: 

8

 



Zamonaviy  sharoitda  insonni  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  yangicha 

motivatsiya qilish zaruriyatining asosiy sababi nima? 




114 

 

Aholining  boshqaruv  organlariga  bo’lgan  ishonchini  qanday  oshirish 



mumkin?  

Mehnatga undashning yangi innovatsion usulini keltiring. 



 

 

Tayanch so’z va iboralar:

 Rag’bat. Depressiya. Ergonimika. Nizo. Ijtimoiy-ruhiy 

boshqaruv. 

 



115 

 

13-MAVZU.  IJTIMOIY  O’Z -O’ZINI  BOSHQARISH 



 

REJA: 

 

13.1.”Shaxs” tushunchasi va uning ahamiyati 

13.2.Ijtimoiy menejer xususiyatlari 

13.3.Inson resurslarni boshqarishning yangi shakli 

 

13.1.”Shaxs” tushunchasi va uning ahamiyati 

 

«Shaxs»  -  bu  o’z  qobiliyatidan  kelib  chiqan  xolda  ma’lum  bir  ijtimoiy 

vazifani  bajaruvchi  inson.  Shaxs  vazifalarining  turli  xilligi,  uning  tuzilishini 

ifodalaydi.  Jamiyatda  shaxs  boshqa  individlar,  ijtimoiy  holat,  shaxs  va  jamiyat 

o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat turi bilan uzviy bog’liq. 

Shaxs  bu  nafaqat  me’yor  va  qadriyatlarni  o’ziga  singdiruvchi  ijtimoiy 

mahsulot,  balki  kerak  paytda  o’zining  ijodiy  va  intellektual  potentsialidan 

foydalanib  jamiyatdagi  qadriyat-larni  shakllantiradigan  ijtimoiy  sub’ektdir. 

Insonning  bir  tomonlama  obyektiv  omillarga  tayanib  ish  yuritishi  bugungi  kunda 

ham uning imkoniyatlarini to’la namoyon etish imkonini bermaydi. 

Odatda  «shaxs»  tushunchasi,  «xarakter»,  «temperament»,  «individuallik» 

kabi jamiyatdagi salbiy muhitga chidamliligini shakllantiruvchi kategoriyalarni o’z 

ichiga  olmaydi.  Bugungi  kundagi  eng  katta  muammo  bu  shaxsning  ijodiy 

potentsialini  to’g’ri  baholash  va  uni  jamiyat  rivoji  uchun  yoshligidan 

rivojlantirishdir.  Bu  XXI  asrda  vujudga  kelayotgan  global  muammolarni 

echishning kafolatidir. Bu muammolar ijtimoiy menejment doirasida boshlanadi. 

Ijodiy  qobiliyatga  ega  talantli  insonlarning  katta  potentsiali  butun  jamiyat 

manfaati  uchun  xizmat  qilishi  kerak.  Buning  uchun  insonlarda  yangi  falsafa  va 

zamonaviy  madaniyat  shakllanishi  kerak.  Bu  falsafaning  asosi  qobiliyat  va  talant 

har  qanday  sohada  shubhasiz  kadrlanishi  kerakligidadir.  Shuning  uchun,  bunday 

insonlarni  qo’llab-quvvatlash  umumjamiyat  ishidir.  Insonlarga  mustaqil  hayot 

boshlayotganda  o’zini  namoish  etish  uchun  bir  xil  imkoniyat  yaratib berish,  turli 

kasb  tanlash  imkoniyatini  yaratish  kabilar  zamonaviy  jamiyatning  asosiy 

mezonidir.  Shunday  holatda  jamiyatdagi  har  bir  inson  o’z  qobiliyatidan  kelib 

chiqib o’z o’rnini egallaydi, ya’ni iqtidorliroq, talantli insonlarning jamiyatda lider 

bo’lish imkoni bo’ladi. 

«Kichik odam» falsafasi o’zini oqlamadi, u insoniyatni boshi berk ko’chaga 

olib kirib qo’ydi. Turli insonlar faoliyatlarni har xil darajada amalga oshiradilar. 

Har  bir  shaxs  jamiyatda  o’z  o’rnini  va  o’z  faoliyat  doirasini  tanlashi  kerak. 

Inson  o’z  faoliyatini  o’zi  tanlaydi,  jamiyat  unga  faqat  imkoniyat  yaratib  beradi. 

Jamiyatda  insonlarga  tanlash  imkoniyatining  pastligi  yoki  umuman  yo’qligi, 



116 

 

nafaqat  kelajakka  ega  emas,  balki  har  bir  daqiqada  jamiyatni  izdan  chiqarib 



yuborishi mumkin. 

Iqtidorli  odamlar  uchun  maxsus  litsey,  kolledj,  maxsus  boshqaruv  va  ilmiy 

maktablar  kerak.  Bular  jamiyatning  barcha  qatlamlari  uchun  bir  xil  imkoniyat 

berishi kerak. Aks holda jamiyat inqirozga uchrashish muqarar. 

10-15 yozuvchi «Gamlet» yoki «Faust»ni yangidan yaratishi mumkin. Lekin, 

muammoni  echishning  kollektiv  yo’li  tarixda  ijobiy  yakunlanmagan.  Shuning 

uchun,  har  qanday  sohada  jumladan,  boshqaruvda  ham  yuqoridagi  muammolarni 

echishni qobiliyatli, ijodiy fantaziyaga ega insonlarga yuklash kerak. 

Zamonaviy  jamiyatning  rivojlanish  sur’ati  nafaqat  «ijtimoiy  birxillik», 

«ijtimoiy  tenglik»  kabi  tushunchalarni,  balki  neomaltuz  nazariyasidagi  «joxillik 

chegaralarini» ham inkor etadi. 

Bugungi  kunda  odamlarning  «tabiiy  huquqi»,  ya’ni  o’zini  rivojlantirish  va 

o’z imkoniyatlarini namoish etish huquqi dolzarb hisoblanadi. Har bir inson tabiiy 

imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda  faoliyat  ko’rsatadi.  Biroq,  jamiyatda,  bu 

kuchlardan  etarlicha  foydalanilmayapti,  aksincha,  ular  bostiril-moqda.  Bu  esa 

jamiyatni  o’z  ichidan  emirilib,  izdan  chiqib  ketishiga  olib  kelishi  mumkin.  Bu 

muammo  shubhasiz  XXI  asrning  eng  dolzarb  muammolardan  biriga  aylanadi. 

Ishchi  yoki  mene-jerning  ijodiy  potentsialini  yuzaga  chiqarish  bu  nafaqat  jamiyat 

muammosi, balki ko’p jihatdan menejerning shaxsiy muammosidir. 

Har  qanday  shaxs  yoki  jamiyatning  rivojlanishining  birinchi  sharti  bu  o’z-

o’zini anglashdir. O’z-o’zini anglash ijtimoiy menejerning muvoffaqiyatli faoliyat 

ko’rsatishining garovidir. Shuning uchun ham, ijtimoiy menejmentda mene-jerning 

faoliyati, uning taqdirida katta ahamiyatga ega. 

Ilm talab texnologiyalarning shaxsning shakllanishidagi o’rnini ortib borishi 

o’z-o’zini  anglash  jarayonini  optimal-lashtirish  imkoniyatini  beradi.  Inson 

hayotining mazmunini quyidagi uch faktor tashkil etadi: 

Insonni dunyoga nima berishi; 

Insonni dunyodan nima olishi; 

Insonni jamiyatda tutgan o’rni. 

Bunga  mos  ravishda  uch  turdagi  qadriyatlar  ham  yuzaga  chiqadi:  ijodiy 

qadriyatlar, his-tuyg’ular, o’zaro munosabatlar. 

Psixolog  V.Frankl  fikricha,  «bu  qadriyatlarning  eng  muhimi  ijodiy 

qadriyatdir»

1

.  Asrlar  davomida  insoniyat  tomo-nidan  ijodiy  imkoniyatlarni 



rivojlantirishning  mahsus  texno-logiyalari  ishlab  chiqilgan.  Bu  texnolgiyalar 

boshqaruvga  ham  taluqlidir.  Aynan  shu  sohada  muvoffaqiyatga  erishish  uchun 

ijodiy qobiliyat zarurdir. Oxirgi yillarda ilm-fan tomonidan insonlarning ma’naviy 

sog’lig’iga katta e’tibor berilmoqda. 

Odamlarni o’z intellektual va boshqa imkoniyatlarni to’g’ri baholash, ularni 



117 

 

rivojlantirish  texnologiyalari  taklif  qilin-moqda.  Bu  sohadagi  adabiyotlarning 



ko’pchiligi  talab  darajasida  emas,  lekin  jamiyatda  bunday  asarlar  kerak.  Chunki 

din  barcha  muammolarni  xal  qilmaydi,  ayniqsa  intellektual  muammolarni. 

«Qobiliyatli insonga o’z imkoniyatlarini rivojlantirish texno-logiyalari emas, balki 

iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlik  zarur»

1

  .  Bunday  sharoitda  har  bir  menejer 



mavjud  usullardan  foydalangan  holda  o’zida  mavjud  imkoniyatlarini  rivojlantirib 

boradi. 


Ijtimoiy menejer uchun qanday xususiyatlar birinchi navbatta zarur? 


Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   491




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish