Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]



Download 410 Kb.
bet65/76
Sana16.11.2022
Hajmi410 Kb.
#867313
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
Bog'liq
AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA конун

Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(99-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kuzatuv kengashi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining yuqori boshqaruv organidir.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining mablag‘larini boshqarish Ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Kuzatuv kengashining tarkibi, Ijro etuvchi direksiyaning tuzilmasi va xodimlari soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining mablag‘laridan foydalanish ustidan nazorat qilish Kuzatuv kengashining, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining, Moliya vazirligining hamda boshqa vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasiga mablag‘lar to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash ustidan nazorat qilish, shuningdek mablag‘larning shakllanishi va kelib tushishini prognoz qilish bo‘yicha hisobni yuritish hamda hisobot tuzish Ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Ijro etuvchi direksiyaning zimmasiga yuklatiladi.
100-modda. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va kamsitilishga, mehnatga oid va boshqa huquqlari buzilishiga duchor bo‘lgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun zarur bo‘lgan mablag‘larsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, shuningdek ularga moddiy yordam ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrida jarohatlanishi, baxtsiz hodisa, o‘tkir yoki og‘ir kasalligi sababli tibbiy yordam talab etilgan fuqarolarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini mehnat migrantining mablag‘lari hisobidan to‘lash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, to‘langan mablag‘larning o‘rnini mazkur fuqarolar tomonidan keyinchalik qoplagan holda, tibbiy xizmat ko‘rsatish;
ishga joylashilgan davlatning tegishli organlari tomonidan mazkur fakt tasdiqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi vaqtinchalik mehnat faoliyati vaqtida mehnat qobiliyatini yo‘qotishga olib kelgan shikastlanish yoki jiddiy jarohatlar olgan fuqarolarni olib kelishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari uyushgan holda tanlash doirasida O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishga yuborilgan va bo‘lib turilgan mamlakatning qonunchilikni buzishi oqibatida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) fuqarolarni to‘langan mablag‘larning o‘rni mazkur fuqarolar hisobidan keyinchalik qoplangan holda qaytarish, shuningdek ishga joylashtirishning kelishilgan shartlari chet ellik ish beruvchilar tomonidan ta’minlanmagan fuqarolarni qaytarish;
(100-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
respublika mintaqalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, chet tillarga o‘qitish va chet tillarni bilishini test sinovidan o‘tkazish, ularning kasbiy bilimini tasdiqlash markazlarini tashkil etish hamda jihozlash;
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini tashkil etish va jihozlash;
fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha qonunga zid ravishda mehnat migratsiyasining oldini olishga qaratilgan axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha mehnat migrantlariga mikroqarzlar berish;
fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta puli summasining o‘rnini qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga bir yo‘la beriladigan subsidiyalar berish;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa tadbirlar.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning har bir yo‘nalishiga doir xarajatlarning limitlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish