Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri



Download 410 Kb.
bet57/76
Sana16.11.2022
Hajmi410 Kb.
#867313
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Bog'liq
AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA конун

86-modda. Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri yuritiladi.
Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri axborot-ma’lumotnoma xususiyatiga ega bo‘lgan, vaqti-vaqti bilan yangilab turiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan avtomatlashtirilgan tizimdir va u malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning davlat tomonidan hisobga olinishini ta’minlaydi.
Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registrini yuritish uchun bevosita akkreditatsiya qilingan tashkilotdan kelib tushadigan ma’lumotlardan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining, shuningdek zarur hollarda, soliq organlarining, davlat mulkini boshqarish organlarining hamda boshqa davlat organlarining ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registridagi axborotdan hamma foydalanishi mumkin hamda u O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
87-modda. Malakani baholashdan o‘tkazish sifatiga va belgilangan talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
Mehnat organlari malakani baholash markazlari tomonidan ushbu Qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Malakani baholash markazlari mehnat organlariga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha o‘z faoliyati to‘g‘risida har oyda hisobot taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashga doir talablarga hamda shartlarga malakani baholash markazlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash sifati bo‘yicha talablarga rioya etilishiga doir tekshiruvlar o‘tkazish;
tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan masalalar yuzasidan, shuningdek fuqarolar tomonidan kelib tushgan shikoyatlar to‘g‘risida zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida, yo‘l qo‘yilgan aniq qoidabuzarliklarni ko‘rsatgan holda, dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida malakani baholash markazlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lgan muddatlarni belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bo‘yicha qarorlar chiqarish va sudga murojaat qilish.
(87-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Belgilangan talablar va shartlar malakani baholash markazi tomonidan buzilganligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi ular tomonidan bajarilmaganligi faktlari aniqlangan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi malakani baholash markazining akkreditatsiyasi amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish yoxud uning akkreditatsiyasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qilishga haqli.
Malakani baholash markazlarining faoliyati akkreditatsiyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davrda amalga oshirilgan, shuningdek akkreditatsiya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlangan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yoki sudning qaroriga ko‘ra malakani baholash markazlarining akkreditatsiyasi bekor qilinishi mumkin.

Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish