Idt = It : Fat • 100,0 %, bu yerda: Idt - ishsizlik darajasi. 0‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga: - ishsizlik nafaqasi to‘lash; - qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish; - kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davmi mehnat stajiga qo‘shish; - haq toianadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Qaramoglda uchtagacha kishi boigan, o‘ttiz besh yoshga tolmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq toianadigan jamoat ishlarida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan: - ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxsga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta; - ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o‘n uch kalendar hafta mobaynida to‘lanadi. Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organida yo‘qlamadan o‘tishi kerak. Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini tolash bekor qilinadi: - ishsiz shaxs ishga joylashganda; - ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda; - qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkak haq toianadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda; - ishsiz shaxs qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini olgan taqdirda; - ishsiz shaxs sudning hukmi bilan qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan bo‘lsa; - ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan boisa; - ishsizlik nafaqasini aldov y o li bilan olayotgan boisa. Bu o‘rinda amaldagi qonunchilikka muvofiq, ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boigan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos boigan, yoshini, s o g lig l holatini, mehnat stajini va awalgi mutaxassisligi bo‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi. Maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin boimagan mehnat faoliyati turlariga quyidagilar kiradi: - taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq boisa va transportda qatnash jihatdan qulay bolmasa; - ish haqi shu mutaxassislik va kasb uchun belgilangan eng kam miqdordan oz boisa; - ishni rad etish uzrli sabablar bilan asoslangan boisa. Ishsizlik nafaqasini tolash quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi: - ishsiz shaxs kasb o‘rganish, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan boisa, stipendiya olib kasb o‘rganish, qayta tayyorlashdan olish yoki malaka oshirish davrida; - ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursini o‘tayotgan boisa, bunday muassasada boigan davrida; - ishsiz shaxs haq toianadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan boisa, bunday ishlarda ishtirok etgan davrida. Ishsiz shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda ham ishsizlik nafaqasini toiash uch oygacha muddatga to‘xtatib qo‘yilishi yoki nafaqaning miqdori kamaytirilishi mumkin. Mehnat shartnomasi alohida asoslar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, shuningdek, xodimlarga moddiy yordam berish uchun qo‘shimcha kafolatlar ham beriladi. Mehnat shartnomasi xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi, ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoki korxonaning tugatilganligi, xodimning malakasi yetarli boimaganligi yoxud so g iig i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiqligi, shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq boimagan davr mobaynida xodimlaming o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga toiangan bir oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi. Xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsalar, mahalliy mehnat organi bergan maiumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega boiadilar. Mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o‘n kun ichida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan va kasbi bo‘yicha qayta o‘qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga stipendiya toianadi. Вasharti ish beruvchi nochor (b ankrot) deb topilsa, u bil an mehnat munosabatlarida boigan xodimlar ish haqi va o‘zlariga tegishli toiovlar xususida boshqa barcha kreditorlaming talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar. Tugatilayotgan korxonalarning mablagi boimagan taqdirda, xodimlarga kompensatsiyalar Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablagiari hisobidan toianadi.