Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi



Download 410 Kb.
bet42/76
Sana16.11.2022
Hajmi410 Kb.
#867313
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
Bog'liq
AHOLI BANDLIGI TO‘G‘RISIDA конун

60-modda. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi
Buyurtmachilar-ish beruvchilar haq to‘lanadigan jamoat ishlarining zarur turlari va hajmlarini mahalliy mehnat organlari bilan birgalikda belgilaydi.
Buyurtmachilar-ish beruvchilar haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etishga doir talabnomani mahalliy mehnat organlariga taqdim etadi.
Mahalliy mehnat organlari buyurtmachilar-ish beruvchilarning talabnomalarida ko‘rsatilgan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarning (bundan buyon matnda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar deb yuritiladi) ro‘yxatlarini shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi haq to‘lanadigan jamoat ishlari bajarilishini mahalliy mehnat organlarining umumlashtirilgan talabnomalari asosida moliyalashtiradi.
Mahalliy mehnat organlari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning ro‘yxatini ilova qilgan holda buyurtmachilar-ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi.
Mahalliy mehnat organlari buyurtmachi-ish beruvchi bilan shartnoma tuzganidan so‘ng haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga haq to‘lanadigan jamoat ishlari uchun yo‘llanma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmachi-ish beruvchi haq to‘lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish vaqtida mehnatni muhofaza qilishga doir lozim darajadagi shart-sharoitlarni qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi.
(60-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga ish haqi to‘g‘ri hisoblanishi va bajarilgan jamoat ishlarining haqiqiy hajmlari to‘g‘ri hisobga olinishi uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining haq to‘lanadigan jamoat ishlariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi-ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy mehnat organlari haq to‘lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish monitoringini bir oyda bir marta joyning o‘ziga chiqib o‘rganish orqali o‘tkazadi va tegishli monitoring dalolatnomasini rasmiylashtiradi. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini o‘tkazish tartibi buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.
(60-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Buyurtmachi-ish beruvchi har oyda mahalliy mehnat organlariga haq to‘lanadigan jamoat ishlari tashkil etilganligini va ushbu ishlar hajmi bajarilganligini, ishlangan vaqt hisobini va haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarga ish haqi hisoblanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Mahalliy mehnat organlari tasdiqlovchi hujjatlarni olganidan keyin haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha o‘rni qoplanadigan summani to‘lashga oid to‘lov hujjatlarini har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalariga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmachi-ish beruvchi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi. Ixtiyoriy asosda brigadalarga birlashgan shaxslar kompleks yoki ayrim turdagi haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajargan taqdirda shartnomada taraflarning majburiyatlari, ishlarning bajarilish hajmlari va muddatlari, mehnatni tashkil etish hamda unga haq to‘lash shakllari nazarda tutiladi.
(60-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish vaqti mehnat stajiga kiritiladi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning pensiya ta’minoti olish va ularga vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash huquqi saqlanib qoladi.
Mahalliy mehnat organlari haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish uchun buyurtmachilar-ish beruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan olingan asosiy vositalar, mayda asbob-uskunalar va anjomlarni ijaraga berishni amalga oshiradi.

Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish